Guliston shahridagi lak-bo‘yoq mahsulotlari ishlab chiqarish omborida yong‘in sodir bo‘ldi. Yong‘in tunda kelib chiqdi va ikki soatda o‘chirildi. Hodisa oqibatida bino tom qismi va 2 ta yuk mashinasi qisman zararlandi.
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i Salohiddin Nuriyev OAV vakillari bilan suhbatda “xalq puli, xalq mulki davlat budjetiga o‘tsa, o‘z-o‘zidan u davlatning puliga aylanishini” ta’kidladi. Adliya vazirligi davlat organlari xalq oldida hisobdor ekanini eslatib, holat o‘rganilayotganini bildirdi.
Toshkentda Xalqaro bolalarni himoya qilish kunida tashkil etilishi rejalashtirilgan “tekinga narsa tarqatish” aksiyalari to‘xtatildi, deb xabar berdi IIV. O‘yinchoqlar, muzqaymoq va boshqalarning tekin tarqatilishi transport harakatidagi 10 balli tirbandlikka va bog‘larda odamlarning to‘planib qolishiga olib keldi.
Bolalar ombudsmani Surayyo Rahmonovaning fikricha, bolalarni taqiqlangan joyda cho‘milmaslik haqida ogohlantirishning o‘zi yetarli emas. “Ularning ehtiyoji uchun muqobil xavfsiz cho‘milish havzalari kerak”, — dedi u. Ombudsman bu masala bo‘yicha viloyat xokimlariga so‘rov kiritilganini ma’lum qildi.
O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida Tailand va Filippinning yangi elchilaridan ishonch yorliqlari qabul qilib olindi. TIV rahbari Baxtiyor Saidov Filippin bilan “foydalanilmagan ulkan salohiyatlar” borligini ta’kidladi.
Bahorda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida sug‘orish tizimi mavjud bo‘lmagan joylarga 600 ming tupdan ortiq ko‘chat ekildi. Bu haqda Senatdagi muhokamada so‘z bordi. Bu masala avvalgi yillarda ham bir necha bor ko‘tarilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha milliy markaz direktori, akademik Akmal Saidov 2025—2028-yillarga mo‘ljallangan BMT Inson huquqlari qo‘mitasiga a’zo bo‘ldi. BMTning mazkur organiga O‘zbekistondan birinchi marta vakil saylandi.
Olot somsasi Toshkentni “egallagani”ga ko‘p bo‘ldi. Ammo poytaxtga “yurish” faqat somsa bilan kifoyalanayotgani yo‘q. Uning yoniga endi kutubxona ham qo‘shildi. Ha, aynan Olotdagi kutubxona tajribasi 2024-yilda Toshkentdagi 100 mahallaga yoyildi. “Gazeta.uz” poytaxtga ibrat bo‘lgan Olotdagi kutubxonada bo‘ldi.
Prezidentning Buxoroga tashrifi, yangi tariflar sabab gaz va elektr iste’moli kamayganini aytgan vazir, ketma-ket yettinchi sessiyada pastlagan dollar kursi, gazni subsidiyalash uchun sarflangan 8,1 trln so‘m va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Istanbul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha poytaxt aeroportiga qo‘ngan yo‘lovchi ayol bojxona nazorati paytida sog‘lig‘idagi muammolar sabab hushidan ketdi. Unga birinchi yordam ko‘rsatildi.
Samarqandda hudud aholisiga 50 ming dollar evaziga AQShga borishga yordam berishni va’da qilgan shaxs avans olayotgan vaqtda qo‘lga olindi.
Davlat xaridlarida to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomani tuzishdan avval mazkur shartnomadagi narxlarni oldindan majburiy tarzda jamoatchilikka ochiqlash tizimini yo‘lga qo‘yish taklif etilmoqda. Iqtisodiyot va moliya vazirligi bu bo‘yicha prezident farmoni loyihasini ishlab chiqdi.
Toshkent va Sirdaryo viloyatlaridagi ikkita yoqilg‘i quyish shoxobchasi egalariga tabiiy gazdan foydalanganlik uchun 15 mlrd so‘m asossiz qarzdorlik hisoblangan. Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi vaziyatni o‘rganishi natijasida qarzdorlik bekor qilindi.
Markaziy bank e’lon qilgan AQSh dollarining so‘mga nisbatan kursi ketma-ket yettinchi savdo kuni pasaymoqda. 24-maydan buyon milliy valyuta deyarli 125 so‘mga (1 foiz) mustahkamlanib, mart oyidan beri ilk bor 12 600 so‘mdan pastladi.
Prezident tomonidan Buxoro viloyatida uchta yirik obyekt — MTO gaz-kimyo majmuasi, quyosh elektr stansiyasi va Buxoro xalqaro aeroporti qurilishi boshlandi.
Birinchi chorakda gaz sotib olish va sotish o‘rtasidagi farqni qoplash uchun davlat budjetidan 8,1 trln so‘m subsidiya ajratildi. Bu butun 2024-yil uchun rejalashtirilgan subsidiyalar umumiy hajmining 85 foizini tashkil etadi.
Qumqo‘rg‘on tumani Yangiyer mahallasi aholisi stadion o‘rnida bog‘cha qurilayotganidan shikoyat qildi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga bildirishicha, ishlar qonuniy va 115 sotix stadionning 35 sotixidagina davlat bog‘chasi qurilyapti. Bu mahallada 150 nafar bola bog‘cha ta’limi bilan qamrab olinmagani aytildi.
O‘zbekistonda transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish (OSAGO) bo‘yicha tariflarni oshirish rejalashtirilmoqda. ILMA 2019-yilda tasdiqlangan sug‘urta tarifi miqdorini qayta ko‘rib chiqmoqda. Amaldagi tariflar zararlarni qoplashga yetmayotgani aytildi.
Samarqand shahrida 30 bosh Markaziy Osiyo toshbaqasi bolalari noqonuniy sotuvdan olib qo‘yildi va yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborildi. Huquqbuzarlarning shaxsini aniqlash ishlari ketmoqda.
O‘zbekistonda yoz fasli quruq va juda iliq ob-havo bilan boshlanadi. Shanba, yakshanba kunlari harorat kechalari 14−19 daraja iliq, kunduzi 31−34 daraja issiq bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting