3-iyun kuni “Baxti Tashkentskiy” va yana 36 kishiga nisbatan sud jarayoni boshlandi. Jinoyat ishi doirasida 46 nafar jabrlanuvchi va 70 nafar guvoh mavjud. Sudda Baxtiyor Qudratullayev o‘ziga qo‘yilgan ayblovlarga iqror emasligini bildirdi.
Meksikadagi prezidentlik saylovlarida hukmron partiya vakili, fizik olim Klaudiya Sheynbaum g‘alaba qozondi. U mamlakatning 200 yillik tarixida davlat rahbari lavozimini egallagan birinchi ayol bo‘ladi.
Zaamin Ultra uchinchi xalqaro ultramarafonida 2, 10, 21 va 50 km masofalarda o‘tkazilgan bahslarda Avstraliya, Buyuk Britaniya, Irlandiya, Qozog‘iston, Malayziya, Turkiya, Rossiya, AQSh va boshqa mamlakatlardan 2100 nafardan ortiq kishi ishtirok etdi.
O‘zbekiston mamlakat qonunchiligini JST bitimlariga muvofiqlashtirishda davom etmoqda. Prezident qarori bilan eksportga beriladigan qator subsidiya va preferensiyalar, samarasi past soliq va bojxona imtiyozlari bekor qilinadi, yig‘imlar qayta ko‘rib chiqiladi va boshqa choralar ko‘riladi.
Jondor tumanida aprel oyi so‘ngida Nexia avtomobili shinasi yorilib ketishi oqibatida 3 kishi halok bo‘lgani ma’lum bo‘ldi. Yana 2 kishi tan jarohati olib, shifoxonaga yotqizilgan.
ANORBANK “Markaziy Osiyo HR brendi 2023” mukofotining “Mintaqa” nominatsiyasida ikkinchi o‘rinni egalladi. Bank vakillari mukofotga sazovor bo‘lgan loyiha va uning afzalliklari haqida so‘zlab berdi.
Prezident farmoni bilan, 2026-yil iyuldan davlat xaridlarida mahalliy ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar, shuningdek, mahalliy elektr jihozlari uchun narx preferensiyalari qisman bekor qilinadi. obyektni parallel loyihalash va qurish jarayonida xarajatlarni budjetdan moliyalashtirish taqiqlanadi.
O‘zbekiston milliy banki Standard Chartered Bank va LBBW bilan kichik va o‘rta biznes sektorini qo‘llab-quvvatlash maqsadida MIGA tomonidan qoplanadigan 100 mln yevro miqdoridagi sindikatlangan kredit liniyasini jalb qilish bo‘yicha shartnoma imzoladi.
Turkiyada o‘tkazilgan xalqaro musobaqada O‘zbekiston merganlari besh marta rekord natija qayd etib, birinchi o‘rinni egalladi. Musobaqada 11 ta davlatdan jami 36 ta jamoa ishtirok etdi. Video.
Mungyong (Janubiy Koreya) shahrida o‘tkazilgan harbiylar o‘rtasidagi jahon chempionatida o‘zbekistonlik taekvondochilar 6 oltin, 2 kumush va 4 bronza medalni qo‘lga kiritdi. Bu natija tufayli erkaklar ham, ayollar ham jamoaviy bahslarda birinchi bo‘ldi.
Prezident farmoni bilan, 2025-yil 1-yanvardan xususiy provayderlarga sinov tariqasida xalqaro Internet tarmoqlariga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanish huquqi beriladi. “O‘zbektelekom”ning tashqi internet kanali bo‘yicha monopoliyasini 2020-yildayoq bekor qilish rejalashtirilgandi.
Mirzo Ulug‘bek tumanida Cobalt yo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan piyodalardan birini urib yubordi. Qiz jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi. Videolavhada YTH ro‘y bergan joy yaqinida svetofor borligini ko‘rish mumkin.
Prezident farmoni bilan, 2026-yildan UzGasTrade`ning tabiiy gaz eksport va importi bo‘yicha yagona operator sifatidagi huquqi, shuningdek, “O‘zenergosotish”ning ham elektr energiyasi bo‘yicha shunday huquqi bekor qilinadi. Yana bir qator kompaniyalarning maxsus huquqlari bekor qilinmoqda.
10-iyundan Toshkentdan Qirg‘izistondagi Issiqko‘lgacha mavsumiy avtobus qatnovlari boshlanadi. Avtobus oyning juft kunlarida Toshkent avtovokzalidan jo‘naydi. Chipta narxi — 300 ming so‘m.
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqasi payti jamoat tartibini buzib, IIB xodimlariga faol qarshilik ko‘rsatgan 13 nafar fuqaroga 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.
Surxondaryo viloyati Termiz shahrida 3 ta mashina to‘qnashdi. Oqibatda Nexia-3 mashinasi yonib ketdi. Hech kim jarohatlanmagan.
Rekord darajada o‘sgan inflyatsiya, bu safar Qoraqalpog‘istonda bo‘ladigan tadbirkorlar bilan muloqot, gazsiz aholi uchun ijtimoiy normani oshirishni so‘ragan deputat, “Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqargan Qozog‘iston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Instagram orqali Toshkentga kelgan viloyatliklarni haqoratlagan 21 yoshli qiz 15 sutkaga qamaldi. U “jahl ustida ortiqcha gapirib yuborganini” aytib, uzr so‘radi. Video.
Bosh prokuratura Muna Mug kompaniyasi Toshkentdagi sobiq MXX majmuasi hududidan 53 tup sog‘lom daraxtni noqonuniy ravishda ko‘chirib o‘tkazganini ma’lum qildi. Daraxtlarni ko‘chirishga ruxsat bergan kompaniya vakillari va mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakat “zamonaviy Afg‘oniston bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish muhimligi va bu rejim uzoq muddatli omil ekanini anglagan holda” “Tolibon"ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarganini aytdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting