Uchtepa tumanida tengdoshi bilan urishayotgan o‘g‘lini janjalni davom ettirishga majburlagan ota 10 sutkaga qamaldi. Shuningdek, u 3,4 mln so‘m jarimaga ham tortildi. Avvalroq holatni tuman hokimi shaxsiy nazoratiga olgandi.
Toshkentda avtobus yo‘nalishlarida yo‘lovchilar hisobini yuritish, haydovchilar ishini va pul tushumlarini nazorat qilish, avtobuslar texnik holatini monitoring qilish, ajratilgan yo‘laklarda yo‘l harakati qoidalari buzilishini qayd etish bo‘yicha jamoat transportini boshqarishning intellektual tizimi joriy etiladi.
14-aprel kuni Toshkentdagi Aloqa tarixi muzeyida xalqaro postkrosserlar yig‘ini bo‘lib o‘tadi. Tadbir arafasida UzPost postkrossing faoliyati, uning O‘zbekistonda rivojlanishi va qanday qilib postkrosser bo‘lish mumkinligi haqida hikoya qiladi.
Qarshi shahrida yashovchi 16 yoshli qiz bolalar ombudsmaniga onasining vafotidan keyin o‘zi va singlisiga otasining qilgan zo‘ravonliklari haqida aytdi. O‘smirlar bir necha bor uydan ham qochib ketgan. Hozirda prokuratura tomonidan tergov olib borilmoqda, vaziyat bolalar ombudsmani nazoratida.
Xorazm viloyati hokimi Jo‘rabek Raximov tashabbusi bilan WBA chempioni Isroil Madrimovga ikki xonali uy sovg‘a qilindi. Bungacha unga chempionlik uchun prezident sovg‘asi — Tahoe avtomobili, shuningdek, ichki ishlar vaziri tomonidan mayor maxsus unvoni berilgandi.
28-martdan 2-aprelgacha O‘zbekistonning 6 ta viloyatidagi ayrim hududlarda qor ko‘chishi xavfi mavjud. Shuningdek, 27−31-martda tog‘oldi va tog‘li joylarda sel-suv toshqini ham yuzaga kelishi mumkin.
O‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab bosqichma-bosqich to‘rt va undan yuqori tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylari, maktablar yaqini va boshqa joylarda yo‘l harakati qoidabuzarliklarini qayd etuvchi kameralarni o‘rnatish boshlanadi. Hukumat avtomatlashtirilgan tizimlarni o‘rnatish tartibi va talablarini tasdiqladi.
Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Istanbul aeroportida, asosan, 20−35 yoshdagi xorijliklar uchun xavfsizlik choralari kuchaytirilgani haqida xabar berdi. Yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonning 163 nafar fuqarosi Turkiyaga kiritilmagan, ulardan 54 nafariga mamlakatga kirish taqiqlangan bo‘lgan.
Toshkentdan Namangan, Farg‘ona va Andijon shaharlariga mikroavtobus qatnovi tashkil etiladi. Shu munosabat bilan Transport vazirligi ochiq tender o‘tkazilishini ma’lum qildi.
26−28-mart kunlari bo‘lib o‘tayotgan 23-xalqaro UzFood 2024 ko‘rgazmasida Made in Moscow stendi 16 ta oziq-ovqat sanoati ishlab chiqaruvchilari mahsulotlarini taqdim qilmoqda.
2024-yilning ilk ikki oyida O‘zbekistonga gaz importi 166,7 mln dollarni tashkil qildi. Bu davrda mamlakat 26,7 mln dollarlik gaz eksport qilgan bo‘lsa-da, Xitoy O‘zbekistondan 57,3 mln dollarlik gaz import qilganini bildirdi, bu O‘zbekiston tomoni bergan raqamlardan ikki baravar ko‘pdir.
“Rosatom” O‘zbekistonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha shartnoma yuzasidan muzokaralar “ancha muvaffaqiyatli” kechayotganini ta’kidladi. Korporatsiya rasmiysi mutaxassislar allaqachon AES qurilishi mumkin bo‘lgan maydonni batafsil o‘rganib chiqqani va eng maqbul texnologik yechimlarni aniqlaganini aytdi.
Markaziy Osiyodan kelgan muhojirlar Moskva yaqinidagi “Krokus”da terakt sodir etishda ayblanayotgani fonida Rossiyada muhojirlarga qarshi choralar, xususan, viza rejimini joriy etish, huquqbuzarlik uchun deportatsiya qilish hamda patentlar bo‘yicha cheklovlar muhokamasi avj oldi.
Italiyada 16−17-aprel kunlari “O‘zbekiston: Sahrodagi avangard” ko‘rgazma loyihasining ochilishi o‘tkaziladi. Ko‘rgazma ikki bo‘lim — Venetsiyada “Shakl va ramz” hamda Florensiyada “Nur va rang” nomi bilan bo‘lib o‘tadi. Ularda XX asr birinchi yarmiga oid 172 tadan ortiq rangtasvir asarlari taqdim qilinadi.
SNS Ratings agentligi tomonidan tuzilgan “O‘zbekiston tijorat banklari mobil ilovalarining yakuniy reytingi”da ANORBANK 96,09 ball bilan birinchi o‘rinni egalladi.
Andijon shahrida qiymati 8 mlrd 215 mln so‘m bo‘lgan yerosti o‘tish yo‘li qurilishi reja qilinmoqda. Ayni paytda Xo‘jaobod tumanida ham 4,9 mlrd so‘mlik yerosti o‘tish yo‘li qurilyapti.
Migratsiya agentligi Moskvadagi terakt fonida Rossiyaga borayotgan va u yerda yashayotgan o‘zbekistonliklardan kuchaytirilgan xavfsizlik choralariga amal qilishni so‘radi. Agentlik, shuningdek, “Gazeta.uz”ga “O‘zbekistonliklarga patent bermayapti, chiqarib yuboryapti, degan gaplarning ko‘pi rost emas”ligini bildirdi.
IIBB Uchtepa tumanida 26 nafar tilanchilik bilan shug‘ullanib yurgan ayolni aniqlandi. Ularning 13 nafar yosh farzandi ijtimoiy-huquqiy yordam markaziga joylashtirildi. Ayollarning ayrimlari pul topish uchun o‘zgalarning yosh farzandini ijaraga olgani aniqlandi. Fuqarolarga profilaktik tushuntirish berildi.
2020-yildan buyon Hindistonning O‘zbekistondagi elchisi sifatida ishlab kelgan Manish Prabxat mamlakatdagi diplomatik missiyasini yakunladi.
Dunyo bo‘ylab yoshlar saratonga chalinish ehtimoli ko‘paymoqda va 2030-yilga kelib erta onkologiya holatlari yana 30 foizga oshishi kutilmoqda. Olimlar bu tendensiyani hali tushuntirib bera olmaydi va eng ehtimoliy omillar — semirish va saraton kasalligining erta skriningi to‘liq tasvirni ochib berolmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting