Arxiv

2050-yilgacha superbakteriya sababli 39 mln dan ortiq odam o‘lishi mumkin — tadqiqot
19 sentabr 2024, 01:13

2050-yilgacha superbakteriya sababli 39 mln dan ortiq odam o‘lishi mumkin — tadqiqot

Antibiotiklarga chidamli bakteriyalar keltirib chiqaradigan infeksiyalar 2050-yilga kelib 39 milliondan ortiq odamni o‘ldirishi mumkin. Ayniqsa, keksalar superbakteriyalarga zaif bo‘ladi.

“Sun’iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi
19 sentabr 2024, 01:06

“Sun’iy kooperativlar vazirligi”. Quyi palata spikeri kooperativlar to‘g‘risidagi qonundagi normaga qarshi chiqdi

Deputatlar fermerlar birlashib, hamkorlikda faoliyat olib boradigan qishloq xo‘jaligi kooperativi to‘g‘risidagi qonunni qabul qildi. Ular hujjatga kooperativlarning uyushmalarga majburiy a’zoligini qo‘shishga urindi, biroq Quyi palata spikeri qarshi chiqdi: “Bularning ustidan tayyor vazirlik tashkil qilyapsizlar”.

Livanda yangi portlashlar seriyasi yuz berdi
19 sentabr 2024, 00:14

Livanda yangi portlashlar seriyasi yuz berdi

Livanda “Hizbulloh” foydalanadigan portativ ratsiyalarni portlatish boshlandi. Kamida 14 kishi halok bo‘ldi, 450 dan ortiq kishi jarohatlandi. Bir kun oldin butun mamlakat bo‘ylab guruh a’zolarining peyjerlari bir vaqtning o‘zida portlagandi.

Futzal JCh: Afg‘oniston mag‘lub bo‘ldi, Qozog‘iston va Ukraina birinchi g‘alabani nishonladi
18 sentabr 2024, 23:49

Futzal JCh: Afg‘oniston mag‘lub bo‘ldi, Qozog‘iston va Ukraina birinchi g‘alabani nishonladi

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionatining “S” va “D” guruhlarida 2-tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Musobaqani g‘alaba bilan boshlagan Afg‘oniston bu safar Argentinaga kichik hisobda mag‘lub bo‘ldi. Ukraina Angolani, Qozog‘iston esa Liviyani yirik hisobda taslim etdi.

18-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
18 sentabr 2024, 23:49

18-sentabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Boysundagi konda halok bo‘lgan va jarohatlangan fuqarolar, alkogol uchun eng kam sotish narxlari, UrDU o‘tkazgan noqonuniy tender, o‘zbekistonliklarni ishga chaqirayotgan Slovakiya va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi
18 sentabr 2024, 22:15

Namangandagi omborxonadan 800 mln so‘mlik noqonuniy dorilar topildi

Namangan shahridagi omborxonada O‘zbekistonda saqlash va sotish taqiqlangan 821 mln so‘mlik 639 turdagi dori vositalari borligi aniqlandi. Tibbiy buyumlar olib qo‘yildi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Boysun konidagi avariyada 11 kishi jarohat olgan
18 sentabr 2024, 21:39

Boysun konidagi avariyada 11 kishi jarohat olgan

Boysundagi “M-25” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘lishidan tashqari, yana 11 kishi jarohatlangan, deya Energovazirlik brifing ma’lumotlarini e’lon qildi. Vazir Jo‘rabek Mirzamahmudov holatga “konning geografik joylashuvi va o‘ziga xos xususiyatlari”ni sabab qilib ko‘rsatdi.

Raqobat qo‘mitasi Vodiy Sanoat Faxri korxonasini paxta tolasi sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi
18 sentabr 2024, 20:36

Raqobat qo‘mitasi Vodiy Sanoat Faxri korxonasini paxta tolasi sotishda narx manipulyatsiyasiga yo‘l qo‘yganlikda aybladi

Raqobat qo‘mitasi Andijon boshqarmasi Vodiy Sanoat Faxri MCHJ 42,5 mlrd so‘mlik paxta tolasini birjaga qo‘ymay, to‘g‘ridan-to‘g‘ri shartnoma imzolaganini aniqladi. Korxona, shuningdek, narxlarni birja kotirovkalariga nisbatan arzon qo‘llab, narx manipulyatsiyasi sodir etgan. Unga nisbatan tegishli chora ko‘rildi.

Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi
18 sentabr 2024, 19:27

Toshkentda 10 dan ortiq avtobus yo‘nalishi vaqtincha o‘zgardi

Toshkentda Bobur ko‘chasining bir qismi ta’mirlash ishlari sabab transportlar uchun yopilgandi. Shu munosabat bilan jami 12 ta avtobus yo‘nalishining harakati vaqtincha o‘zgardi. Ularning qatnov va oraliq vaqti uzayishi mumkin, deb ogohlantirdi Transport vazirligi.

Qashqadaryoda ayiq otib o‘ldirilishi bo‘yicha jinoyat ishi natijasi nima bo‘ldi? Vazirlik javobi
18 sentabr 2024, 18:01

Qashqadaryoda ayiq otib o‘ldirilishi bo‘yicha jinoyat ishi natijasi nima bo‘ldi? Vazirlik javobi

Chiroqchi tumanida qishloqlardan biriga adashib kelib qolgan qo‘ng‘ir ayiqni rasmiylar “aholi xavfsizligi uchun” otib o‘ldirgandi. Ekovazirlik mas’uli hayvonning o‘ldirilishi bo‘yicha tergovda jinoyat alomatlari aniqlanmagani va ish tegishli moddalar bilan yopilganini ma’lum qildi.

O‘zbekistonlik kara haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda
18 sentabr 2024, 17:14

O‘zbekistonlik kara haydovchilari Slovakiyaga ishga taklif qilinmoqda

Slovakiya o‘zbekistonlik kara haydovchilarini oylik maoshi 1200−1500 dollar bo‘lgan ishga taklif qilmoqda. Nomzodlar 45 yoshgacha, “B” toifadagi haydovchilik guvohnomasiga ega bo‘lishi hamda rus tilini bilishi kerak.

Rasman: M-25 konidagi avariyada 4 kishi halok bo‘ldi
18 sentabr 2024, 16:08

Rasman: M-25 konidagi avariyada 4 kishi halok bo‘ldi

Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konida sodir bo‘lgan yangi avariya oqibatida 4 kishi halok bo‘ldi. Bu ma’lumotni prezidenti matbuot kotibi Sherzod Asadov “Gazeta.uz”ga tasdiqladi. Uning ma’lum qilishicha, prezident real vaqt rejimida vaziyat haqida ma’lumot olib turibdi.

“O‘zmilliybank” va Germaniyaning AKA Banki 100 mln yevrolik kredit liniyasi bo‘yicha bitim imzoladi
18 sentabr 2024, 15:00

“O‘zmilliybank” va Germaniyaning AKA Banki 100 mln yevrolik kredit liniyasi bo‘yicha bitim imzoladi

Germaniya federal kansleri Olaf Sholsning O‘zbekistonga tashrifi doirasida “O‘zmilliybank” va Germaniyaning AKA Bank`i o‘rtasida kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 100 million yevro miqdoridagi kredit liniyasi to‘g‘risida bitim imzolandi.

Livandagi “Hizbulloh” a’zolari orasida yuz bergan ommaviy portlashda 3000 ga yaqin kishi jarohatlandi
18 sentabr 2024, 14:59

Livandagi “Hizbulloh” a’zolari orasida yuz bergan ommaviy portlashda 3000 ga yaqin kishi jarohatlandi

17-sentabr kuni butun Livanda bir vaqtning o‘zida “Hizbulloh” a’zolari foydalangan peyjerlar portladi. Kamida to‘qqiz kishi halok bo‘ldi, uch mingga yaqin kishi yaralandi. Guruh sodir bo‘lgan voqealarda Isroilni aybladi.

Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshgan ilk davlat bo‘ldi
18 sentabr 2024, 14:41

Norvegiya elektromobillar soni benzinli avtomobillar sonidan oshgan ilk davlat bo‘ldi

Norvegiyada elektromobillar soni (754,3 mingdan ziyod) birinchi marta benzinli avtomobillar sonidan oshib ketdi. Sotuv va chiqindi soliqlaridan ozod qilish, avtoturargoh to‘lovlarini kamaytirish va elektromobillar uchun avtobus yo‘laklaridan foydalanishga ruxsat berilishi bunga turtki bo‘lgani qayd etildi.

M-25 konidan yana vodorod sulfid sizib chiqdi. 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum, jarohatlanganlar bor
18 sentabr 2024, 13:21

M-25 konidan yana vodorod sulfid sizib chiqdi. 4 kishi halok bo‘lgani ma’lum, jarohatlanganlar bor

Boysundagi “Mustaqillikning 25 yilligi” gaz konidan yana vodorod sulfid chiqdi. Ma’lum bo‘lishicha, 4 kishi halok bo‘lgan (rasmiy xabarga ko‘ra, 2 kishi) va jarohatlanganlar ham bor. Kechki payt Boysunda Favqulodda vaziyatlar va Energetika vazirliklari rahbarlari brifing o‘tkazishi kutilmoqda.

Surxondaryoda Nexia va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi
18 sentabr 2024, 13:08

Surxondaryoda Nexia va “Jiguli” to‘qnashishi oqibatida 3 kishi halok bo‘ldi

Sariosiyo tumanida haydovchilik guvohnomasi bo‘lmagan shaxslar boshqaruvidagi Nexia 2 va “Jiguli” mashinalari to‘qnashdi. Oqibatda 3 nafar yo‘lovchi voqea joyida halok bo‘ldi, qolgan yo‘lovchilar shifoxonaga murojaat qilgan.

Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlari belgilandi
18 sentabr 2024, 12:27

Alkogol mahsulotlari uchun eng kam sotish narxlari belgilandi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Soliq qo‘mitasi qarori bilan vino, konyak, aroq va boshqa alkogol mahsulotlarining minimal sotish narxlari belgilandi.

Uchta bankning 148 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullangani aniqlandi
18 sentabr 2024, 11:24

Uchta bankning 148 nafar xodimi tadbirkorlik bilan shug‘ullangani aniqlandi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi “Mikrokreditbank”, “Biznesni rivojlantirish banki” va “Turonbank”dagi 148 nafar xodim 155 ta tadbirkorlik subyektida ta’sischilik qilayotganini aniqladi. Xodimlarga ogohlantirish xatlari berilmoqda. Avvalroq agentlik 6 ta vazirlikda ham shunday holatlarni aniqlangandi.

Travmatolog-ortoped Humam Baki Nano Medical Slinic`da konsultatsiya va operatsiyalar o‘tkazadi
18 sentabr 2024, 11:00

Travmatolog-ortoped Humam Baki Nano Medical Slinic`da konsultatsiya va operatsiyalar o‘tkazadi

Doktor Humam Baki Nano Medical Clinic`da tayanch-harakat apparati bilan bog‘liq muammolarga duch kelgan odamlarga konsultatsiya va operatsiyalar o‘tkazadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting