Arxiv

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar
25 oktabr 2023, 18:37

Toshkentdagi yangi uylardan birida ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi. Tafsilotlar

Toshkentning Mirzo Ulug‘bek tumanidagi ko‘p qavatli uyda ichida odamlari bo‘lgan lift tushib ketdi va 4-qavatga yetgandagina tormoz tizimi ishga tushdi. Hokimlik uy davlat qabulidan o‘tmasa ham uch yil oldin topshirilganini ma’lum qildi. Quruvchi esa qabuldan o‘tganini aytib, boshqaruv kompaniyasini aybladi.

Barcha davlatlar boshqalar ularga hujum qila olmasligidan manfaatdor — Samanta Pauer
25 oktabr 2023, 17:27

Barcha davlatlar boshqalar ularga hujum qila olmasligidan manfaatdor — Samanta Pauer

AQSh “Ikki xalq uchun ikki davlat” rejasiga muvofiq Yaqin Sharqda tinchlikka erishish tarafdori, dedi Samarqandga kelgan USAID rahbari Samanta Pauer. U, shuningdek, AQShning Ukraina suvereniteti va hududiy yaxlitligi poymol etilishini qoralash bo‘yicha chaqiriqlaridan ajablanmaslik kerakligini ta’kidladi.

Ijaraga olingan mulkni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi
25 oktabr 2023, 17:13

Ijaraga olingan mulkni qayta ijaraga berish tartibi belgilandi

“Ijara to‘g‘risida”gi qonunga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, endi ijara munosabatlarining obyektlari bo‘yicha huquq va majburiyatlar ijaraga beruvchining roziligi bilan ijaraga oluvchi tomonidan boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkin.

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri
25 oktabr 2023, 16:46 1

Toshkent ortiq odamlar yo mashinalar shahri emas. U — o‘lim shahri

Toshkent endi odamlar yo mashinalar shahri emas, balki o‘lim shahri. Ko‘chada yo‘l harakatining barcha ishtirokchilarini xavf kutadi. Aholi hayotini saqlaydigan poytaxtni qurish vaqti keldi, deb yozadi so‘nggi ikki kunda turli transport vositalarida bir necha YTHlar guvohi va ishtirokchisiga aylangan Sabina Bakayeva.

Shahrisabz aeroportida parvozlar qayta yo‘lga qo‘yiladi
25 oktabr 2023, 15:40

Shahrisabz aeroportida parvozlar qayta yo‘lga qo‘yiladi

Shavkat Mirziyoyev Shahrisabz aeroportida aviaqatnovlar qayta tiklanishini ma’lum qildi. Aeroportga yangi ATR samolyoti parvozlari yo‘lga qo‘yilib, Samarqand, Buxoro, Xorazm va vodiy viloyatlariga mahalliy reyslar ko‘paytiriladi.

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida tunnel quriladi
25 oktabr 2023, 15:30

Qashqadaryodagi Taxtaqoracha dovonida tunnel quriladi

Prezident Qarshida o‘tkazayotgan yig‘ilishida Taxtaqoracha dovonidan o‘tish talablarini yengillashtirishni topshirdi. Kelgusi yilda mazkur dovonda uzunligi 7 km bo‘lgan tunnel qurilishi boshlanadi. Qolaversa, Samarqand bilan Shahrisabzni bog‘lovchi 30 km yo‘l xitoylik investorlar bilan birga ta’mirlanadi.

UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi
25 oktabr 2023, 15:00

UZTELECOM ICTWeek 2023 haftaligida yangi tarif va innovatsiyalarni taqdim etdi

ICTWeek 2023 haftaligi doirasida UZTELECOM innovatsion yechimlar, internet, mobil aloqa, televizor va uy telefonini o‘z ichiga olgan yangi noyob tarifni taqdim etdi.

Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi
25 oktabr 2023, 14:52

Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tdi

Yandex Go O‘zbekistonda yuridik shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazildi. “1-dekabrga qadar Yandex Go axborot xizmati mamlakatda mahalliylashtirilishini tasdiqlaymiz”, — dedi kompaniyaning MDHdagi rahbari Kirill Svinsov. Xizmat shu kunlarda Toshkentdagi ICTExpo ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda.

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin
25 oktabr 2023, 14:46

Toshkent metrosida Handpay tizimi ishga tushirilishi mumkin

Toshkent metropoliteni bekatlarida yo‘lkirani qo‘lni skanerlash orqali to‘lasa bo‘ladigan tizim — Handpay ishga tushirilishi mumkin. U Face ID tizimi barcha bekatlarni qamrab olganidan so‘ng yo‘lga qo‘yilishi aytilmoqda.

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi
25 oktabr 2023, 13:54

Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi

2022-yilning dekabridan buyon oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri lavozimida ishlab kelgan Ibrohim Abdurahmonov qishloq xo‘jaligi vaziri etib tayinlandi.

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
25 oktabr 2023, 12:56

Toshkentdagi 6 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Poytaxtdagi 56, 60, 95, 16, 103 va 148-sonli avtobus yo‘nalishlari harakatiga o‘zgarishlar kiritiladi.

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda
25 oktabr 2023, 12:48

BMT bosh kotibi HAMAS hujumi yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini aytdi. Isroil bu fikr uchun Guterrishning iste’fosini so‘ramoqda

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Xavfsizlik kengashi yig‘ilishida HAMASning Isroilga hujumi “yo‘q joydan paydo bo‘lmaganini” aytdi. Bu fikr Isroil hukumati tomonidan qattiq tanqidga uchradi va mamlakat rasmiylari Guterrishning iste’fosini so‘radi. Bayonotdan so‘ng Isroil BMT vakillariga viza berishni to‘xtatdi.

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi
25 oktabr 2023, 11:37

Samarqandda 3 kishi is gazidan zaharlanib vafot etdi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanida is gazidan zaharlanish oqibatida bir oilaning 3 nafar a’zosi vafot etdi.

Asr oxirida Markaziy Osiyoda ham chang miqdori ortishi kutilmoqda — JMT
25 oktabr 2023, 11:21

Asr oxirida Markaziy Osiyoda ham chang miqdori ortishi kutilmoqda — JMT

Asr oxiriga kelib, Gobi cho‘lidan Markaziy Osiyogacha bo‘lgan hududlarda chang miqdori ortishi kutilmoqda, deyiladi Jahon meteorologik tashkiloti byulletenida. Shuningdek, ekspertlar qum va chang bo‘ronlarining paydo bo‘lishiga suv va yerdan noto‘g‘ri foydalanish ham ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi.

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi
25 oktabr 2023, 11:12

Para Osiyo o‘yinlarida ilk marta qatnashgan o‘zbekistonlik kanoechilar 6 ta oltin oldi

Para Osiyo o‘yinlarining 2-kunida 18 ta medalni qo‘lga kiritgan O‘zbekiston terma jamoasi umumiy ro‘yxatda 4-o‘rinda bormoqda. Para kanoe bahslarida ilk bor ishtirok etgan jamoaning barcha 6 nafar a’zosi oltin medalga sazovor bo‘ldi.

“Mamlakatda qonun va tartib diktaturasini ta’minlash muhim” — Qozog‘iston prezidenti
25 oktabr 2023, 10:50

“Mamlakatda qonun va tartib diktaturasini ta’minlash muhim” — Qozog‘iston prezidenti

Qozog‘iston radikalizm va huquqiy nigilizmning istalgan ko‘rinishiga nisbatan murosasizlik siyosatini davom ettiradi, dedi Qosim-Jomart Toqayev. U davlatda “qonun va tartib diktaturasi”ni ta’minlashga chaqirdi va qonunga zid hamda barqarorlikni buzuvchi so‘z va harakatlarni “qat’iy bostirish”ga va’da berdi.

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi
25 oktabr 2023, 10:30

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi

Qishloq xo‘jaligi vaziri Aziz Voitov lavozimidan ozod etildi, u 2022-yil avgust oyi oxiridan buyon vazirlikni boshqarib kelayotgandi.

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi
25 oktabr 2023, 10:25

Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim hududlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatildi

25-oktabr kuni soat 10:00 dan 18:00 gacha Yakkasaroy, Mirobod, Bektemir tumanlarining ayrim mahallalarida gaz o‘chiriladi.

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan
25 oktabr 2023, 10:07

Prezident Qarshi tumanidagi maktabga bordi — bu ham rejalashtirilmagan

Qarshi tumaniga tashrif buyurgan prezident nafaqat shifoxona, balki maktabga ham rejadan tashqari borib ko‘rdi. U o‘qituvchi va o‘quvchilar bilan suhbatlashdi, maktab sharoitlari, darsliklar sifati bilan qiziqdi, deb xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq berdi
25 oktabr 2023, 09:58

Shavkat Mirziyoyev Qarshi tumanida yangi shifoxona qurish bo‘yicha topshiriq berdi

Shavkat Mirziyoyev Qashqadaryoga safari davomida rejadan tashqari Qarshi tumani tibbiyot birlashmasiga ham tashrif buyurdi. Hozir muassasa aholini butunlay qamrab ololmaydi. “Ko‘rganlarimdan xulosa qilib, bu yerda yangi shifoxona quramiz”, — dedi prezident.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting