O‘zbekiston 2020 yilda Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga raislik qilish uchun ariza topshirdi.
Rossiyadagi YTH qurbonlarining eng so‘ngi shaxsi aniqlangani surxondaryolik bo‘lib chiqdi. Davolanishda qolayotgan qiz Moskvaga olib borildi.
Ahror Mahmudov Yagona umumrespublika protsessing markazi rahbari bo‘ldi.
Toshkentda Tojikistonning 100 dan ziyod korxona va kompaniyalari mahsulotlari ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.
Futzal assotsiatsiyasi hamda Ayollar va sohil futboli assotsiatsiyasi tugatildi.
«O‘zbektelekom» 20 oktyabrdan o‘z xizmatlari uchun tariflarni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorini bekor qildi.
Toshkent notarial idoralari endilikda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq shartnomalarda barcha zarur hujjatlarni elektron ko‘rinishda qabul qiladi.
Poytaxt ikkilamchi kvartira bozoridagi o‘rtacha narxlar sentyabrda 1 foizga arzonlashdi.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari Alisher Akmalov Dzyudo federatsiyasi rahbari bo‘ldi.
Samarqanddagi bekatlarda virtual kitob javonlari paydo bo‘ldi. Ma’qul kelgan kitobni QR-kod orqali yuklab olish mumkin.
O‘zbekiston vakillari Mo‘g‘ilistonda o‘tgan bodibilding va fitnes bo‘yicha jahon birinchiligi sovrindorlariga aylandi.
O‘zbekiston dzyudochi paralimpiyachilari Toshkentdagi Jahon kubogida 11 medalni qo‘lga kiritdi.
Hukumat liftlar xavfsizligi to‘g‘risidagi umumiy texnik reglamentni tasdiqladi.
Toshkentda Tojikiston madaniyati kunlari va mahsulotlar ko‘rgazmasi, shuningdek O‘zbek-tojik biznes-forumi o‘tkaziladi.
Yer maydonlaridan samarasiz foydalangan fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlardan mahrum qilinadi.
Toshkent shahri, Samarqand va Jizzax viloyatlari FV boshqarmalariga yangi rahbarlar tayinlandi.
Shavkat Mirziyoyev MDH Davlat rahbarlari kengashining Sochida bo‘ladigan majlisida ishtirok etadi.
O‘zbekiston bokschilari Qozog‘istondagi xalqaro musobaqada umumiy hisobda ikkinchi o‘rinni egalladi.
20 oktyabrdan shahar va xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlari narxlari oshiriladi. Xorijga qo‘ng‘iroq qilish bahosi ikki barobarga qimmatlashadi.
Dushanba kuni Sharof Rashidov ko‘chasining qayta tiklangan qismi transport harakati uchun ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting