Arxiv

Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘laridan Captiva sotib oldi
12 mart 2024, 18:03

Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘laridan Captiva sotib oldi

Surxondaryo viloyatining Angor tumani hokimi “Ayollar daftari” mablag‘lari hisobidan Captiva 5 mashinasini sotib olgani aytilmoqda. Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi holat o‘rganilayotganini ma’lum qildi.

Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors
12 mart 2024, 17:52

Narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror qabul qilinmagan — UzAuto Motors

UzAuto Motors Damas, Labo va Cobalt narxlarni oshirish bo‘yicha yakuniy qaror hali qabul qilinmaganini ta’kidladi. “Kontraktatsiya jarayoni olib borilmayotganini inobatga olib, chevrolet.uz saytidagi narxlar 2024-yilning 4-choragi uchun prognoz ko‘rsatkichlari asosida hisoblab chiqilgan”, — deyiladi xabarda.

Reklamali tanaffus. Toshkent tashqi reklama bosqiniga qarshi qanday kurashmoqchi?
12 mart 2024, 16:30

Reklamali tanaffus. Toshkent tashqi reklama bosqiniga qarshi qanday kurashmoqchi?

Raqamli rivojlanish departamenti Toshkentdagi tashqi reklamani nazoratga olmoqchi. Minglab reklama konstruksiyalarining egalari to‘lov qilmayapti. Muammo nimada, reklama dizayn-kodi qanday bo‘lishi va Toshkentni qay tariqa ko‘zni quvontiruvchi shaharga aylantirish mumkin — “Gazeta.uz” shu savollarga javob izladi.

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi
12 mart 2024, 16:05

O‘zbekistonda Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi

O‘zbekistonda tadbirkorlik sohasidagi agentlik va jamg‘armalar o‘rniga Savdoni rivojlantirish kompaniyasi tashkil etiladi. U chet eldan mutaxassislar jalb etib, eksportchilar yangi bozorlarga chiqishiga ko‘maklashish, milliy brendlarni xorijda targ‘ib qilish bilan shug‘ullanadi.

Dohadagi Dizayn biyennalesi. U nima va unda nimalarni tomosha qilish mumkin?
12 mart 2024, 15:39

Dohadagi Dizayn biyennalesi. U nima va unda nimalarni tomosha qilish mumkin?

Yaqin Sharq, Shimoliy Afrika va boshqa xorijiy davlatlarning 100 dan ortiq dizaynerlarini birlashtirgan Design Dohaʼning asosiy ko‘rgazmalari bo‘yicha yo‘riqnoma.

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxini oshirdi
12 mart 2024, 15:32

UzAuto Motors Cobalt, Damas va Labo narxini oshirdi

UzAuto Motors kompaniyasi Chevrolet Cobalt, Damas va Labo avtomobillari narxini 3,5−6,7 foiz oralig‘ida oshirdi. Kompaniya, shuningdek, bosqichma-bosqich dilerlarga keyinchalik sotish uchun avtomobil sotib olish imkonini beradigan “rivojlangan mamlakatlarda qabul qilingan sotuv tizimi”ni joriy qiladi.

O‘zbekistonda Google, Netflix, Amazon va boshqa internet kompaniyalari qancha soliq to‘ladi?
12 mart 2024, 14:51

O‘zbekistonda Google, Netflix, Amazon va boshqa internet kompaniyalari qancha soliq to‘ladi?

Elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar, jumladan, Meta, Google, Apple, Netflix O‘zbekistondagi daromadlarini ikki barobarga oshirib, 635 mlrd so‘mga yetkazdi. 2023-yilda ular 2022-yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p soliq to‘ladi.

Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi
12 mart 2024, 14:14

Toshkent viloyatida 31 yoshli erkak poyezd urib yuborishi oqibatida vafot etdi

O‘rta Chirchiq tumanida temiryo‘lning belgilanmagan qismidan o‘tayotgan 31 yoshli erkakni poyezd urib yubordi. Oqibatda u voqea joyida halok bo‘ldi. Marhum farzandli bo‘lgani uchun ayolini tug‘ruqxonadan olib chiqishga tayyorgarlik ko‘rgani ketayotgan bo‘lgan.

“Mualliflik huquqi ishlamasligi sabab san’atkorlar to‘y uchun ijod qilyapti” — Ozodbek Nazarbekov
12 mart 2024, 13:10

“Mualliflik huquqi ishlamasligi sabab san’atkorlar to‘y uchun ijod qilyapti” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekistonda mualliflik huquqi ishlamasligi tufayli san’atkorlar to‘ydan manfaatdor bo‘layotgani va to‘y uchun ijod qilayotganini aytdi. “Mualliflar o‘z huquqini tanishi — eng katta yechim, bu sohani tezroq ishlashiga sabab bo‘ladi”, dedi u.

Navro‘z munosabati bilan Toshkentdan 5 ta shaharga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi
12 mart 2024, 12:23

Navro‘z munosabati bilan Toshkentdan 5 ta shaharga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi

Navro‘z bayrami munosabati bilan Toshkentdan Nukus, Buxoro, Urganch, Farg‘ona va Namanganga qo‘shimcha aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yiladi.

Andijonda maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi
12 mart 2024, 11:30

Andijonda maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi

Oltinko‘l tumanida maktab yonidagi oshxonada yong‘in sodir bo‘ldi. Uni o‘chirishga 6 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji jalb etildi. Hodisa oqibatida binoning 85 kvadrat metr tom qismi zararlangan, tan jarohati olganlar bo‘lmagan.

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 919 mln so‘m pul talon-toroj qilingani aniqlandi
12 mart 2024, 10:57

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida 919 mln so‘m pul talon-toroj qilingani aniqlandi

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi huzuridagi “O‘quv ta’lim-ta’minot” muassasasining “Bir million dasturchi” loyihasida budjet puli o‘zlashtirilgan bo‘lishi mumkin. Tashkilot bilan shartnoma tuzgan korxona kerakli elektron qurilmalarni yetkazib bermay, 919 mln so‘mni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda.

Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilinadi
12 mart 2024, 09:54

Sirdaryo o‘zanida noruda materiallarni qazib olishga 1-maydan muddatsiz moratoriy joriy qilinadi

1-maydan Sirdaryo daryosi o‘zanidagi noruda materiallarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy qilinadi. Bundan tashqari, noqonuniy qazib olish ishlari natijasida tabiatga yetkazilgan zarar uchun javobgarlik kuchaytiriladi.

“Rossiya san’atkorlari uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi” — Ozodbek Nazarbekov
12 mart 2024, 09:25

“Rossiya san’atkorlari uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi” — Ozodbek Nazarbekov

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov xorijlik xonandalarning O‘zbekistondagi konserti tadbirkorlar tomonidan tashkil etilishini aytdi. U rossiyalik qo‘shiqchilarning O‘zbekistonda konsert berishi haqida gapirarkan, “ular uchun dunyoda maydonlar qisqarib ketdi, shu sabab bo‘sh maydon qidirishga mahkum”, dedi u.

Senat raisi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda
12 mart 2024, 09:16

Senat raisi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda

Nyu-York shahrida Tanzila Narbayeva boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi BMT Ayollar holati bo‘yicha komissiyasining sessiyasida qatnashmoqda. Tashrif davomida tashkilot tuzilmalari rahbarlari, prezidentlar va hukumat rahbarlari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi ham reja qilingan.

Toshkentda qurilish maydonidagi ishchi boshiga qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi
11 mart 2024, 23:16

Toshkentda qurilish maydonidagi ishchi boshiga qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi

Yangihayot tumanidagi ko‘p qavatli uy qurilishida ishlayotgan 23 yoshli yigit boshiga 14-qavatdan qolip tushib ketishi oqibatida vafot etdi. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari boshlandi.

11-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
11 mart 2024, 22:19

11-mart kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

San’atkorlarga chora ko‘rish haqida gapirgan Ozodbek Nazarbekov, arzonga sotib olinayotgan Rossiya gazi, O‘zbekiston masjidlaridagi taroveh namozlari, kasallik bahona maktabga kelmayotgan o‘quvchilar va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi
11 mart 2024, 22:01

Prezident O‘zbekiston xalqini Ramazon oyi kirib kelgani bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev tabrigida ushbu oyda “xalq manfaatlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtojlarni qo‘llab-quvvatlash” ishlari yanada ko‘proq bo‘lishini aytdi. “Yurtimiz musulmonlarining ibodat amallarini emin-erkin ado etishlari uchun barcha sharoitlar yaratildi”, — dedi u.

MB so‘rovnomasi ishtirokchilari fevral oyida benzin va taksi narxlari keskin oshganini ta’kidladi
11 mart 2024, 21:37

MB so‘rovnomasi ishtirokchilari fevral oyida benzin va taksi narxlari keskin oshganini ta’kidladi

Fevral oyida sezilgan inflyatsiya darajasi 12,7 foizga tushdi. Gaz tanqisligi tufayli metan “zapravka"lar yopilishi fonida MB o‘tkazgan so‘rovnomada benzin narxi va yo‘lkira xarajatlari keskin oshganini ta’kidlagan respondentlar ulushi ortdi.

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi
11 mart 2024, 20:20

Nurilla Abduraxmanov Bektemir tumaniga hokim etib tayinlandi

Toshkent shahri Bektemir tumaniga avval Chilonzor tumani hokimining “Gavhar” mahallasidagi yordamchisi bo‘lib ishlagan Nurilla Abduraxmanov hokim etib tayinlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting