Rahbar kadrlarni baholash markazida 500 nafar rahbarlik lavozimlarda ishlayotganlarning korrupsiyaga moyilligi darajasi baholanishi rejalashtirilgan. Bundan tashqari, BMT Korrupsiyaga qarshi konvensiyasi, xalqaro tashkilotlar tomonidan bildirilgan tavsiyalarni bajarilishi monitoring qilinadi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekiston hududida xavfli mahsulotlar va kimyoviy moddalar muomalasi bilan bog‘liq nazorat yanada kuchaytirilishi belgilanmoqda. Hujjat bilan respublikaga import qilinishi taqiqlangan xavfli mahsulotlar va chiqindilar ro‘yxati tasdiqlandi.
Xotirjam tariflariga ulanganlar 3 oy davomida abonent to‘loviga 50%, shuningdek, chiroyli raqamlarga chegirmalar oladi.
Xalq nazorati xizmati 2024-yildagi faoliyati natijalarini taqdim etdi. Toshkent aholisi o‘tgan yilgidan 1,5 karra ko‘p murojaat yubordi, 89,6 foizi ko‘rib chiqildi va yopildi. Aksariyati kommunal xo‘jaligi muammolari bilan bog‘liq, 20 foizi daraxt kesish va chiqindi, 10 foizga yaqini yo‘l va trotuar holatiga oid.
Namanganning Chust tumanida tadbirkorlar o‘zboshimchalik bilan tarmoqqa ulanish orqali 2,1 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalandi. Andijon shahrida ta’lim muassasasi 892 mln so‘m zarar yetkazdi. Ikki holat yuzasidan jinoyat ishlari qo‘zg‘atildi.
Avtomobil oldi-sotdisida firibgarlik jinoyatlarini sodir etganlikda ayblanib 2015-yildan buyon qidiruvda bo‘lgan O‘zbekiston fuqarosi Turkiyadan deportatsiya qilindi. Istanbuldagi bosh konsulxona undan jabr ko‘rgan fuqarolardan IIVga murojaat qilishni so‘radi.
Samarqand shahrida 5 nafar erkak qo‘lbola usulda yasalgan spirtli ichimlik ichish oqibatida halok bo‘ldi. Mahsulotni sotgan shaxsga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Samarqandda ikkita holatda qum-shag‘al qazib olinishi oqibatida tabiatga 800 milliard so‘mdan ortiq zarar yetkazildi. Ekologiya vazirligi Zarafshon milliy tabiat bog‘i hududida noqonuniy qazish ishlari doimiy ravishda olib borilgani sababli 7 gektar yashil maydon yo‘q bo‘lib ketganini ma’lum qildi.
Parlamentda muxolifat huquqlariga oid qonun loyihasini ishlab chiqish rejasi, 65 mln dollarga xususiylashtirilgan Humo, bayram munosabati bilan mukofotlangan harbiylar, MTRKning 2025-yilda 1,6 baravar oshgan budjeti va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda BYD haydovchisi svetoforning yashil chirog‘ida harakatlanmoqchi bo‘lib, Nissan mashinasiga borib urildi. U esa zarbdan qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodalarni bosib ketdi. Ikki kishi jarohatlandi.
O‘zbekistonda 2030-yilgacha transport-logistika tizimini rivojlantirish konsepsiyasi qabul qilinadi. Transport vaziri “muammoli mamlakatlar” orqali o‘tish uchun muqobil yo‘laklar aniqlanishini aytdi. Xitoy, Ukraina, Moldova va boshqa davlatlar bilan transport shartnomalari ko‘rib chiqiladi.
Prezident 2025-yilda Toshkentga yana 1000 ta yangi avtobus olib kelishni buyurdi, dedi transport vaziri Ilhom Mahkamov. Avvalroq hokimlik BYD bilan K9UD eBus elektrobuslarini yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzgandi. QR-chipta xarid qilish uchun bekatlarda qo‘shimcha 675 ta infokiosk o‘rnatish rejalashtirilgan.
Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan BAA poytaxti Abu Dabiga yetib bordi. Davlat rahbarini aeroportda vitse-prezident Shayx Mansur Ol Nahayon kutib oldi. U ertaga barqaror rivojlanish haftaligi xalqaro sammitida ishtirok etadi.
Piskentdagi poligonda yana import mashinalarni sinovdan o‘tkazishda navbat paydo bo‘ldi. UzTest elektron navbat olish tartibini o‘zgartirmoqchi: sinov vaqti 20 dan 15 daqiqaga qisqaradi, bu kuniga 96 ta mashinani tekshirish imkonini beradi. Ammo bu quvvat avtoimportning kunlik o‘rtacha hajmidan 2,3 baravar kam.
Prezident Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan bir qator harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarini orden va medallar bilan taqdirladi.
Toshkent xalqaro aeroportida mushuklar uchun uylar o‘rnatildi. Ekologik materiallardan yig‘ilgan uyda isitish va sovitish tizimlari o‘rnatilgan. “Mamlakat haqidagi tasavvur aeroportdan boshlanadi va bunday uychalar butun mamlakatning munosabati ko‘rsatkichidir”, — deya qayd etdi Uzbekistan Airports.
Janubiy Koreya hukumati mamlakat aeroportlaridagi radiomayoqli konstruksiyalarni almashtirmoqchi. Bunday qarorga Boeing 737−800 Jeju Air samolyoti halokatga uchragach, uchish-qo‘nish yo‘lagidan chiqib, bunday to‘siqqa urilgani sabab bo‘ldi. Hodisada bortdagi 181 kishidan 179 nafari halok bo‘lgan.
Jahon banki navbatdagi hisobotida O‘zbekistonni mamlakatda iqtisodiyot o‘sishi, ish o‘rinlari yaratish va jahon savdosiga integratsiyalashish uchun xizmatlar sohasini isloh qilishga chaqirdi va qator tavsiyalar berdi.
13 va 14-yanvar kunlari O‘zbekiston bo‘ylab iliq havo saqlanib qoladi, harorat +13 darajagacha isiydi. Hafta o‘rtasi ko‘p bulutli bo‘lishi kutilmoqda, biroq mamlakatning aksariyat qismida yog‘ingarchilik bo‘lmaydi. Havo harorati 2−3 darajaga tushadi.
Paynet kompaniyasi Milliy banklararo protsessing markazi — Humo to‘lov tizimining ustav kapitalidagi 100 foiz davlat ulushini sotib oldi. Kompaniya 3 nafar talabgordan eng yuqori narx — 65 mln dollar taklif qilgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting