2024-yil 23−25-oktabr kunlari CAEx Uzbekistan ko‘rgazmalar markazida Avtomechanika Tashkent 2024 bo‘lib o‘tdi.
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, endilikda yo‘lning chetki chap qismida harakatlangan yuk mashinalari haydovchilari jarimaga tortiladi. 2022-yil 1-maydan yuk mashinalariga yo‘lning chap tomonidan harakatlanishi taqiqlangan, ammo jarima ko‘zda tutilmagandi.
2025-yil uchun davlat budjeti loyihasi taqdim etildi. Kelasi yilda YAIM o‘sishi 6 foiz bo‘lishi, inflyatsiya 7 foizgacha pasayishi kutilmoqda. Konsolidatsiyalashgan budjet taqchilligi chegarasi YAIMga nisbatan 3 foiz (49,3 trln so‘m) bo‘lishi, tashqi qarz limiti esa 5,5 mlrd dollargacha oshirilishi taklif qilinmoqda.
Shtati yana qisqarayotgan vazirlik va idoralar, 2025-yil uchun tashqi qarzning cheklangan hajmi, to‘g‘ridan to‘g‘ri mahalliy budjet hisobiga tushadigan soliq tushumlari, ko‘proq real daromad topayotgan o‘zbekistonliklar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yo‘l chetida nosoz holda to‘xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan Nexia haydovchisi shifoxonada vafot etdi.
Toshkent shahridagi bog‘chada 6 yoshli bolaga ota-onasining ruxsatisiz ayollar kiyimini kiydirib, pardoz qildirgan va qizlarga xos raqsga tushirgan tarbiyachi ishdan olindi. Bolaning otasi bu o‘g‘lining qadr-qimmatini kamsitgan deb hisoblagan.
YI va Buyuk Britaniyada deyarli 40 mingta erta o‘lim holati gaz plitalarini yopiq joylarda ishlatganda ajralib chiqadigan azot dioksidi ta’siri bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin, deyiladi Ispaniyaning Xayme I universiteti tadqiqotida. Avval AQShda ham shu mavzuda tadqiqotlar o‘tkazilgandi.
Markaziy saylov komissiyasi yagona saylov okrugi bo‘yicha Qonunchilik palatasiga deputatlar saylovi natijalarini tasdiqladi va siyosiy partiyalar o‘rtasida 75 deputatlik mandatini taqsimladi.
KPMG Uzbekistan avtobozor tahlili va avtomobil narxini belgilovchi omillarni taqdim etdi. Bojlar “inomarka"lar narxining 70% va undan ko‘prog‘ini tashkil etayotgan bo‘lishi mumkin. Bozor rivojlanishidagi to‘siqlar murakkab sertifikatlash talablari va yonilg‘i bilan bog‘liq muammolarni ham o‘z ichiga oladi.
Prezident qarori bilan vazirlik va idoralarning rahbar va ishlab chiqarish xodimlari soni yana 2845 taga (5,2 foiz) qisqartirilmoqda. Hokimliklarning boshqaruv apparati xodimlari soni ham kamaytiriladi.
Namangan viloyatidagi shu vaqtgacha ichimlik suv masalasida muammolari bo‘lgan Soycha qishlog‘ida 2 mln dollarlik xalqaro loyiha doirasida suv infratuzilmalari qurildi. U o‘nlab qishloqlar orasidan bir necha mezonlarga ko‘ra tanlab olingan. Loyiha 2026-yilga qadar davom etadi.
O‘zbekistonlik 21 yoshli futbolchi Abbosbek Fayzullayev OFK tomonidan erkaklar orasidagi eng yaxshi yosh futbolchi deb topildi.
Toshkent tumanidagi 42 ming 948 ta xonadon 10 soat davomida gaz ta’minotidan uziladi. Bu vaqtda gaz tarmoqlaridagi yozgi diafragmalar qishki diafragmalarga almashtiriladi.
2025-yil mahalliy budjetlar mustaqilligini oshirish uchun ular ixtiyorida qoladigan soliq tushumlarini ko‘paytirish rejalashtirilmoqda. Bu yuridik shaxslardan olinadigan mol-mulk va yer solig‘i, aylanmadan soliq hamda qisman jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i hisobiga amalga oshiriladi.
“O‘zbekkonsert” davlat muassasasi san’atkorlarga O‘zbekistondan tashqarida konsertlar o‘tkazishdan avval tashkilotni yozma ravishda xabardor qilish shartligini eslatdi. Talablarni buzganlarning litsenziyasi muddatidan oldin to‘xtatilishi mumkin.
Jizzax viloyati Zarbdor tumanidagi metan “zapravka” elektr hisoblagichga tashqi ta’sir ko‘rsatish orqali 8,6 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi. Hujjatlar tegishli organlarga yuborildi.
Hozir O‘zbekistonda jami 9452 ta mahalla mavjud. Qahramon Quronboyevga ko‘ra, aholini boshqarish uchun yaratilgan “mahalla yettiligi” tizimi dunyoning birorta davlatida yo‘q. “Bugungi kunda 51 137 nafar xodim yettilikda faoliyat yurityapti”, — dedi O‘zbekiston mahallalari uyushmasi raisi.
2025-yilda davlat nomidan va uning kafolati ostida tashqi qarzlarni jalb qilish bo‘yicha yillik imzolanadigan yangi bitimlarning cheklangan hajmi 5,5 mlrd dollar bo‘lishi kutilmoqda. Budjet to‘g‘risidagi qonun loyihasiga ko‘ra, mablag‘ning 3 mlrd dollari davlat budjetini qo‘llab-quvvatlash uchun ishlatiladi.
To‘qqiz oy yakuniga ko‘ra, aholining real daromadlari 7,7 foizga o‘sdi, bu 2023-yilning shu davridagi ko‘rsatkichdan yuqori. Aholi jon boshiga umumiy daromadlar 15,5 foizga (inflyatsiyani hisobga olgan holda — 5,5 foizga) o‘sib, 17,4 mln so‘mni tashkil etdi.
Naim Qosim “Hizbulloh” guruhining yangi bosh kotibi etib saylandi. 71 yoshli rahbar 30 yildan ortiq harakat yetakchisining o‘rinbosari bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting