Arxiv

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi
8 mart 2022, 10:59

O‘zbekistonda ishsizlik darajasi 9,6 foizni tashkil etdi

2022 yil 1 yanvar holatida O‘zbekistondagi mehnat resurslari soni 19 million 345 ming kishini tashkil etdi. Mamlakatda 1 million 441,8 ming kishi ishga muhtoj bo‘lib, ishsizlik darajasi 9,6 foizga yetdi. Yoshlar orasida ishsizlik darajasi 15,1 foizni, ayollar orasida esa 13,3 foizni tashkil etdi.

Moldovadagi o‘zbekistonliklar evakuatsiyasini ishlab chiqish boshlandi — TIV
8 mart 2022, 10:28

Moldovadagi o‘zbekistonliklar evakuatsiyasini ishlab chiqish boshlandi — TIV

Polshaning Katovitse aeroporti orqali Ukrainadan evakuatsiya qilingan o‘zbekistonliklar soni 4787 nafarga yetdi. Moldovada bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolarini olib chiqish masalasini ishlab chiqish boshlanganligi aytildi.

Ozoda Jurayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi
8 mart 2022, 10:19

Ozoda Jurayeva uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari bo‘ldi

Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vaziri o‘rinbosari Nazirjon Nazirov o‘z lavozimidan ozod qilindi. Uning o‘rniga Ozoda Jurayeva tayinlandi.

«Ko‘plab muammolar allaqachon paydo bo‘la boshlagan» — Zafar Hoshimov Ukraina-Rossiya mojarosining O‘zbekistonga ta’siri haqida
7 mart 2022, 23:24

«Ko‘plab muammolar allaqachon paydo bo‘la boshlagan» — Zafar Hoshimov Ukraina-Rossiya mojarosining O‘zbekistonga ta’siri haqida

Tadbirkor Zafar Hoshimovning ta’kidlashicha, Rossiya-Ukraina o‘rtasidagi mojaro natijasida logistika, bank ishi, xizmat ko‘rsatish sohasidagi muammolar va rubl kursi qadrsizlanishi O‘zbekiston iqtisodiyoti va mehnat muhojirlariga o‘z ta’sirini o‘tkazadi. Biroq, tadbirkor bu holat O‘zbekistonda turizm va aviatsiyani rivojlantirish, yuqori malakali kadrlarni jalb qilish kabi imkoniyatlarni ham taqdim etishi mumkinligini ta’kidladi. Zafar Hoshimov bunday sharoitda O‘zbekiston nimalar qilishi kerakligi haqidagi mulohazalari bilan bo‘lishdi.

7 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
7 mart 2022, 22:00

7 mart kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Ukrainadandan evakuatsiya qilingan 4359 nafar o‘zbekistonlik, «Olmaliq KMK» dan 117,5 mln so‘mlik qimmatbaho metallarni o‘g‘rilashga uringanlar, tuman hokimi bo‘lgan birinchi hokim yordamchisi, talaba qizlarga 7 yil muddatga beriladigan foizsiz ta’lim krediti, koloniyada turib 31 kishi bilan Suriyaga ketishni rejalashtirgan sirdaryolik mahkum va boshqalar — «Gazeta.uz» ning 7 martdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Surxondaryoda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid mis tangalar topildi
7 mart 2022, 19:13

Surxondaryoda Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid mis tangalar topildi

Surxondaryodagi To‘palang daryosi qirg‘og‘idan Mirzo Ulug‘bek hukmronligi davriga oid mis tangalar topildi. Tangalarning bet tarafida «Samarqand», «Adliyya» so‘zlari, hijriy 823 va 832 kabi zarb qilingan yillari aks etgan.

Rossiya hukumati nodo‘st davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi
7 mart 2022, 18:46

Rossiya hukumati nodo‘st davlatlar ro‘yxatini tasdiqladi

RF hukumati Rossiyaga nisbatan nodo‘stona xatti-harakatlar sodir etgan davlatlar va hududlar ro‘yxatini tasdiqladi. Unga ko‘ra, Rossiya kompaniyalariga nodo‘st davlatlardan bo‘lgan kreditorlar qarzlarni RF MB kursi bo‘yicha rublda qaytarish huquqiga ega bo‘ldi.

Rublning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi
7 mart 2022, 16:32

Rublning rasmiy kursi sezilarli darajada pasaydi

Rublning so‘mga nisbatan rasmiy kursi 19,21 so‘mga pasayib, 79,89 so‘mni tashkil qildi. Shuningdek, yevro kursi 12 000 so‘mdan va dollar kursi esa 10 900 so‘mdan pasaydi.

Yevropada gaz narxi 3950 dollargacha ko‘tarildi
7 mart 2022, 16:20

Yevropada gaz narxi 3950 dollargacha ko‘tarildi

Londonning ICE birjasida aprel oyi uchun ming kubometr gazning fyuchers narxlari 3950 dollargacha ko‘tarildi. Bir soat ichida narxlar 1000 dollarga pastladi va ayni paytda 2900 dollar atrofida bo‘lib turibdi.

Ukrainada urush boshidan beri 364 nafar tinch aholining halok bo‘lgani tasdiqlandi — BMT
7 mart 2022, 16:12

Ukrainada urush boshidan beri 364 nafar tinch aholining halok bo‘lgani tasdiqlandi — BMT

BMTning Inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiyaning Ukrainaga harbiy hujumi boshlanganidan beri 364 nafar tinch aholi, shu jumladan 25 nafar bolaning halok bo‘lgani tasdiqlandi. So‘nggi kunlarda Xarkov, Vinnitsa va Nikolayev shaharlari hujum oqibatida zarar ko‘rdi.

Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish qayta tiklandi — Uzcard
7 mart 2022, 15:05

Rossiyaning «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish qayta tiklandi — Uzcard

Uzcard 7 martdan «Mir» to‘lov tizimi kartalarini qabul qilish tiklanganini ma’lum qildi. To‘lov tizimi kartalari Uzcard tizimi hamkor banklarining barcha qurilmalari tomonidan qabul qilinadi.

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda
7 mart 2022, 14:45

Hafta davomida yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda

O‘zbekistonga Eron va Kaspiy dengizi hududlaridan bir qator nam havo massalari kirib kelishi hisobiga mamlakatda beqaror ob-havo saqlanib turadi. 10 mart sanasidan tashqari hafta davomida turli jadallikda va tanaffus bilan yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda.

Sirdaryolik mahkum koloniyada turib 31 kishi bilan Suriyaga ketishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda
7 mart 2022, 14:00

Sirdaryolik mahkum koloniyada turib 31 kishi bilan Suriyaga ketishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda

Gulistondagi koloniyada jazo o‘tayotgan fuqaro turli viloyatlardagi koloniyalarda jazo o‘tayotgan 20 nafar mahkum va 11 nafar ozodlikdagi kishi bilan Suriyaga chiqib ketishni rejalashtirganlikda gumonlanmoqda.

Rossiyada chet elliklar uchun tibbiy xulosalarning amal qilish muddati 12 oygacha uzaytirildi
7 mart 2022, 13:20

Rossiyada chet elliklar uchun tibbiy xulosalarning amal qilish muddati 12 oygacha uzaytirildi

Rossiya chet ellik yoki fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar uchun tibbiy xulosalarning amal qilish muddati 3 oydan 12 oyga uzaytirdi. Bundan tashqari, 13 yoshga to‘lmagan chet elliklarni giyohvandlik va psixotrop moddalar iste’mol qilishini aniqlash bo‘yicha kimyo-toksikologik tekshiruvdan o‘tkazish talabi bekor qilindi.

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilmaydi — Uzbekistan Airways
7 mart 2022, 13:04

O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilmaydi — Uzbekistan Airways

Uzbekistan Airways O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida aviaqatnovlar to‘xtatilmasligi va jadvalga muvofiq uzilishlarsiz amalga oshirilishini ma’lum qildi.

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Muxtor Muhitdinov lavozimidan ozod qilindi
7 mart 2022, 12:45

Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari Muxtor Muhitdinov lavozimidan ozod qilindi

2020 yildan beri Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Muxtor Muhitdinov boshqa ishga o‘tganligi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Hokimlikning «Gazeta.uz» ga aniqlik kiritishicha berishicha, u mahalla vaziri o‘rinbosari sifatida faoliyatini davom ettiradi.

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi
7 mart 2022, 12:28

Ilk hokim yordamchisi tuman hokimi bo‘ldi

«Madeli» ovul fuqarolar yig‘inidagi hokim yordamchisi lavozimida faoliyat yuritgan Baxtiyar Menglibekov Mo‘ynoq tumaniga hokim bo‘ldi.

Har qanday urush va harbiy-siyosiy ziddiyatlar — og‘ir iqtisodiy oqibatlarga olib keladi
7 mart 2022, 12:22

Har qanday urush va harbiy-siyosiy ziddiyatlar — og‘ir iqtisodiy oqibatlarga olib keladi

Har qanday siyosiy ziddiyat, qurolli to‘qnashuv va urushlar ijtimoiy-iqtisodiy yo‘qotishlarga olib kelib, insoniyat taraqqiyotining bir necha yillar ortda qolishiga sababchi bo‘ladi. Urush natijasida xalq kambag‘allashadi, iqtisodiyot, ta’lim, sog‘liqni saqlash tanazzulga yuz tutadi, butun boshli avlodlar, umrlar boy beriladi. Urushning iqtisodiyot va inson kapitaliga salbiy ta’siri haqida — «Gazeta.uz» kolumnisti, iqtisodchi Muqaddamxon Saidrasulova maqolasida.

Barcha talaba qizlarga 7 yil muddatga foizsiz ta’lim krediti beriladi
7 mart 2022, 11:41 2

Barcha talaba qizlarga 7 yil muddatga foizsiz ta’lim krediti beriladi

Shavkat Mirziyoyev 2022−2026 yillarga mo‘ljallangan Xotin-qizlar ta’limini qo‘llab-quvvatlash milliy dasturi qabul qilinganini aytdi. Unga ko‘ra, xotin-qizlar uchun alohida universitet va joylarda uning texnikumlari tashkil etiladi. Qolaversa, endi barcha talaba qizlarga ta’lim kontraktlarini to‘lash uchun 7 yil muddatga foizsiz kredit beriladi.

O‘zbekistonda «Olima ayollar jamiyati» tashkil etiladi
7 mart 2022, 11:27

O‘zbekistonda «Olima ayollar jamiyati» tashkil etiladi

Prezident dushanba kuni Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi huzurida «Olima ayollar jamiyati» tuzilishi va unga har yili 50 mlrd so‘m mablag‘ ajratilishini ma’lum qildi. «Ilm-fan bilan shug‘ullanish, ilmiy yangilik yaratish — bu igna bilan quduq qazishga barobar», — dedi Shavkat Mirziyoyev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting