O‘zbekistonda seshanba kuni ba’zi hududlarda yomg‘ir yog‘ib, harorat +15…+20 darajagacha pasayadi. 10−11-aprelda esa respublika bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, harorat +22…+27 darajagacha, janubda +30 darajagacha ko‘tariladi. 12−14-aprel kunlari beqaror ob-havo bo‘lishi kutilmoqda.
Dushanba kuni prezident Jizzax viloyatiga tashrif buyuradi. Unda viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish vazifalari muhokama qilinadi. Shuningdek, yangi korxonalar qurilishiga start beriladi.
7-iyulgacha ANORBANK`da yangi omonat ochgan mijozlar Bayramona aksiyasi doirasida uchta BYD E2 elektromobilidan birini yutib olishlari mumkin.
1-iyundan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolarga xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish, “ishchi viza”ni rasmiylashtirish va yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qisman qoplash uchun kompensatsiya to‘lanadi.
Toshkent viloyati Ohangaron shahridagi tug‘uruq bo‘limida 39 haftalik homilasi bor ayolning ahvoli og‘irlashib, vafot etdi. Bosh prokuratura holat yuzasidan tergovga qadar tekshirish harakatlarini olib bormoqda.
Toshkent metrosi tarkibiga to‘rt vagonli yana 2 ta metro poyezdi qo‘shildi. Ular 8−10 kun sinovdan o‘tkazilgach yo‘nalishlarga chiqariladi. May oyida yana shunday 3 ta metro poyezdi olib kelish reja qilingan.
Toshkent shahrida mahallalar faoliyatining yagona mexanizmi joriy etiladi. Ularning infratuzilmasi va tashqi ko‘rinishi yagona standartga keltiriladi, shaffof monitoring tizimi yaratiladi. “Mahallalarning asl boshqaruvi fuqarolar qo‘liga, qulayligi va xavfsizligini ta’minlash esa mas’ullarga yuklatiladi”.
Toshkent shahrida Bekobod tumanlararo sudining sobiq sudyasi va firma yuristi fuqarodan 75 ming dollar, boshqa holatda yana bir adkovat 17 ming dollar olishda gumonlanib ushlandi. Samarqandda esa shahar advokatlik hay’ati advokati 1,5 ming dollar olgan vaqtida qo‘lga olindi.
O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi deputatlari Nodir Abduvaliyev va Sardor G‘iyosov vazirlik va idoralarni tejamkorlikka chaqirdi. Ular budjet taqchilligi fonida tashkilotlar tomonidan qimmatbaho avtotransportlar xarid qilinishi holatlarini qoraladi.
Toshkent shahri IIBBning ma’lum qilishicha, yanvar-mart oylarida 1068 nafar ayol fohishalik bilan shug‘ullangani uchun qo‘lga olindi. 209 kishiga nisbatan qo‘shmachilik qilish yoki fohishaxona saqlash bilan bog‘liq holatlar yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Birinchi chorak yakuni bo‘yicha O‘zbekiston budjeti defitsiti 19,8 trln so‘m (1,56 mlrd dollar)ni tashkil etdi. Bu kamida oxirgi 12 yildagi rekord ko‘rsatkichdir. budjet daromadlari o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 6,8 foizga, xarajatlari esa 19,3 foizga o‘sdi.
O‘zbekistonda tuman hokimliklari zaxirasidagi 60 ming gektar yer maydoni elektron onlayn auksion savdolariga qo‘yilib, dehqon xo‘jaliklarini tashkil etish uchun yoshlarga ijaraga beriladi.
Namangan, Samarqand va Farg‘ona viloyatlarida qo‘shni mamlakatlardan olib kelingan giyohvandlik vositalari savdosi bilan shug‘ullanganlar ushlandi. Ulardan jami 11,2 kg giyohvandlik vositasi musodara qilindi.
Toshkent harbiy okrugi qo‘shinlari bo‘linmalari ishtirokida maxsus-taktik o‘quvlar boshlangani munosabati bilan poytaxt va Toshkent viloyatining belgilangan marshrutlari bo‘yicha harbiy texnikalar harakatlanadi. Haydovchilardan yo‘l-harakati qoidalariga rioya qilish so‘raldi.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an qarori bilan Tojikiston fuqarolari uchun vizasiz rejim bekor qilindi.
Qarshi tumanidagi 55-maktabda o‘smir kaltaklanishi oqibatida umurtqasi singan. O‘quvchiga birinchi yordam ko‘rsatilmagani va IIBga murojaat qilinmagani uchun maktab direktori ishdan olindi.
Mart oyida qabul qilingan qaror bilan endi mozaik pannolar madaniy meros obyektlari hisoblanadi, ular chizilgan binolarga esa reklama bannerlari o‘rnatish taqiqlanadi. Shu sababli 5-aprel kuni Mirobod ko‘chasida joylashgan mozaikali binodan reklama banneri olib tashlandi. Foto.
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi direktori sifatida ishlagan Agzam Nartayev boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi. Uning o‘rniga Alisher Temirov markaz direktori v.b. etib tayinlandi.
“Tashabbusli budjet” 1-mavsumi g‘oliblari, ruxsatnoma olinmagani uchun to‘xtatilgan kinofestival, O‘zbekiston va Qozog‘iston prezidentlarining muzokaralari, YTTlar uchun 100 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jomart Toqayev Xivada Ichan-qal’a majmuasidagi tarixiy obidalar va Nurillaboy saroyini ziyorat qildi. Shu tariqa Qozog‘iston rahbarining tashrifi yakunlandi, uni aeroportda O‘zbekiston prezidenti kuzatib qo‘ydi. Foto va video.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting