5 fevral kuni Namangan viloyatida 36 kishi ovqatdan zaharlanish bilan shifoxonaga yotqizildi.
Poytaxtdagi shifoxonaning to‘rt nafar xodimi mijozga qo‘pol muomala qilingani uchun lavozimidan ozod etildi.
Yanvarda oziq-ovqat mahsulotlari narxi 3,5 foizga, nooziq-ovqat tovarlar narxi 3,5 foizga va xizmatlar narxi 1,4 foizga o‘sdi.
O‘zbekiston sportchilari yengil atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida ikki oltin va bir kumush medalni qo‘lga kiritdi.
Botirjon Asadov tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
O‘zbekiston FVV «Qamchiq» Maxsus qidiruv-qutqaruv boshqarmasi «TREKOL» vezdexod-amfibiyasiga ega bo‘ldi.
1 apreldan FHDYO organlari tuman va shahar hokimiyatlari boshqaruviga o‘tkaziladi.
Investitsiyalar bo‘yicha davlat qo‘mitasi, Toshkent hokimiyati va POSCO Daewoo 1,4 mlrd dollarga baholanayotgan High Tech City loyihasi bo‘yicha qo‘shimcha bitimni imzoladi.
10 fevraldan Isroil, Indoneziya, Koreya Respublikasi, Malayziya, Singapur, Turkiya va Yaponiya fuqarolari uchun 30 kun muddatga vizasiz tartib joriy etiladi.
5−11 fevral kunlari Toshkentdagi migratsiya va fuqarolik bo‘limlari qator xizmatlarni ko‘rsatishni to‘xtatadi.
O‘zbekistonlik bokschilar Hindistondagi xalqaro musobaqada beshta oltin va ikkita kumush medalni qo‘lga kiritdi.
«Maxsus patrul» guruhlari vokzal, aeroport va Mustaqillik maydonida poytaxt aholisi va mehmonlariga yordam beradi.
Toshkentda Puchon universiteti filiali ochiladi, unda bir necha fakultet, jumladan maktabgacha pedagogika va psixologiya yo‘nalishlarida faoliyat ko‘rsatadi.
Lola Karimova-Tillayeva O‘zbekistonning YUNESKOdagi elchisi lavozimini tark etdi, biroq madaniyat, ta’lim, fan va ekologiya sohalaridagi loyihalarni davom ettirmoqchi.
Joriy yilda 310 ta tibbiyot muassasasini qurish va rekonstruksiya qilishga 800 mlrd so‘mdan ziyod mablag‘ yo‘naltiriladi.
Deputatlar har ikki yilda yuridik shaxslar haydovchilari malakasini oshirish to‘g‘risidagi qaror bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga so‘rov yubordi.
Toshkent viloyatining yirik trassalarida fotoradarlar ishga tushiriladi. M39 yo‘lining Sirdaryoga ketish qismida sinov tariqasida qayd etish uskunasi ishga tushdi.
Adliya vazirligi davlat boji va boshqa notarius xizmatlari uchun onlayn to‘lovni joriy etdi.
O‘zbekiston futzalchilari Osiyo chempionati guruh bosqichini Janubiy Koreyani mag‘lubiyatga uchratish bilan boshladi.
2017 yilda Toshkent metropoliteni foyda bilan chiqdi. Yo‘lovchi tashish hajmi esa 0,2 foizga o‘sdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting