Samarqandda kishanlangan bola harbiy sport maktabida o‘qigan. “Xulqi og‘irligi” uchun uni voyaga yetmaganlar markaziga yubormoqchi bo‘lishgan. “Bolaga nisbatan bunday g‘ayriinsoniy chora ko‘rilishiga yo‘l qo‘yib bo‘lmaydi”, — dedi bolalar ombudsmani. Ijtimoiy himoya milliy agentligi ham holatni nazoratga oldi.
Huquq himoyachisi Abdurahmon Tashanov Samarqandda bolaga nisbatan zo‘ravonlik — kishanlanib, mashinaga qamab qo‘yilgani haqida xabar berdi. Mazkur holat yuzasidan zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekistonda aholini ro‘yxatga olish 2025−2026-yillarda o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda. U 2022-yilga reja qilingandi, ammo pandemiya tufayli keyinga qoldirilgan. Natijalar 2027-yilda e’lon qilinadi. Statistika agentligi qishloq xo‘jaligi sohasida ham ro‘yxatga olish ishlariga tayyorgarlik ko‘radi.
Prezident Samarqandda bo‘lib o‘tadigan YUNESKO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasiga tayyorgarlik ko‘rish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi. Tashkiliy qo‘mitaga bosh vazir boshchilik qiladi. O‘zbekistonni xorijda tanitish uchun turli tadbirlar uyushtiriladi, esdalik sovg‘alari chop etiladi va targ‘ibot ishlari olib boriladi.
“O‘zaviatsiya” Qozog‘istonning Qazaq Air aviakompaniyasiga O‘zbekistonga parvoz qilishga ruxsat berdi. 15-mart kuni aviatashuvchi Turkiston va Samarqand o‘rtasida qatnovlarni boshladi.
Bahodir Burxanovich Usmonov hammuassisi bo‘lgan Reach Impex kompaniyasi McDonald’s savdo belgisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish uchun ikkita ariza topshirdi.
Dronlarni noqonuniy olib kirish, saqlash va foydalanishda birinchi marta ayblangan shaxslar endi ma’muriy javobgarlikka tortiladi. Ilgari faqat qamoq jazosi nazarda tutilgan jinoiy jazolar ham yengillashtirilmoqda. O‘zgarishlar sayyohlarni jalb qilishga ham qaratilgan.
Oliy Majlis Senati raisi Tanzila Narbayeva Nyu-Yorkda BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashib, Barqaror rivojlanish maqsadlarini amalga oshirish bilan bog‘liq, jumladan, gender tengligini ta’minlash masalalarini muhokama qildi.
O‘zbekiston prezidenti yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarima miqdorini oshirish to‘g‘risidagi qonunni imzoladi. Bundan tashqari, endi sudlar o‘rniga yong‘in xavfsizligi inspektorlari tadbirkorlar tomonidan yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzganlik haqidagi ishlarni ko‘rib chiqadi.
Prezident topshirig‘iga ko‘ra Samarqand shahrida Ipak yo‘li davlat muzeyini tashkil etish, Amir Temur bog‘larini qayta tiklash, Bibixonim majmuasini restavratsiya qilish, shuningdek, Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish to‘g‘risida master va menejment rejalari bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi.
5-aprelgacha BYD Toshkent xalqaro marafoniga ro‘yxatdan o‘tish mumkin. Tadbir dasturi 42 km marafon, 21 km yarim marafon, shuningdek, 3 va 10 km masofalarni o‘z ichiga oladi.
Qozog‘iston dunyoviy maqomini mustahkamlashi kerak, lekin u G‘arb tendensiyalariga ergashmaydi, dedi prezident Toqayev. U tarixiy obidalarni himoya qilishni kuchaytirishni buyurdi, “sovet davri belgilari” borligi sabab mamlakat gerbini o‘zgartirishni taklif qildi, jamiyatda shafqatsizlik kuchayayotganiga ishora qildi.
Prezident mahallalarda futbol infratuzilmasini kengaytirish rejalarini tasdiqladi. Mavjud stadion va maydonlardan samarali foydalanish, ular mavjud bo‘lmagan joylarda esa DXSH asosida yangisini qurish rejalashtirilgan. “Gazeta.uz” fuqarolar futbol maydonlari buzilishiga qarshi chiqqan holatlar haqida yozgandi.
Tutun bilan qoplangan Toshkent, bepul tushlik sabab ortgan davomat, bozor sotilishiga qarshilik qilgan “Qo‘yliq” aksionerlari, O‘zbekistonning Inson taraqqiyoti indeksidagi o‘rni va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekiston BMTning yangi Inson taraqqiyoti indeksida bir pog‘ona pastlab, 193 ta mamlakat ichida 106-o‘rinni oldi. Mamlakat inson taraqqiyoti indeksi yuqori bo‘lgan mamlakatlar toifasida qolmoqda.
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston bosh vaziri Oljas Bektenov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi. Tomonlar to‘siqlarni bartaraf etish va o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.
Hukumat kungaboqar va o‘simlik yog‘i eksportiga cheklovlarni yumshatdi. Korxonalarga import qilingan urug‘lardan tayyorlangan mahsulotlarning 50 foizgacha qismini eksport qilishga ruxsat berildi.
Germaniyada mingdan ortiq shifoxonada tibbiyot xodimlari yetishmayapti, shuningdek, metallni qayta ishlash, logistika va transportda ishchi kuchiga talab mavjud. O‘zbekiston bu bo‘shliqni to‘ldirishga tayyor. Bu haqda bandlik vaziri va Mangold Consulting kompaniyasi prezidenti o‘rtasidagi uchrashuvda so‘z bordi.
O‘zbekiston davlat drama teatrining XIX asr oxirida qurilgan, so‘nggi bor 40 yil avval ta’mirlangan binosi spektakllardan tashqari qurultoy, miting va hatto dafn marosimlariga-da guvohi bo‘lgan. “Gazeta.uz” muxbirlari o‘tgan davrda sharoitidan ko‘ra nomi ko‘proq o‘zgargan bu tomoshagoh ahvoli bilan tanishdi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Sayxunobod tumanida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda viloyatdagi iqtisodiy idoralar xodimlari olayotgan maoshlarini oqlamaganini aytdi. “Ularning Toshkentda o‘tirgan va viloyatdagi rahbarlari pastga tushib o‘rgatmagan, talab qilmagan, befarq bo‘lgan”, — dedi u.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting