AQSh Qirg‘iziston fuqarolariga beriladigan sayyohlik va ishbilarmonlik vizalarining amal qilish muddatini 5 yildan 10 yilgacha uzaytirdi. Bundan tashqari, Qirg‘iziston pasporti egalari uchun B1, B2 va B1/B2 vizasiga ariza topshirish uchun 20 dollar miqdoridagi yig‘im bekor qilindi.
Shayxontohur tumanida Spark, Nexia 2 va Lacetti avtomashinalari to‘qnashdi. YTH oqibatida Nexia 2 haydovchisi vafot etdi, 16 yoshli Spark haydovchisi va uning yo‘lovchisi shifoxonaga yotqizildi.
Iqtisodiyot va moliya vazirligi Xalqaro islom savdo-moliya korporatsiyasi bilan iqtisodiy hamkorlikni chuqurlashtirish maqsadida 100 mln dollarlik “Murabaha” moliyalashtirish bitimini va agentlik kelishuvini imzoladi. Mablag‘ oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash maqsadida, 24 oygacha bo‘lgan muddatga ajratiladi.
Andijon shahrining sobiq hokimi Bahrom Haydarov qamoqxonada vafot etdi. U 2022-yilning dekabrida o‘zlashtirish, talon-toroj qilish va mansab soxtakorligi kabi jinoyatlarda ayblanib, 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingandi.
Musulmonlari idorasi Ramazon oyining birinchi kuni 11-mart, dushanbaga to‘g‘ri kelishini ma’lum qildi.
AQSh Oliy sudi Donald Tramp prezidentlikka nomzodini qo‘yish huquqiga ega ekani haqida qaror chiqardi. Avvalroq Kolorado sudyalari Trampga Kapitoliyga bostirib kirganlik ishi bo‘yicha qo‘yilgan ayblovlar tufayli uni saylov byulleteniga kiritishni taqiqlagan edi.
Hukumat sobiq rahbari Navaz Sharifning ukasi Shahboz Sharif Pokistonning yangi bosh vaziri etib saylandi. Uning nomzodi sakkiz partiyadan iborat koalitsiya tomonidan ilgari surilgandi.
O‘zbekistonning 17 nafar muvaffaqiyatli ayoli haqidagi fotoko‘rgazma Xalqaro xotin-qizlar kuniga bag‘ishlangan mahalliy Teplo brendlari do‘konini ochib berdi. Qahramonlar barcha ayollar uchun ovozli tilaklar va xayrlashuv so‘zlarini yozib qoldirdi.
Navro‘z bayrami va Xalqaro teatr kuni munosabati bilan Alisher Navoiy nomidagi davlat akademik katta teatrida 22−24-mart kunlari ochiq eshiklar kuni bo‘ladi, kirish bepul. Tomoshabinlar italyan musiqasi kechasiga tashrif buyurishi va opera tinglashi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev 8-mart munosabati bilan davlat va jamiyat hayotida faol bo‘lgan 28 nafar xotin-qizni Zulfiya nomidagi davlat mukofoti bilan taqdirlash to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.
AQShdan deportatsiya qilingan o‘zbekistonliklar, elektr energiyasi cheklovlarining oshirilishi, hali ham “erkin bo‘lmagan” O‘zbekiston, eng kuchli shaxmatchilar beshligiga kirgan Nodirbek Abdusattorov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Freedom House`ning yangi erkinlik reytingida O‘zbekiston 100 balldan 12 ball to‘pladi — mamlakat hali ham “erkin emas” maqomida. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlari ham shu toifada qolmoqda. Finlyandiya eng yuqori o‘rinni oldi.
Grossmeyster Nodirbek Abdusattorov Chexiyada o‘tkazilayotgan superturnirda uchta g‘alaba qayd etganidan so‘ng onlayn reytingda dunyoning eng kuchli besh shaxmatchisidan biriga aylandi.
O‘zbekistonda 3-mart kuni ish faoliyatidagi AGTKSHlar soni kamaydi. Elektr ta’minoti cheklovlari 960 MVtga yetdi. Energetika vazirligining ma’lum qilishicha, benzin va dizel yoqilg‘isi talabga mos hajmda yetkazib berilmoqda.
Prezident qarori bilan Shovot tumanida 3,1 gektar yerda “O‘zbekiston-Turkmaniston” savdo zonasi tashkil qilinadi. Unda faqat 2 mamlakat mahsulotlari sotiladi. Mahsulotlarni kiritishda bojxona to‘lovi to‘lanmaydi. Turkmaniston orqali keluvchi chet elliklar vizasiz, pasport bilan 15 kun hududda bo‘lishi mumkin.
O‘zbekistonda 1-sentabrdan barcha sug‘urta turlari bo‘yicha sug‘urta polislarini faqat qog‘oz shaklda rasmiylashtirish amaliyoti bekor qilinadi. Sug‘urta polislarini yagona avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali rasmiylashtirmaslik ularni haqiqiy emas deb topishga asos bo‘ladi.
Apreldan Qanot Sharq aviakompaniyasi Toshkent-Praga yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslar haftaning payshanba kunlari amalga oshiriladi. Bu yo‘nalishdagi parvoz oxirgi marta 2014-yilda amalga oshirilgandi.
AQShga noqonuniy yo‘llar bilan kirgan 74 nafar O‘zbekiston fuqarosi 3-mart kuni vatanga qaytarilgandi. Ulardan ba’zilari yo‘l va qamoqxonalardagi qiyinchiliklar haqida so‘zlab berishdi.
Olmaota yaqinida 6,1 magnitudali zilzila yuz berdi, shaharda zilzila kuchi 5 ballni tashkil etdi. Metro faoliyati to‘xtatildi, politsiya kuchaytirilgan ish tartibiga o‘tkazildi. Ko‘plab shaharliklar vahima ichida ko‘chaga chiqdi.
AQShning Toshkentdagi elchixonasi O‘zbekiston fuqarolarini Qo‘shma Shtatlarga xavfsiz va qonuniy yo‘llar orqali safar qilishga chaqirdi. Elchixona Qo‘shma Shtatlarda qolish uchun qonuniy asosga ega bo‘lmaganlarni deportatsiya qilish ishlari davom ettirilishini bildirgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting