Dekabr oyida aholi tomonidan sezilgan inflyatsiya darajasi o‘tgan oyga nisbatan tezlashib, 14,7 foizni tashkil etdi. Bu 2023-fevralidan buyon eng yuqori ko‘rsatkich. Oy davomida aholiga eng ko‘p go‘sht, sut, benzin, elektr energiyasi va tabiiy gaz narxi oshgani sezildi.
Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumanida 3,9 magnitudali yer silkinishi qayd etildi. Zilzila epitsentri Toshkentdan 363 km uzoqda joylashgan.
Tarmoqlarda Samarqand viloyatidagi Oqdaryo suv omborida yoriqlar paydo bo‘lgani haqida video paydo bo‘ldi. Aslida joriy ta’mirlash ishlari aks etgan videoni 2 kishi yolg‘on izoh bilan tarqatgani aniqlandi. Ularning har biriga 7,5 mln so‘mdan jarima jazosi tayinlandi.
Avazjon Karimov O‘zbekiston chim ustida xokkey federatsiyasi raisi bo‘ldi. U kelgusida mamlakatda mazkur sport rivojini yanada oshirish yo‘lida bor kuchini ishga solishini bildirdi.
“G‘ishtko‘prik” chegara bojxona postida ikki holatda 717 dona bug‘u shohini noqonuniy olib kirmoqchi bo‘lgan shaxslar aniqlandi. Ular shohlarni deklaratsiyada yozib ko‘rsatmagan va og‘zaki so‘rovda ham ma’lum qilmagan.
Belarus sanoat vazirining birinchi o‘rinbosari Aleksandr Ogorodnikov 2018-yildan buyon ishlab kelgan Leonid Marinich o‘rniga O‘zbekistondagi yangi elchi etib tayinlandi.
“Yoshlar uchun 1000 kitob” loyihasi 2024-yili 50 ta ilmiy-ommabop kitobni o‘zbekchaga o‘girdi. 2025-yilda badiiy va bolalar adabiyotlari ham tarjima qilinishi rejalashtirilgan. Hozirda loyiha uchun kontent-menejer va tashkiliy-moliyaviy menejer izlanmoqda. Nomzodlarga, jumladan, yuqori maosh taklif qilinadi.
Qoraqalpog‘iston va Toshkent viloyatida qo‘lbola alkogol mahsulotlari muomalaga kiritilishining oldi olindi. Xususan, Yangiyo‘l tumanida yashirin sex tashkil etgan fuqaroning uyidan “O‘zbegim” nomli qo‘lbola alkogol mahsulotlari va 120 litr spirt ashyoviy dalil sifatida olindi.
Toshkent markazida joylashgan, bir vaqtlar shahar ramzi va me’morlar iftixori hisoblangan “Chorsu” mehmonxonasi bugun qarovsiz qolib, buzilmoqda. “Gazeta.uz” rekonstruksiyasi amalga oshmagan sovet modernizmi yodgorligining tarixi, taraqqiyoti va tanazzuli haqida hikoya qiladi.
Toshkentda Jasjan nomi bilan tanilgan bloger Instagram`ga video olish uchun jamoat joyida bir qiz bilan janjal uyushtirdi. Sud unga 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi, qizga esa 375 ming so‘m jarima tayinladi. Bloger avval ham bir necha bor qamoq jazosini o‘tab chiqqan.
O‘zbekisitonda yuridik shaxslarning joylashgan yeri o‘zgarganda ular qayta davlat ro‘yxatidan o‘tkazganlik uchun davlat bojini to‘lashdan ozod etildi. Shuningdek, sug‘urta qildiruvchilar sug‘urta shartnomalaridan kelib chiqadigan da’volar yuzasidan sudga murojaat qilganda davlat bojini to‘lamaydigan bo‘ldi.
Armaniston va AQSh strategik sheriklik to‘g‘risidagi xartiyani imzoladi. Hujjat doirasida xavfsizlik va mudofaa, iqtisodiyot va demokratiya sohalarida hamkorlikni kengaytiradigan maxsus komissiya tuziladi. Armaniston ISHIDga qarshi koalitsiyaga qo‘shiladi.
Tergovchilar ikkinchi urinishda Janubiy Koreyaning hokimiyatdan chetlatilgan prezidenti Yun Sok Yolni isyonchilikda ayblab hibsga oldi. Bu amaldagi, lekin hokimiyatdan chetlatilgan davlat rahbarining qo‘lga olinishidagi ilk holatdir.
BAAning sun’iy intellekt tajribasini o‘rganadigan O‘zbekiston, “Beshyog‘och” bozorini biznes markaziga aylantirish taklifi, “adolatli raqobat” bo‘yicha xavotirlarni rad etgan Paynet, xalqaro mukofot g‘olibi bo‘lgan prezident maktabi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Abu Dabidagi xalqaro sammitda Ekologiya vazirligi va BAAning Tadweer Group kompaniyasi o‘rtasida Buxoroda 10 ga maydonda chiqindi yoqish zavodi qurish va elektr energiyasi olish bo‘yicha shartnoma imzolandi. 200 mln dollarlik loyiha qurilishi bu yil boshlanadi va 21 ming xonadonni elektr bilan ta’minlaydi.
Turkiyaning Istanbul shahrida 35−40 yosh atrofidagi 6 nafar O‘zbekiston fuqarosi qalbaki spirtli ichimlik iste’moli oqibatida zaharlandi va vafot etdi. Bosh konsulxona mamlakatdagi o‘zbekistonliklarga murojaat qildi.
Prezident Abu Dabida BAAning yetakchi kompaniyalari delegatsiyalari bilan uchrashdi. Tomonlar infratuzilma, shaharsozlik, energetika, transport, logistika sohalarida hamkorlikni muhokama qildi. Nodir metallarni o‘zlashtirish, “quruq” portlar qurish, ta’lim va tibbiyot loyihalari bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Isroil va HAMAS o‘rtasida G‘azo sektorida sulh tuzish va isroillik garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha muzokaralar “yakuniy bosqichda”, dedi kelishuvga vositachilik qilayotgan Qatar TIV.
Humo to‘lov tizimini sotib olgan Paynet raqobatchilaridan ustunlikka ega bo‘lishi borasidagi xavotirlarga javoban adolatli raqobat tarafdori ekanini bildirdi.
Turkiya kompaniyasi Chilonzor hokimi o‘rinbosari bilan muzokarada “Beshyog‘och” bozori o‘rnida yirik biznes markazi qurishni taklif qildi. Hokimlik loyiha hozircha muhokama bosqichida ekanini aytdi: “Ayni vaqtda loyiha aniq amalga oshishi, uning muddatlari va qiymati haqida hech qanday rejalar yo‘q”.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting