Jahon bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari sifatidagi missiyasini yakunlagan Marko Mantovanelli “Gazeta.uz” bilan suhbatda mamlakat uchun ustuvor islohotlar, xususiy monopoliyalardan qutulib qolish haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. U bozor iqtisodiyotiga o‘tishni oxiriga yetkazishga chaqirdi.
Iyun oyida O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari 293,7 million dollarga kamayib, 36,34 milliard dollarni tashkil etdi. Oltinning jismoniy hajmi 9,3 tonnaga oshdi, ammo valyuta zaxiralari deyarli 800 million dollarga kamaydi.
Tarmoqlarda iste’molchilarning elektr energiyasini hisobga olish uskunalari iste’molni ijtimoiy norma doirasida noto‘g‘ri hisoblayotgani haqidagi shikoyatlari tarqalmoqda. HET nima uchun bunday bo‘layotganini tushuntirdi.
Samarqand shahridan oqib o‘tuvchi Siyob kanaliga Nexia 2 avtomobili tushib ketdi. Voqeaga haydovchining boshqaruvni yo‘qotishi sabab bo‘lgan. FVB xodimlari mashinani chiqarib oldi.
9-iyuldan abituriyentlarga ruxsatnomalar berish boshlandi. Uni my.uzbmb.uz saytiga shaxsiy identifikatsiya raqami hamda pasport ma’lumotlarini kiritgan holda olish mumkin.
Farg‘ona viloyati Quva tumanida boshqaruvni yo‘qotgan Lacetti qarshisidan kelayotgan VAZ-2101 bilan to‘qnashdi. Oqibatda “Jiguli” haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi. Yana bir haydovchi va yo‘lovchi shifoxonaga yotqizildi.
O‘g‘itlar narxini asossiz oshirgan Maxam-Chirchiq, Toshkentda ochiladigan Yandex Uzbekistan ofisi, Yunusobodda “reyd” o‘tkazgan hokim, “Mening bog‘im” loyihasi g‘oliblari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
24-avgust kuni Buxoroda Bukhara Night Race xalqaro tungi poygasi bo‘lib o‘tadi. O‘tgan yili unda dunyoning 20 davlatidan 1600 dan ortiq sportchi qatnashgandi. Bu yil ikki barobar ko‘proq ishtirokchi kutilmoqda.
Senatning 54-yalpi majlisi 10-iyul kuni chaqiriladi. Senatorlar Shaharsozlik kodeksiga o‘zgartirishlar kiritish, Turkmaniston va Turkiya bilan tuzilgan bitimlarni ratifikatsiya qilish to‘g‘risidagi qonunlarni ko‘rib chiqadi. Shuningdek, ekologiya sohasiga oid parlament so‘rovi natijalari tinglanadi.
Toshkent Fotosuratlar uyida balet san’atini suratga tushirishi bilan tanilgan Bobur Alimxo‘jayevning “Fransiya o‘zbek fotosuratchisi nigohida” nomli ko‘rgazmasi ochildi. Bunda ijodkorning faqat plyonkali fotoappartda olingan 44 ta ishi namoyishga qo‘yilgan.
Andijon shahrida Cobalt haydovchisi tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan o‘tayotgan voyaga yetmagan qizni urib yubordi. Jabrlanuvchi shifoxonaga yotqizildi.
Shavkat Mirziyoyev va Xitoy parlamenti rahbari Chjao Letszi Toshkentda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda XXR O‘zbekistonning islohotlar dasturini qo‘llab-quvvatlashi, mamlakatlarning ta’lim sohasidagi hamkorligi kabi masalalarni muhokama qildi.
Tojikistonda soat 18:04 da sodir bo‘lgan zilzila kuchi Surxondaryo viloyati tumanlarida ham sezildi (2−3 ball).
Open Budget tarkibidagi “Mening bog‘im” loyihasining 1-mavsumida 215 ta tashabbus g‘olib bo‘ldi. Ularni moliyalashtirishga 48,6 mlrd so‘m yo‘naltiriladi.
Rossiyaning Ukraina shaharlariga uyushtirilgan keng ko‘lamli raketa hujumi oqibatida kamida 20 kishi halok bo‘ldi, 65 dan ortiq kishi jarohatlandi. Kiyevda mamlakatdagi eng yirik bolalar shifoxonasiga jiddiy zarar yetdi.
O‘zbekistonda olti oyda 550 mlrd 290 mln so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. O‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 4537 ta iste’molchi qoidabuzarlik holatlariga yo‘l qo‘ygan.
Toshkent shahri hokimi Shavkat Umurzoqov ishchi guruh bilan birga Yunusobod tumanidagi Sobirobod mahallasiga bordi va obodonlashtirish ishlari bilan tanishdi. Hokim do‘konlardan biriga kirib, sifati buzilgan mahsulotlar va yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qilinmayotganidan noroziligini bildirdi.
Xatirchida 8 yoshli qizning vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 haydovchi qamoqqa olindi. Ikkisi ham yo‘lda bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ulardan biri olti oyda 12 marotaba tezlikni oshirib haydagan. Piyodalar o‘tish joyiga esa pul ajratilmagani sababli tugmali svetofor qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lgan.
So‘l partiyalarning “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi Fransiyadagi parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, 182 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi turda g‘alaba qozongan o‘ta o‘nglar uchinchi bo‘ldi.
Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u SSV Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting