Arxiv

Navoiyda 8 yoshli qiz vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 nafar haydovchi qamoqqa olindi
8 iyul 2024, 15:23

Navoiyda 8 yoshli qiz vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 nafar haydovchi qamoqqa olindi

Xatirchida 8 yoshli qizning vafotiga sabab bo‘lgan YTH ortidan 2 haydovchi qamoqqa olindi. Ikkisi ham yo‘lda bir-birini quvib o‘tishga uringan. Ulardan biri olti oyda 12 marotaba tezlikni oshirib haydagan. Piyodalar o‘tish joyiga esa pul ajratilmagani sababli tugmali svetofor qurilmasi o‘rnatilmagan bo‘lgan.

Fransiyadagi parlament saylovlarida so‘l koalitsiya g‘alaba qozondi
8 iyul 2024, 15:07

Fransiyadagi parlament saylovlarida so‘l koalitsiya g‘alaba qozondi

So‘l partiyalarning “Yangi xalq fronti” koalitsiyasi Fransiyadagi parlament saylovlarining ikkinchi bosqichida g‘alaba qozonib, 182 o‘rinni qo‘lga kiritdi. Birinchi turda g‘alaba qozongan o‘ta o‘nglar uchinchi bo‘ldi.

Andijon viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi
8 iyul 2024, 14:22

Andijon viloyati SSBga yangi rahbar tayinlandi

Shohruxmirzo Mamajonov Andijon viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Tayinlovga qadar u SSV Fan-ta’lim va innovatsiyalar boshqarmasi Malaka oshirish va qayta tayyorlash bo‘limi boshlig‘i sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan edi.

Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish 2025-yil 1-martga qoldirildi
8 iyul 2024, 13:57

Avtomobillar uchun ekostikerlar joriy etish 2025-yil 1-martga qoldirildi

Hukumat avtomobillar uchun ekostikerlar joriy qilish vaqtini o‘zgartirdi. Ularni chiqarish 1-iyundan boshlanishi rejalashtirilgandi, biroq 2025-yilning 1-martiga qoldirildi.

Seshanbadan harorat ko‘tarila boshlaydi
8 iyul 2024, 12:03

Seshanbadan harorat ko‘tarila boshlaydi

O‘zbekistonda seshanbadan havo harorati ko‘tarilib, ish haftasi oxirigacha +35…+39 daraja atrofida bo‘ladi. Tog‘li hududlarda 12-iyulgacha qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.

O‘g‘itlar narxi asossiz oshirilgani yuzasidan Maxam-Chirchiq korxonasiga ish ochildi
8 iyul 2024, 11:12

O‘g‘itlar narxi asossiz oshirilgani yuzasidan Maxam-Chirchiq korxonasiga ish ochildi

Raqobat qo‘mitasi Maxam-Chirchiq mahsulotlari narxini belgilashda me’yoriy hujjatlarga rioya etilmagani uchun mineral o‘g‘itlar narxi 10−15 foizga oshganini ma’lum qildi. Korxonaga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi
8 iyul 2024, 10:34

Samarqanddagi qurilish maydonida qimmatbaho daraxtlar kesib tashlandi

Samarqand shahridagi qurilish maydonida 4 tup qimmatbaho va 1 tup kam qimmatli daraxtlar ildiz qismi bilan qazib tashlab, yo‘q qilindi. Holat bo‘yicha tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga taqdim etildi.

Yandex Uzbekistan Toshkentda o‘z ofisini ochadi
8 iyul 2024, 10:14

Yandex Uzbekistan Toshkentda o‘z ofisini ochadi

Yandex Uzbekistan kuzda mamlakatdagi biznesini rivojlantirish va xizmatlarni kengaytirish maqsadida Toshkentda ofis ochishni reja qilmoqda. Kompaniya o‘zbekistonlik dasturchilar uchun IT-amaliyot dasturini ham ishga tushiradi.

“Bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmasdim” — soatiga 157 km tezlikda harakatlangan haydovchi
8 iyul 2024, 10:05

“Bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmasdim” — soatiga 157 km tezlikda harakatlangan haydovchi

Angren shahrida 157 km/soat tezlikda harakatlangan haydovchi 3,4 mln so‘m jarimaga tortildi. U “bunday tezlikda haydash mumkin emasligini bilmaganini” aytdi. U Instagram`da bolalar yo‘lda nobud bo‘layotgani haqidagi izohlarga javoban ularning taqdiri tug‘ilgunga qadar belgilab bo‘linganini ta’kidlagandi.

YIDXP orqali yo‘llardagi qoidabuzarlik jarimalaridan shikoyat qilish mumkin bo‘ladi
8 iyul 2024, 09:02

YIDXP orqali yo‘llardagi qoidabuzarlik jarimalaridan shikoyat qilish mumkin bo‘ladi

1-sentabrdan boshlab haydovchilar Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali yo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun solingan jarima yuzasidan shikoyat qilishlari mumkin.

Balton Trading Asia: “So‘nggi mil” logistikasi yoki 3PL O‘zbekistonda qanday ishlaydi?
8 iyul 2024, 09:00

Balton Trading Asia: “So‘nggi mil” logistikasi yoki 3PL O‘zbekistonda qanday ishlaydi?

O‘zbekistondagi yetakchi distribyutorlik kompaniyalaridan biri Balton Trading Asia vakillari 3PL xizmatlari va ularning afzalliklari haqida so‘zlab berdi, shuningdek, 18 ming kvadrat metr maydonda “A+” toifadagi respublikada yagona “yashil” omborni taqdim etdi.

Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ta’mirlash uchun yopiladi
7 iyul 2024, 22:08

Toshkent shahri YHXBning Yunusoboddagi ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘limi ta’mirlash uchun yopiladi

Poytaxt YHXBning Yunusobod tumanidagi ro‘yxatdan o‘tkazish, imtihon olish bo‘limi (“Gvardeyskaya”) rekonstruksiya qilish uchun yopiladi. Haydovchilar shahardagi boshqa bo‘linmalarga murojaat qilishlari mumkin.

️Toshkentda momaqaldiroq tufayli bir necha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi
7 iyul 2024, 21:09

️Toshkentda momaqaldiroq tufayli bir necha reyslar muqobil aerodromlarga yo‘naltirildi

Toshkent aeroportida soat 19:44 atrofida noqulay ob-havo sharoiti tufayli bir qancha reyslar Samarqand, Namangan va Navoiy aerodromlariga yo‘naltirildi. Ayni paytda aeroportda ob-havo sharoiti barqarorlashdi va cheklovlar olindi, deya xabar qildi Uzbekistan Airports.

Yevro-2024: Chorak final o‘yinlari qanday o‘tdi?
7 iyul 2024, 15:37

Yevro-2024: Chorak final o‘yinlari qanday o‘tdi?

Tajribadan ustun kelgan yoshlik, Pepeni yig‘latgan oqshom, muxlislarni yana xavotirga qo‘ygan Sautgeyt, yarim finalga yetolmagan “Turkiya ertagi” — Yevropa chempionatining chorak final bahslari qanday o‘tdi?

Navoiyda o‘nga yaqin kishi voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘ldi
7 iyul 2024, 15:24

Navoiyda o‘nga yaqin kishi voyaga yetmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘ldi

Navoiy shahrida 18−23 yosh atrofidagi yigitlar 16 yoshga to‘lmagan qiz bilan jinsiy aloqada bo‘ldi, deya yozmoqda Kun.uz. Ularning 5 nafari 3,5 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilindi. Gumonlanuvchilar orasida IIB tergovchisi ham bor.

Toshkentda 16 yoshli haydovchi boshqargan Malibu yuqori tezlikda piyodani urib yubordi
7 iyul 2024, 09:51

Toshkentda 16 yoshli haydovchi boshqargan Malibu yuqori tezlikda piyodani urib yubordi

Uchtepa tumanida 16 yoshli bola boshqaruvidagi Malibu 2 avtomobili piyodani urib yubordi. Fuqaro og‘ir ahvolda kasalxonaga yotqizildi. Mashina ichida 4 nafar maktab o‘quvchisi bo‘lgan, ular yuqori tezlikda va svetoforning qizil chirog‘ida harakatlangan.

Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi
6 iyul 2024, 17:17

Shavkat Mirziyoyev Shusha shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi

O‘zbekiston rahbari Ozarbayjonda Turkiy davlatlar tashkilotining norasmiy sammitida ishtirok etdi. Unda Shavkat Mirziyoyev savdo va transport yo‘llarini rivojlantirish, iqlim o‘zgarishi hamda muqobil energetika bo‘yicha takliflarni ilgari surdi. Falastin va Afg‘oniston muammolariga yana bir bor e’tibor qaratdi.

NKMK S&P'dan ilk reytingni oldi. O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyaning hozirgi holati haqida batafsil ma’lumot
6 iyul 2024, 15:12

NKMK S&P'dan ilk reytingni oldi. O‘zbekistondagi eng yirik kompaniyaning hozirgi holati haqida batafsil ma’lumot

S&P birinchi marta O‘zbekistondagi eng yirik korxona hisoblangan Navoiy kon-metallurgiya kombinatiga kredit reytingini berdi. 2023-yilda NKMK dunyodagi to‘rtinchi yirik oltin qazib oluvchi (90,2 tonna) bo‘lgandi, biroq suv bilan bog‘liq, shuningdek, bitta konga qaramlik xavflari mavjud.

Toshkent aeroporti hududidagi kafeda yong‘in yuz berdi
6 iyul 2024, 12:33

Toshkent aeroporti hududidagi kafeda yong‘in yuz berdi

Toshkent aeroporti uchib ketish zali yonidagi yangi “Terminal” kafesida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in oqibatida 5 kv metr maydonga zarar yetgan. Jabrlanganlar yo‘q.

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi
6 iyul 2024, 11:44

Shavkat Mirziyoyev Mas’ud Pezeshkiyonni Eron prezidenti etib saylangani bilan tabrikladi

O‘zbekiston prezidenti Erondagi prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Mas’ud Pezeshkiyonni tabrikladi. Shavkat Mirziyoyev o‘z maktubida mamlakatlar o‘rtasidagi ko‘p qirrali va uzoq muddatli sheriklik barcha ustuvor yo‘nalishlarda yanada yuqori bosqichga ko‘tarilishiga ishonch bildirdi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting