Hukumat fermerlar va klasterlar tomonidan paxta sotish bo‘yicha shartnomalar tuzadigan paxta xomashyosining boshlang‘ich narxlariga oid qarorni imzoladi. Hujjat paxta xomashyosi ishlab chiqaruvchilari orasida savollar tug‘dirdi. Iqtisodchi va blogerlar yangi qoidalar fermerlar zarariga qabul qilinganini aytmoqda.
Chorshanba kuni soat 10:00 dan Qamchiq dovonida harakat vaqtincha cheklandi. Yo‘lda tabiiy ofat oqibatlarini bartaraf etish maqsadida burg‘ilash va portlatish ishlari amalga oshirilmoqda.
Olmazor tumanidagi mebel ishlab chiqarish korxonasida yong‘in ro‘y berdi. Jarayon poytaxt FVB boshlig‘i nazoratida salkam 1,5 soatda bartaraf etildi.
Mobiuz mobil operatori barchani 17−20-sentabr kunlari AKT haftaligi, shu jumladan, ixtisoslashtirilgan ko‘rgazma bo‘lib o‘tayotgan CAEx majmuasiga taklif qilmoqda.
O‘zbekiston futzal termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan jahon chempionatining ikkinchi o‘yinida ham g‘alaba qozona olmadi. Aksincha, Paragvayga qarshi o‘yin o‘zbekistonliklarning yirik hisobdagi mag‘lubiyati bilan tugadi. “Gazeta.uz” muxbiri Murod Yusuf uchrashuv lahzalarini kadrlarga muhrladi.
O‘zbekiston termasi o‘zi mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha jahon chempionati guruh bosqichi 2-turida Paragvayga yirik — 1:4 hisobida mag‘lub bo‘lib, mundial pley-offga chiqish imkoniyatlarini keskin pasaytirib yubordi. Paragvaydan tashqari Tailand va Braziliya ham nimchorak finalga chiqib bo‘ldi.
Germaniya temiryo‘llarida (Deutsche Bahn) ishlamoqchi bo‘lgan fuqarolar O‘zbekistonning o‘zida nemis standartlari asosida germaniyaliklar tomonidan kasb va tilga o‘qitiladi. Imtihonlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar ishga joylashtiriladi.
Toshkent shahrida nemis tibbiy-ta'lim dasturlari asosida “Hamshiralar uchun Germaniya tibbiyot akademiyasi” tashkil etiladi. Muassasa bir yil davomida kasb va tilga o‘qitib, diplom va Germaniyada ishlash huquqini beruvchi kasbiy sertifikat beradi.
Germaniyaga ishlashga yuboriladigan 800 nafar o‘zbekistonlik hamshira, chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish loyihasi, AQSh bilan muhim foydali qazilmalar sohasida imzolangan memorandum, 2 baravar qisqargan elektromobillar savdosi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
London meri Sodiq Xon shaharning asosiy savdo ko‘chasi hisoblanadigan Oksford-stritni piyodalar hududiga aylantirish rejasini e’lon qildi. Shu yo‘l bilan rasmiylar aholi va sayyohlar uchun sharoitlarni yaxshilash, shuningdek, iqtisodiy faollikni oshirishni istamoqda.
Yakkasaroy tumanidagi Bobur ko‘chasining Shota Rustaveli va Nukus ko‘chalari bilan kesishmalari oralig‘ida yerosti kabel tarmoqlarini o‘tkazish ishlari olib boriladi. Shu sabab 18-sentabrdan 5-oktabrga qadar ushbu hudud avtomobillar uchun yopiladi.
AQSh Xalqaro taraqqiyot agentligi to‘qimachilik, turizm, yashil iqtisodiyot va AKT sohalaridagi loyihalarni grantlar bilan qo‘llab-quvvatlaydi. Xotin-qizlar, yoshlar va aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlashga doir loyihalarga alohida e’tibor qaratiladi.
Toshkentning Yangi O‘zbekiston ko‘chasida Cobalt avtomashinasi katta tezlikda temir to‘siqqa borib urildi. IIBBning ma’lum qilishicha, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, haydovchi rulda uxlab qolgan. Kameralar yo‘qligi haqidagi xabarlarga javoban ko‘chada ko‘chma radarlardan foydalanilayotgani aytildi.
23-sentabr kuni soat 09:00 dan maqsadli parametrlari doirasida ipoteka kreditlari bo‘yicha subsidiya uchun arizalar qabul qilishning ikkinchi bosqichi boshlanadi. Shuningdek, endi ariza beruvchining xohishiga ko‘ra, uning daromadlari hisob-kitobiga yaqin qarindoshlarining ham daromadlarini kiritish mumkin bo‘ladi.
Viskonsin universiteti professori Feliks Elvert “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida oila dinamikasi, demografiya, ma’lumotlar ochiqligi masalasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirdi. “Biz kabi tadqiqotchilar O‘zbekistonga kelib, oxir-oqibat Fransiya haqida tadqiqot qilishga majbur bo‘lishini istamaymiz”, deydi u.
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi 2,5 yillik keng masshtabli urush davomida frontda halok bo‘lgan yoki yaralanganlar soni million kishiga yetdi, deb ma’lum qildi The Wall Street Journal.
“G‘ishtko‘prik” chegara postida 22 dona qirg‘ovul va 5 dona Hindiston oq tovusini tegishli hujjatlarsiz olib o‘tmoqchi bo‘lgan fuqaro to‘xtatib qolindi. Qushlar holatga aniqlik kiritilguncha Toshkent hayvonot bog‘iga topshirildi.
Toshkentda O‘zbekiston va AQSh o‘rtasida foydali qazilmalar sohasida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi. Qayd etilishicha, ushbu hujjat geologiya-qidiruv va yuqori qiymatli mahsulotlar zanjirini yaratish yo‘lida ikki davlat muloqotini davom ettirishda muhim qadamdir.
Avgust oyida yengil elektromobillar bozorida sotuvlar hajmi 1,7 ming donani tashkil etdi, bu avvalgi oyga nisbatan deyarli ikki baravar kam. Umumiy pasayishning 90 foizdan ortig‘i poytaxt ulushiga to‘g‘ri keldi, Toshkentda sotuvlar 66 foizga kamaydi. Umumiy avtomobil bozorida yillik pasayish davom etmoqda.
O‘zbekiston prezidenti “Markaziy Osiyo — Germaniya” sammitida mintaqa va Germaniya o‘rtasida uzoq muddatli sheriklik konsepsiyasini qabul qilish, Yevropa bilan transport yo‘laklarini rivojlantirish, energetika bo‘yicha muloqotni yo‘lga qo‘yish kabilarni taklif qildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting