Raqqosalar bilan video sababli ishdan ketgan Sirdaryo tumani hokimi o‘rinbosari Nurali Mirzayev ushbu holat «qasddan uyushtirilganligini» ta’kidladi. «Videoda, to‘g‘risi, menga nisbatan provokaya bo‘lgan. Bu ishdan keyin bo‘lgan holat», — deydi u.
Sakkiz oylik ikkita oq sher bolasi (Jonni va Jenni) Janubiy Afrikadan Toshkent hayvonot bog‘iga olib kelindi. Dunyoda bunday sherlarning soni 300 dan oshmaydi.
Andijon viloyatidagi Asaka zavodida elektromobillar ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilishi ma’lum qilindi. 2021−2023 yillarda 80 mln dollar investitsiya evaziga, 8 ta loyihani amalga oshirish ko‘zda tutilmoqda. 2020 yilning dekabr oyida «O‘zavtosanoat» kompaniyasi faqat elektromobillar ishlab chiqarishga o‘tkazilishi rejalashtirayotgan edi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev kelajakda viloyat, shahar va tuman hokimlarining xalq tomonidan saylanishini ta’kidladi. Shuningdek, davlat rahbari keyinchalik hokimlar xalq deputatlari kengashi raisi bo‘lmasligini ham qayd etdi. «Bu tizimni ongimizga singdirmaganimiz uchun, odamlar o‘rgansin deb uni ushlab turibman», — dedi u.
Andijon viloyatida 2021−2022 yillarda jami 19,8 trln so‘m, ya’ni 1,8 mlrd dollarlik 584 ta investitsiya loyihasi amalga oshirilib, 60 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Andijon viloyatida iqtisodiy kompleksda ishlovchi 5700 nafar xodimning barchasi ishdan bo‘shatilishini ma’lum qildi. «Ularga 3 oy sinov muddati beriladi, agar aravani torta olsa, ishga tiklanadi, oyligini ham beramiz, kerak bo‘lsa mukofot ham beramiz», — deya qo‘shimcha qiladi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Andijonlik tadbirkor ayol, Umida Usmonovani «Mehnat shuhrati» ordeni bilan mukofotladi. Shuningdek, unga «Mikrokreditbank» tomonidan 5 mlrd so‘m foizsiz kredit ajratilishi bo‘yicha topshiriq berildi. Prezident tadbirkor ayol bilan 17 iyun kuni Urganji mahallasida uchrashib, uni mukofotlashini aytgan edi.
Shavkat Mirziyoyev ta’kidlashiga ko‘ra, Andijon viloyatida mahallalarning aksariyati o‘zining «o‘sish nuqta"larini aniqlab olgan bo‘lishiga qaramay, 100 ta mahalla haligacha o‘z ixtisoslashuv yo‘lini topmagan. 200 ta mahallalarda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 400 mlrd so‘m (har bir mahallaga 2 milliard so‘mdan) resurs ajratilishi qayd etildi.
Prezident qarori bilan mamlakatda kamondan otish rivojlantirilib, ommalashtiriladi. Toshkentda har yili «Alpomish va Barchinoy», Samarqandda — «To‘maris kubogi» musobaqalari, Buxoro, Qo‘qon, Samarqand va Xivada — «Turizm va kamondan o‘q otish haftaligi» o‘tkaziladi.
O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 105 ming 219 nafarni tashkil qilmoqda. Shuningdek, so‘nggi kun ichida 395 nafar bemor kasallikdan sog‘ayib, O‘zbekistonda sog‘ayish ko‘rsatkichi 96 foizni tashkil etmoqda.
Respublika bo‘ylab juma va shanba kunlari bulutli ob-havo ustunlik qiladi, ba’zi hududlarda yog‘ingarchiliklar kuzatilishi mumkin. Yakshanba kuni tog‘ oldi va tog‘li hududlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, havo harorati me’yordan +2…+4 daraja past bo‘lishi kutilmoqda.
«Paxtakor» homiylari tomonidan ajratilgan 22 mlrd so‘m hisobidan klubning yig‘ilib qolgan qarzdorliklari yopildi. Endilikda jamoaning moliyaviy hisobotlari, futbolchilar ishlab topadigan mablag‘lar va mukofot pullari klub rasmiy manbalarida e’lon qilib boriladi.
Andijon tumanida 4 ming gektar maydonda barpo etilayotgan yangi shahar qurilishiga tamal toshi qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi. “Bu tarixiy voqea bilan, xayrli marosim bilan butun Andijon halqini chin yurakdan tabriklayman”, — deya ta’kidladi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Qrimda kuchli yomg‘irlar natijasida 300 dan ortiq uyning suv ostida qolgani, Ukrainadagi yirik hududlarga 30−40 yil ichida cho‘llanish tahdid solayotgani, Yaponiyada 20 iyundan boshlab favqulodda holat rejimining bekor qilinayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
DXXning sobiq binosi sotilishi, prezidentning Andijonga tashrifi, antikorrupsiya agentligiga yuklatilgan yangi vazifalar, davlat organlari ochiqlashi kerak bo‘lgan ijtimoiy ahamiyatga molik ma’lumotlar ro‘yxati — “Gazeta.uz"ning 17 iyundagi eng muhim xabarlari dayjestida.
BMTTDning mintaqaviy rahbari Miryana Spolyarich Egger o‘zining rasmiy ikki kunlik tashrifini chog‘ida O‘zbekiston bilan hamkorlik qilishga sodiqligini yana bir bora tasdiqladi.
Uzbekistan Airways aviakompaniyasi 18 iyundan Toshkentdan Dehliga amalga oshiriladigan reyslar sonini qisqartirdi — juma kunli parvozlar bekor qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlariga oid e’lonlar bo‘yicha o‘tkazilgan monitoringda may-iyun oylarida 101,5 mlrd so‘m miqdoridagi 324 ta tanlovda qonun buzilish holatlari aniqlandi. Byudjet buyurtmachilarining 101,5 mlrd so‘mlik 324 ta tanlovini bekor qilish haqida vazirlik va idoralarga 268 ta taqdimnoma kiritildi.
Dollarning rasmiy kursi 9,43 so‘mga pasaydi va jami 10 581,03 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, rubl va yevro kurslari ham biroz pasaydi.
BMTning O‘zboshimchalik bilan hibsga olish bo‘yicha ishchi guruhi O‘zbekistonni davlat to‘ntarishi to‘g‘risidagi ish bo‘yicha qamalgan sobiq diplomat Qodir Yusupovni zudlik bilan ozod qilishga chaqirdi. Oltita inson huquqlari tashkiloti ham xuddi shu bayonot bilan chiqdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting