Arxiv

O‘zbekiston yosh arxitektorlari uyushmasi tuzildi
5 sentabr 2023, 10:53

O‘zbekiston yosh arxitektorlari uyushmasi tuzildi

“Yuksalish” harakati qoshidagi “Shaharsozlik to‘lqini” tashabbusi asosida O‘zbekiston yosh arxitektorlar uyushmasi tashkil etildi.

O‘zbekistonda o‘tgan 7 oyda qariyb 22 ming xotin-qizga himoya orderi berildi
5 sentabr 2023, 10:32

O‘zbekistonda o‘tgan 7 oyda qariyb 22 ming xotin-qizga himoya orderi berildi

O‘zbekistonda yilning dastlabki 7 oyida qariyb 21 871 nafar tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan xotin-qizga himoya orderi berildi. Qayd etilgan holatlarning 84,7 foizi oilalarda sodir etilgan.

Oson va PayWay xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi
5 sentabr 2023, 10:17

Oson va PayWay xalqaro pul o‘tkazmalarini to‘xtatdi

Oson to‘lov xizmati 5-sentabrdan xalqaro pul o‘tkazmalari va xorijiy xizmatlar uchun to‘lovlarni vaqtincha to‘xtatdi. PayWay ham barcha xalqaro yo‘nalishlarda, shu jumladan, Rossiyadan va Rossiyaga pul o‘tkazmalarini to‘xtatmoqda va buni Markaziy bankning talabi bilan izohladi.

Yotoqxona uchun onlayn ariza javobi chiqmagan talabalar nima qilishi kerak?
5 sentabr 2023, 10:11

Yotoqxona uchun onlayn ariza javobi chiqmagan talabalar nima qilishi kerak?

Yotoqxonaga joylashish uchun onlayn ariza topshirgan OTMlarning ayrim 1-kurs talabalari uning javobini hanuz kutishmoqda. Oliy ta’lim vazirligi vakili ijtimoiy himoyaga muhtoj kontengent to‘liq qamrab olinishi uchun jarayon yana 1−2 kun davom etishini, so‘ngra boshqalarning arizalari ko‘rib chiqilishini bildirdi.

Avgustda 46,2 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi
5 sentabr 2023, 10:05

Avgustda 46,2 mlrd so‘mlik gaz va elektrdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi

O‘zbekistonda avgust oyida 26,2 mlrd so‘mlik tabiiy gaz va 19,9 mlrd so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani ma’lum bo‘ldi. Bunday holatlar, o‘tgan oyda bo‘lgani kabi, Andijon, Samarqand va Toshkent viloyatlarida eng ko‘p qayd etilgan.

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosirga haykal qo‘yildi
5 sentabr 2023, 09:43

Rossiyaning Kemerovo viloyatida Usmon Nosirga haykal qo‘yildi

Rossiyaning Kemerovo viloyati Mariinsk shahrida Usmon Nosir haykali ochildi. Haykal muallifi Konstantin Zenich sanaladi. O‘zbekiston delegatsiyasi, shuningdek, shoirning qabrini ziyorat qildi.

Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi
5 sentabr 2023, 09:34

Biznesni rivojlantirish banki tashkil etildi

Prezident qarori bilan “Qishloq qurilish bank” tijorat banki negizida Biznesni rivojlantirish banki hamda uning huzurida “Kichik biznesni rivojlantirish jamg‘armasi” mas’uliyati cheklangan jamiyati tashkil etildi.

Shavkat Mirziyoyev Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi
5 sentabr 2023, 09:07

Shavkat Mirziyoyev Sherali Jo‘rayev vafoti munosabati bilan hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayevning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirdi.

ILMA O‘zbekiston kapital bozori regulyatoriga aylanadi
4 sentabr 2023, 22:55

ILMA O‘zbekiston kapital bozori regulyatoriga aylanadi

Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Iqtisodiyot va moliya vazirligining kapital bozori sohasidagi vazifalari, funksiya va vakolatlarini o‘z zimmasiga olib, ushbu soha regulyatoriga aylanadi. ILMA, shuningdek, kapital bozori sohasida “Tartibga solish qumdoni” tartiblarini belgilaydi.

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi
4 sentabr 2023, 22:52

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev vafot etdi

O‘zbekiston xalq artisti Sherali Jo‘rayev 76 yoshida hayotdan ko‘z yumdi.

Samarqand markazida yo‘l o‘tkazgich qurish shahar uchun zararli — urbanist
4 sentabr 2023, 22:06

Samarqand markazida yo‘l o‘tkazgich qurish shahar uchun zararli — urbanist

Samarqand shahri markazida ikkita yo‘l o‘tkazgich qurish rejalashtirilmoqda. “Gazeta.uz” “[NO]Qulay shahar” loyihasi doirasida tunnel qurilishi kutilayotgan chorrahalardan biriga borib, vaziyatni o‘rgandi, fikr almashdi. Urbanist Iskandar Soliyevning fikricha, bu “yo‘l o‘tkazgichlar shahar uchun zararli va keraksiz”.

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi
4 sentabr 2023, 21:42

Hindiston quyoshni o‘rganish uchun kosmik stansiya uchirdi

Hindiston Quyoshni kuzatish va kosmik ob-havo xususiyatlarini o‘rganish uchun koinotga Aditya-L1 avtomat stansiyasini uchirdi. Avvalroq Hindiston kosmik uskunasi Oy sathiga muvaffaqiyatli qo‘ndirilgan edi.

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida plita qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangan — Bosh prokuratura
4 sentabr 2023, 20:13

SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida plita qulashidan 6 nafar talaba qiz jarohatlangan — Bosh prokuratura

Bosh prokuratura matbuot xizmati SamDU Kattaqo‘rg‘on filialida bino tomining plitasi qulashi natijasida 6 nafar talab qiz jarohat olganini ma’lum qildi. Universitet ikki nafar qiz jarohat olgani haqida xabar bergan edi. Bino qurilishi va ta’mirlanishi holati mutaxassislar tomonidan o‘rganilmoqda.

Dividend imtiyozlari 2029-yilgacha uzaytiriladi, ixtiyoriy pensiya badali pulidan aksiya sotib olish mumkin bo‘ladi
4 sentabr 2023, 20:02

Dividend imtiyozlari 2029-yilgacha uzaytiriladi, ixtiyoriy pensiya badali pulidan aksiya sotib olish mumkin bo‘ladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligiga fuqarolar tomonidan ixtiyoriy pensiya badallari hisobiga aksiya sotib olish, xodimlarga o‘z korxonasi aksiyalarini xarid qilish ustuvor huquq berish, dividendlar bo‘yicha imtiyozlarni 2028-yil oxirigacha uzaytirish kabilarni nazarda tutgan qonun loyihasini ishlab chiqish topshirildi.

O‘zbekistonda o‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi
4 sentabr 2023, 17:47

O‘zbekistonda o‘quvchilarga Qizil kitob sovg‘a qilindi

Ekologiya vazirligi tomonidan 40 ming nusxada Qizil kitob nashr etilgan bo‘lib, ular O‘zbekiston bo‘ylab maktab o‘quvchilariga “ekologik ong va madaniyatni shakllantirish” maqsadida tarqatilmoqda.

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska
4 sentabr 2023, 17:39

“Siyosat izchilligi va ishonchli ma’lumotlar tahlili muhim” — Matilda Dimovska

Siyosat izchilligi, muvofiqlashtirilgan harakatlar va ishonchli ma’lumotlar tahlili rivojlanishning zamonaviy muammolarini hal qilish kalitidir. BMTTDning O‘zbekistondagi doimiy vakili Matilda Dimovska mamlakatdagi missiyasini yakunlanishidan oldin “Gazeta.uz”ga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.

Surxondaryoga velosayohat: uzoq masofaga velosafarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?
4 sentabr 2023, 17:38

Surxondaryoga velosayohat: uzoq masofaga velosafarga qanday tayyorgarlik ko‘rish kerak?

“Gazeta.uz” muxbiri Sanjar Said noodatiy marshrut orqali Surxondaryoga velosayohatga chiqdi. U ilk maqolasida shu kabi sayohatlarga tayyorgarlik ko‘rish, safar afzalliklari va qiyinchiliklari, xarajatlar haqida ma’lumot berdi, o‘z tavsiyalari va dastlabki taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.

“Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi
4 sentabr 2023, 17:20

“Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan “Ibratli oila” ko‘krak nishonini berish tartibi belgilandi. Ushbu ko‘krak nishoni bilan oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi.

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankga o‘tkaziladi
4 sentabr 2023, 16:24

Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi Markaziy bankga o‘tkaziladi

“Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” davlat unitar korxonasi “Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi” AJga o‘zgartiriladi va uning ustav kapitalidagi davlat aksiyalari paketi Markaziy bankka o‘tkaziladi. Shuningdek, “Milliy kliring markazi” tashkil etiladi.

Avgustda O‘zbekistonda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi va yillik hisobda 9 foizdan pastligicha qolmoqda
4 sentabr 2023, 15:28

Avgustda O‘zbekistonda inflyatsiya 0,5 foizni tashkil etdi va yillik hisobda 9 foizdan pastligicha qolmoqda

Avgust oyi yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 0,5 foizlik inflyatsiya qayd etildi, yillik inflyatsiya esa 9 foizdan pastligicha qolmoqda. O‘tgan oyda tuxum, guruch, go‘sht, sut qimmatladi, un, yog‘ va shakar esa arzonladi. Benzin, metan va propan narxi oshishda davom etmoqda.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting