Arxiv

ADM Jizzakh 2027-yilgacha O‘zbekistonning top-5 soliq to‘lovchisi qatoriga kirishni reja qilmoqda
9 aprel 2024, 16:30

ADM Jizzakh 2027-yilgacha O‘zbekistonning top-5 soliq to‘lovchisi qatoriga kirishni reja qilmoqda

ADM Jizzakh zavodi 2027-yil o‘rtalaridan gibrid avtomobil va elektromobillar ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda. Investitsiyalar hajmi 550 mln dollarga, budjet to‘lovlari esa 700 mln dollarga oshirilishi kutilmoqda, bu kompaniyaga mamlakatning eng yirik 5 soliq to‘lovchisi qatoriga kirish imkonini beradi.

Toshkentda avtobus qisilib qolgan yo‘lovchini sudrab ketdi
9 aprel 2024, 16:00

Toshkentda avtobus qisilib qolgan yo‘lovchini sudrab ketdi

Yashnobod tumanida 2-sonli avtobus haydovchisi orqa eshikdan tushayotgan yoshi katta yo‘lovchini payqamay qoldi. Oqibatda avtobus erkakni 3−5 soniya sudrab ketdi. “Toshshahartransxizmat” haydovchi ishdan olinganini bildirdi.

Jizzax viloyatining 10 ta madaniy meros obyektida “turizm halqasi” yaratiladi
9 aprel 2024, 15:48

Jizzax viloyatining 10 ta madaniy meros obyektida “turizm halqasi” yaratiladi

Jizzax viloyatidagi 10 ta madaniy meros obyektida “turizm halqasi” yaratilib, ularga eltuvchi yo‘llar ta’mirlanadi. Shuningdek, Aydar-Arnasoy ko‘llari tizimida sayyohlar uchun sharoit hozirlanib, bu maqsadlarni amalga oshirish uchun hukumat komissiyasi tuziladi.

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda
9 aprel 2024, 15:37

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi 5 ming dollar pora olganlikda gumonlanmoqda

Qarshi tumani prokuraturasi tergovchisi ish yurituvidagi jinoyat ishi bo‘yicha aybdor shaxsga nisbatan yengillik qilib berish evaziga 5 ming AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Prorab tomonidan “xo‘p bo‘ladi” yo‘q: Nimaga biznes uchun qurilishda pudratchilarning aniq tuzilmasi bo‘lishi kerak?
9 aprel 2024, 15:00

Prorab tomonidan “xo‘p bo‘ladi” yo‘q: Nimaga biznes uchun qurilishda pudratchilarning aniq tuzilmasi bo‘lishi kerak?

Drexel Construction kompaniyasining qurilish maydonlarining rahbari Kamoliddin Hazratqulov pudratchi kompaniyaning qurilishda to‘g‘ri sherik tanlashi loyihaning yakuniy muvaffaqiyatiga qanday ta’sir ko‘rsatishi haqida fikr bildirdi.

Hayit kunlari So‘qoq va Qiziltog‘ga olib boruvchi yo‘lning bir qismida harakat cheklanadi
9 aprel 2024, 14:41

Hayit kunlari So‘qoq va Qiziltog‘ga olib boruvchi yo‘lning bir qismida harakat cheklanadi

Parkent tumaniga tashrif buyuruvchi fuqarolarning soni ortishi sabab 10−11−12−13-aprel kunlari Qiziltog‘-Parkent-Yangibozor yo‘lining 44- va 48-kilometr oraliqlarida avtomobillarining harakati bir tomonlama tashkil etiladi. So‘qoqqa borganlar Toshkentga boshqa yo‘l bilan qaytadi.

Mudofaa vazirligi ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi
9 aprel 2024, 14:03

Mudofaa vazirligi ilk bor mudofaa sanoati ko‘rgazmasini o‘tkazadi

Mudofaa vazirligi birinchi marta O‘zbekiston mudofaa sanoatining “Texnofest-2024” ko‘rgazmasini o‘tkazadi, unda ikki maqsadga mo‘ljallangan (harbiy va fuqarolik) mahsulotlar namoyish etiladi. Tadbir 2, 3 va 4-may kunlari Toshkentdagi G‘alaba bog‘ida bo‘lib o‘tadi.

Ramazon hayiti namozi vaqtida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi
9 aprel 2024, 13:09

Ramazon hayiti namozi vaqtida Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi

Toshkent shahrida 10-aprel kuni Ramazon hayiti namozi o‘qilishi munosabati bilan ayrim masjidlarga yondosh bo‘lgan ko‘chalarda avtomobillar harakati cheklanadi.

Toshkentga yuk mashinalarining kirishi va harakati bir kunga taqiqlanadi
9 aprel 2024, 11:43

Toshkentga yuk mashinalarining kirishi va harakati bir kunga taqiqlanadi

Ramazon hayiti munosabati bilan 9-aprel soat 17:00 dan boshlab Toshkent shahriga yuk avtomobillarining kirishi va harakati 24 soatga butunlay taqiqlanadi.

Namunali savdo nima va chakana savdo madaniyatini qanday rivojlantirish mumkin?
9 aprel 2024, 11:20

Namunali savdo nima va chakana savdo madaniyatini qanday rivojlantirish mumkin?

Shahar savdosi aholi va uning madaniyati haqida axborot berishda muzeylardan kam emas. Chakana savdo formatlarining turfaligi shahar hayoti va iqtisodiyoti qanchalik boyligini ko‘rsatadi. Xo‘sh, riteyldagi qanday biznes-qarorlar bu formatlarni rivojlantirishga yordam beradi? Denis Sokolov maqolasi — shu haqda.

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi
9 aprel 2024, 11:03

Qashqadaryo va Sirdaryo viloyatlarida noqonuniy dori savdosi bilan shug‘ullanganlar qo‘lga olindi

DXX Qashqadaryo viloyatida davlat ro‘yxatidan o‘tmagan 3,7 mingta dorini 54 mln so‘mga sotgan ayol va uning tanishini qo‘lga oldi. Sirdaryoda esa uyida 593 mln so‘mlik 49 mingta flakondagi hujjatsiz dorini saqlagan fuqaro va dorining egalari ushlandi. Holatlar bo‘yicha jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.

Toshkentda metroda ayolning belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi
9 aprel 2024, 10:35

Toshkentda metroda ayolning belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi

Toshkentda metro vagoni ichida o‘ziga notanish bo‘lgan ayolning beli va belidan past qismini ushlab, shilqimlik qilgan yigit 5 sutkaga qamaldi.

12−15-aprel kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi
9 aprel 2024, 09:53

12−15-aprel kunlari 9 ta viloyatda sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet 12−15-aprel kunlari kutilayotgan kuchli yomg‘irlar yog‘ishi sababli O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel-suv toshqini hodisalari sodir bo‘lishidan ogohlantirdi. Yomg‘ir suvlari to‘planishi hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi
9 aprel 2024, 04:16

Namanganda mastligi sabab shifoxonaga yotqizilgan erkak o‘zini osib qo‘ydi

Namanganning Chortoq tumanida shifoxonaning hushyorlantirish bo‘limiga yotqizilgan erkak temir panjaraga o‘zini osib, vafot etdi. U bir kun avval turmush o‘rtog‘ining chaqiruviga asosan mastligi sababli IIB xodimi tomonidan shifoxonaga olib borilgan. Holat nazoratga olindi, deb yozdi ombudsman matbuot xizmati.

Prezident Jizzaxdagi Kibersport arenasiga bordi (foto, video)
9 aprel 2024, 03:42

Prezident Jizzaxdagi Kibersport arenasiga bordi (foto, video)

Shavkat Mirziyoyev Jizzax shahrida qurilgan Kibersport arenasi bilan tanishdi. Prezident u yerda kibersport, shaxmat, “Zakovat” intellektual o‘yinlari, basketbol musobaqalarini kuzatib, yoshlar bilan suhbatlashdi. “Biz belgilab olgan strategiyani, katta marralarni shunday yoshlar bilan amalga oshiramiz”, — dedi u.

Rossiyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi
9 aprel 2024, 02:53

Rossiyada avtobus ag‘darilib ketishi oqibatida 2 nafar o‘zbekistonlik halok bo‘ldi

Rossiyaning Samara viloyatida ichida 66 kishi bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketdi. Oqibatda 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi halok bo‘ldi, 20 ga yaqin kishi jarohat oldi. Mamlakatning Rossiyadagi elchixonasi “vaziyat alohida nazorat ostida” ekanini bildirdi.

Isroil G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi
9 aprel 2024, 02:31

Isroil G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarini olib chiqib ketdi

Isroil mudofaa kuchlari G‘azo sektori janubidan quruqlikdagi qo‘shinlarni olib chiqib ketayotganini e’lon qildi, u yerda faqat bitta brigada qoldi. Isroil rasmiylari hamon Rafahda quruqlikdagi operatsiya o‘tkazish niyatida.

Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent jamoat transporti bepul ishlaydi
8 aprel 2024, 22:45

Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent jamoat transporti bepul ishlaydi

Yangilandi: 10-aprel kuni ertalab Toshkent shahri jamoat transporti bepul ishlaydi. O‘zbekistonning boshqa hududlarida esa JTni bepul qilish tavsiya etiladi.

8-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
8 aprel 2024, 22:19

8-aprel kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

10-aprel kuni nishonlanadigan Ramazon hayiti, Shavkat Mirziyoyevning Jizzax viloyatiga tashrifi, Enter Engineering`ning maoshi kechikayotganidan norozi quruvchilari, “Ovoz” teleloyihasi uchun ajratilgan qariyb 2 mlrd so‘m va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Qozog‘istonda suv toshqinlari tufayli 75 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi
8 aprel 2024, 22:03

Qozog‘istonda suv toshqinlari tufayli 75 mingdan ortiq odam evakuatsiya qilindi

Qozog‘istonda 76 mingdan ortiq odam xavfli suv toshqini zonalaridan evakuatsiya qilindi, mamlakatning 10 ta hududida favqulodda holat e’lon qilindi. Prezident Qosim-Jomart Toqayev ushbu toshqinlarni so‘nggi 80 yildagi eng dahshatli ofat deb atadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting