Roppa-rosa sakkiz yil avval O‘zbekistonni chorak asrdan ziyod boshqargan Islom Karimovning vafoti e’lon qilingandi. Shundan beri 2-sentabr birinchi prezidentni xotirlash kuni hisoblanadi. Sana munosabati bilan “Gazeta.uz” Karimov haqida uning zamondoshlari hikoya qilgan ayrim xotiralarni jamlashga urindi.
Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida ota-ona qaramog‘isiz qolgan 14 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi. Ularga o‘zlarining yashash manziliga yaqin “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tomonidan yordam ko‘rsatib borish belgilandi.
Qozog‘istonda atom elektr stansiyasini qurish bo‘yicha referendum 6-oktabr kuni bo‘lib o‘tadi, dedi mamlakat prezidenti Qosim-Jomart Toqayev. Uning so‘zlariga ko‘ra, referendum “keng umummilliy muloqotning yana bir ko‘rinishi” va “eshituvchi davlat” konsepsiyasini amalga oshirishning yorqin namunasi bo‘ladi.
O‘zbekistondagi davlat OTMlarida super kontrakt uchun arizalarni onlayn qabul qilish va shartnomalarni berish boshlandi. Tabaqalashtirilgan to‘lov kontrakt qiymatini 15-oktabrga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlarga 10 foiz chegirma beriladi.
Paralimpiya o‘yinlarining uzunlikka sakrash bahslarida Doniyor Saliyev 7.16 metr natija bilan kumush medalga sazovor bo‘ldi. Nurxon Qurbonova esa yadro uloqtirishda o‘zining mavsumdagi eng yaxshi natijasi — 7.75 metr bilan bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Bobur Omonov yadro uloqtirish dasturida 14,32 metr natija qayd etib, oltin medalni qo‘lga kiritdi va ikki karra Paralimpiada chempioni bo‘ldi. U bu natijasi bilan 2021-yilda Tokioda o‘zi o‘rnatgan rekordni ham yangiladi.
Shavkat Mirziyoyev Toshkentda Islom Karimov xotirasiga bag‘ishlangan marosimda ishtirok etdi. Samarqand va Qarshi shaharlarida ham xotira tadbirlari o‘tkazildi.
SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab oshxonalarida qanday oziq-ovqatlarni tayyorlash va sotish taqiqlangani haqida eslatma berdi. Ro‘yxat.
Prezident Paralimpiya chempionlari Elbek Sultonov, Yorqinbek Odilov va Asadbek Toshtemirov bilan telefon orqali muloqot qildi. Ularni g‘alaba bilan tabriklab, qolgan ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Avvalroq davlat rahbari Asila Mirzayorova va Qudratilloxon Ma’rufxo‘jayev bilan ham gaplashgandi.
1-sentabrga o‘tar kechasi Vengriya poytaxtining diqqatga sazovor joylaridan biri — Baliqchilar qal’asi O‘zbekiston bayrog‘i ranglari bilan yoritildi. Ilk bor o‘tkazilgan aksiya O‘zbekiston mustaqilligining 33 yilligiga bag‘ishlandi.
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining beshinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 12 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
Surxondaryoning Boysun tumanidagi “Mustaqillikning 25 yilligi” konida texnologik jarayon buzilishi sababli oltingugurt (vodorod sulfid) gazi chiqishi kuzatildi. “Kon yaqinidagi fuqarolar evakuatsiya qilindi, vaziyat to‘liq nazoratda, vahimaga o‘rin yo‘q”, — dedi FVV. Havoning ifloslanish darajasi o‘rganilmoqda.
Baxtiyor Ibragimov O‘zbekistonning Qozog‘istondagi favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlandi. U bungacha O‘zbekistonning BAAdagi elchisi, TIV departamenti direktori, O‘zbekiston turizm va madaniy meros vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.
“Tashabbusli budjet” jarayonining 2024-yildagi 2-mavsumida g‘olib bo‘lgan 1772 ta loyiha e’lon qilindi. Jarayonlarda O‘zbekiston bo‘ylab 9 mln 81 mingta ovoz berildi.
Toshkent xalqaro aeroportining uchib ketish zali yangi ko‘rinishda ochildi. Bino panjaralardan xalos bo‘ldi, endi u yerga mashinada borish mumkin. Yo‘lovchilar va kuzatuvchilar uchun katta zal va ichki hovli paydo bo‘ldi. Keyinroq uchib kelish va ketish zallari birlashtiriladi, bu esa aeroportning sig‘imini oshiradi.
O‘zbekiston qonunchiligiga sud qarorisiz va oldindan kompensatsiya to‘lamasdan turib uy-joylarni buzishni taqiqlovchi o‘zgartirishlar kiritildi. Uy-joyning tashqi ko‘rinishini o‘zgartirish, qayta qurish yoki buzish hokimliklarning ruxsati bo‘lgan holda emas, balki qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Prezident mahkumlarning huquqlarini kengaytirishga qaratilgan qonunni imzoladi. Ular o‘zlariga insonparvarlik bilan murojaat qilinishi va inson huquqlarini himoya qiluvchi tashkilotlar bilan bog‘lanish huquqiga ega bo‘ldi. Mahkumlarda ularning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar o‘tkazilishi taqiqlandi.
Parijda o‘tayotgan Paralimpiya o‘yinlarining to‘rtinchi kunida O‘zbekiston delegatsiyasining 3 nafar a’zosi sportning 2 ta turi bo‘yicha ishtirok etadi. Taqvim.
Guljanoy Naimova Paralimpiya o‘yinlarida taekvondo bo‘yicha kumush medalni qo‘lga kiritdi. Buyuk Britaniya vakiliga qarshi kechgan finalda u yuzidan zarba qabul qilib oldi va jangni davom ettira olmadi. Uni zambilda olib chiqib ketishdi. Jangdan keyin u o‘zini yaxshi his qilayotganini aytdi.
O‘zbekiston vakili Yorqinbek Odilov para yengil atletika bo‘yicha Paralimpiya o‘yinlari chempioni bo‘ldi. U nayza uloqtirish bahslarida 50,32 metr natijani qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting