Arxiv

“Qo‘qon” EIZ hududi kengaytiriladi
10 iyul 2024, 21:38

“Qo‘qon” EIZ hududi kengaytiriladi

Prezident qarori bilan, Quvasoy shahri hokimligi zaxirasidagi 210 gektar yer hisobiga “Qo‘qon” erkin iqtisodiy zonasi hududi kengaytiriladi. Yangi hududda 2026-yilgacha kamida 1 mlrd dollarlik investitsiyalar o‘zlashtirish, 11,7 mingta ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda.

“Qurilish maydoni 90 foiz tayyor holatga keltirilgan”. Hokimlik — “Boqiy Buxoro” shahar chetiga ko‘chirilishi haqida
10 iyul 2024, 21:04

“Qurilish maydoni 90 foiz tayyor holatga keltirilgan”. Hokimlik — “Boqiy Buxoro” shahar chetiga ko‘chirilishi haqida

Ijtimoiy tarmoqlarda “Boqiy Buxoro” parki shahar chekkasida qurilishi haqida xabarlar tarqaldi. Hokimlikka ko‘ra, bu xabarlar “yolg‘on va haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi”. Hozirda loyiha amalga oshiriladigan hududdagi binolar to‘liq demontaj qilinmoqda, qurilish maydoni 90 foiz tayyor holga keltirilgan.

Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol 7,5 yilga qamaldi
10 iyul 2024, 20:53

Qashqadaryoda 14 yoshli qizni jinsiy qullikda saqlagan ayol 7,5 yilga qamaldi

Shahrisabzda 14 yoshli qizni 7 oy qullikda saqlab, turli shaxslar bilan jinsiy aloqa qilishga majburlagan ayol va uning sheriklariga sud hukmi o‘qildi. Ayol JKning ikki moddasi bo‘yicha 7,5 yilga, ikki erkak uch modda bilan 9 yilga qamaldi. Bu kabi jinoyatlar uchun jazo yumshatilmaydi, deb yozdi bolalar ombudsmani.

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun qanday choralar ko‘zda tutilmoqda?
10 iyul 2024, 19:32

Nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun qanday choralar ko‘zda tutilmoqda?

Prezident ijtimoiy himoya sohasiga oid chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishdi. Takliflar orasida nogironligi bo‘lgan shaxslarning xavfsiz harakatlanishi uchun sharoitlarni kengaytirish, jumladan, binolarni ekspertizadan o‘tkazish, chorrahalarni moslashtirib borish, elektron interaktiv xarita yaratish mavjud.

OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi
10 iyul 2024, 17:51

OTMlarga kirish imtihonlari 14-iyuldan boshlanadi

O‘zbekiston davlat oliy ta’lim muassasalariga kirish imtihonlari 14-iyuldan 28-iyulga qadar o‘tkaziladi. Mandat 21−22-avgustda e’lon qilinadi.

Xitoyning Henan kompaniyasi O‘zbekistondagi ko‘mir konlarini rivojlantirishga 400 mln dollar investitsiya kiritmoqchi
10 iyul 2024, 16:59

Xitoyning Henan kompaniyasi O‘zbekistondagi ko‘mir konlarini rivojlantirishga 400 mln dollar investitsiya kiritmoqchi

Xitoyning Henan kompaniyasi O‘zbekistondagi ko‘mir konini o‘zlashtirish uchun 400 mln dollar sarflashni rejalashtirmoqda. Turkiyaning Bab Energy ve Petrol Urunleri A.S kompaniyasi esa Toshkent viloyatida boyitilgan kaolin ishlab chiqarish niyatida.

O‘zbekiston aeroportlarida birinchi yarim yillikda yo‘lovchilar oqimi 36 foizga oshdi
10 iyul 2024, 16:24

O‘zbekiston aeroportlarida birinchi yarim yillikda yo‘lovchilar oqimi 36 foizga oshdi

O‘zbekiston aeroportlarida birinchi yarim yillikda 53,3 mingta reys amalga oshirdi, bu o‘tgan yilning yanvar-iyun oylariga nisbatan 37 foizga ko‘pdir. O‘tgan davrda jami 6,3 milliondan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatildi va ularning oqimi 36 foizga oshdi.

BYD O‘zbekistonda elektromobillarning budjet modellarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda
10 iyul 2024, 16:18

BYD O‘zbekistonda elektromobillarning budjet modellarini ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

O‘zbekiston BYD bilan V, S va budjet avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha kelishuvga erishdi. Ularning namunalari xitoylik hamkorlar sinovidan o‘tkazish uchun laboratoriyaga topshirildi. Avvalroq zavod 3 ta yangi model: E2, Seagull va Yuan`ni ishlab chiqarishni rejalashtirayotgani xabar qilingandi.

Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlar auditini o‘tkazadi
10 iyul 2024, 15:52

Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlar auditini o‘tkazadi

Prezident budjet mablag‘larining sarflanishi ustidan nazoratni kuchaytirish bo‘yicha takliflar bilan tanishdi. Hisob palatasi budjetdan tashqari jamg‘armalar va tashqi qarz hisobidan qilingan xarajatlarni qamrab olish imkonini beruvchi konsolidatsiyalashgan budjet auditini o‘tkazishni taklif etmoqda.

HET — biznes uchun elektr energiyasi bo‘yicha ikki baravar tariflarni qo‘llash haqida
10 iyul 2024, 15:32

HET — biznes uchun elektr energiyasi bo‘yicha ikki baravar tariflarni qo‘llash haqida

O‘zbekistonda biznes va boshqa yuridik shaxslar ilgari elektr energiyasi uchun 1 kVt/soat 900 so‘m bo‘lgan tarifda belgilangan limitdan 10 foizga oshib ketsa, 960 so‘mdan to‘lardi. Endi ortiqcha hajmga 2 baravargacha bo‘lgan tarif (1800 so‘m) qo‘llanadi. HET yangi qoidalarni tushuntirdi.

Davlat xaridlari tizimidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi
10 iyul 2024, 15:06

Davlat xaridlari tizimidagi to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi

O‘zbekistonda 1-oktabrdan davlat buyurtmachilari tomonidan to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnomalar ular tuzilishidan oldin jamoatchilik muhokamasidan o‘tkaziladi. Shuningdek, 1-dekabrgacha davlat xaridlari tizimining mobil ilovalari yaratiladi.

UZTELECOM`dan “yozgi jazirama”: operator “qaynoq” chegirmalarni taqdim qildi
10 iyul 2024, 15:00

UZTELECOM`dan “yozgi jazirama”: operator “qaynoq” chegirmalarni taqdim qildi

UZTELECOM yoz mavsumini unutilmas qilish uchun “qaynoq” aksiyalarni — Barakalla 3.0 aksiyasi bilan “oltin” raqamlarga 90% gacha chegirmalar va ikki baravar ko‘paytirilgan internet-trafik taklif qilmoqda.

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi ayol vafot etdi
10 iyul 2024, 14:32

Toshkentda 3 ta mashina ishtirokidagi YTH oqibatida yo‘lovchi ayol vafot etdi

Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark qarama-qarshi yo‘ldagi 2 ta mashinaga borib urilgandi. YHXB hodisa oqibatida bir yo‘lovchi vafot etgani va 2 kishi shifoxonaga yotqizilganini ma’lum qildi.

Turkiyadagi deport markazidan 34 nafar o‘zbekistonlik ayol ozod etilib, vatanga qaytarildi
10 iyul 2024, 12:10

Turkiyadagi deport markazidan 34 nafar o‘zbekistonlik ayol ozod etilib, vatanga qaytarildi

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining Turkiyada qiyin vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashuvlari davomida Silivri deport markazidan 34 nafar ayol ozod etilib, vatanga qaytarildi. Yana 3 nafari ozodlikka chiqarildi.

Xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan — O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri
10 iyul 2024, 12:07

Xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilgan — O‘zbekiston oliy ta’lim vaziri

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Kongratbay Sharipov xususiy universitetlarga litsenziya berish to‘xtatilganini (so‘nggi bor 2023-yil oktabrda berilgan) aytib, buni ta’lim sifati va ishsizlik bilan bog‘ladi. Vazirlik bunday litsenziya berishni takomillashtirish bo‘yicha qaror loyihasini ishlab chiqmoqda.

Senat elektr energiyasi bozoriga xususiy sarmoyani jalb qilish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi
10 iyul 2024, 11:38

Senat elektr energiyasi bozoriga xususiy sarmoyani jalb qilish ko‘zda tutilgan qonunni ma’qulladi

O‘zbekiston elektr energiyasi bozoriga xususiy sarmoyani jalb qilish ko‘zda tutilgan qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. Qonunda samarali, shaffof va raqobatbardosh elektr energiyasi bozorining rivojlanishini qo‘llab quvvatlash ko‘zda tutilgan.

Toshkentda yuqori tezlikdagi Spark 2 ta mashina bilan to‘qnashdi
10 iyul 2024, 11:35

Toshkentda yuqori tezlikdagi Spark 2 ta mashina bilan to‘qnashdi

Sergeli tumanida yuqori tezlikdagi Spark beton to‘siq ustidan uchib o‘tib, qarama-qarshi yo‘ldagi Honda va Spark bilan to‘qnashdi. Oqibatda 3 kishi jarohatlandi.

Bank hisob raqamlaridan 370 mlrd so‘m o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi
10 iyul 2024, 11:28

Bank hisob raqamlaridan 370 mlrd so‘m o‘g‘irlamoqchi bo‘lgan guruh qo‘lga olindi

To‘rt kishidan iborat guruh bank xodimidan dasturiy ta’minot va hisob raqamlariga kirish uchun kodlar sotib olib, 370 mlrd so‘m (29,3 mln dollardan ortiq) o‘g‘irlamoqchi bo‘ldi. Ular xorijdagi hisobraqamlarga o‘tkazish uchun 189 mlrd so‘mni konvertatsiya qilmoqchi bo‘lganida qo‘lga tushdi.

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi
10 iyul 2024, 10:29

Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini amalga oshirish to‘g‘risida bitim tasdiqlandi

Xitoy hukumati, Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi va O‘zbekiston hukumati o‘rtasida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li loyihasini birgalikda amalga oshirishda hamkorlik qilish to‘g‘risidagi bitim tasdiqlandi. Transport vazirligi ushbu shartnomani amalga oshirish uchun mas’ul vakolatli organ etib belgilandi.

Buxoro shahri sobiq hokimi viloyat ekoboshqarmasiga boshliq bo‘ldi
10 iyul 2024, 09:36

Buxoro shahri sobiq hokimi viloyat ekoboshqarmasiga boshliq bo‘ldi

Jamol Nosirov Buxoro viloyati ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Buxoro shahriga 3 yil hokimlik qilgan Nosirov may oyida sog‘lig‘i yomonlashgani uchun ishdan ketgandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting