Arxiv

Farg‘ona viloyatida bir necha kishi qalbaki aroqdan zaharlandi
6 sentabr 2023, 21:03

Farg‘ona viloyatida bir necha kishi qalbaki aroqdan zaharlandi

Farg‘ona viloyatida 7 kishi qalbaki aroqdan zaharlandi, ulardan biri vafot etdi. Soxta aroq ishlab chiqarishda gumon qilingan shaxs qo‘lga olindi.

Bloger Nafosat Ollashukurovaga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi
6 sentabr 2023, 20:42

Bloger Nafosat Ollashukurovaga nisbatan 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi

Sud bloger Shabnam (Nafosat) Ollashukurovaga tuhmat va haqorat to‘g‘risidagi moddalar asosida 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Uning Xorazm viloyatidan tashqariga chiqishi, aloqa vositalari va internetdan foydalanishi taqiqlandi.

Ukrainadagi Konstantinovka bozori o‘qqa tutilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi
6 sentabr 2023, 20:13

Ukrainadagi Konstantinovka bozori o‘qqa tutilishi oqibatida 16 kishi halok bo‘ldi

Ukrainaning Donetsk viloyati Konstantinovka shahridagi bozor artilleriya yordamida o‘qqa tutilishi oqibatida 16 kishi, jumladan bir bola halok bo‘ldi.

Toshkentda mashinadan 27 yoshli erkak murdasi topildi
6 sentabr 2023, 18:17

Toshkentda mashinadan 27 yoshli erkak murdasi topildi

Chilonzor tumanida avtoturargohda turgan mashinadan boshi polietilen paketga o‘ralgan erkak murdasi topildi. Erkak 31-avgust kuni bedarak yo‘qolgani ma’lum bo‘lgan.

Samarqandda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Kim u?
6 sentabr 2023, 17:32

Samarqandda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Kim u?

O‘zbekistonda tug‘ilgan Rustem Umerov Ukraina mudofaa vaziri etib tayinlandi. Uni Sharq, xususan, arab mamlakatlarida yaxshi obro‘ va e’tiborga ega shaxs deya ta’riflashadi. U Rossiya bilan tinchlik muzokaralari va asirlar almashinuvlarida qatnashgan. “Gazeta.uz” Umerovning tarjimai holini havola qiladi.

O‘zbekiston terma jamoasi yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi
6 sentabr 2023, 17:11

O‘zbekiston terma jamoasi yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha jahon chempioni bo‘ldi

Turkiyaning Istanbul shahrida o‘tkazilgan yong‘in-qutqaruv sporti bo‘yicha erkaklar o‘rtasidagi XVIII jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi g‘olib bo‘ldi.

Avgust oyida O‘zbekistonning ayrim hududlarida rekord miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi
6 sentabr 2023, 16:03

Avgust oyida O‘zbekistonning ayrim hududlarida rekord miqdorda yog‘ingarchilik kuzatildi

Odatda, avgust O‘zbekistonda eng qurg‘oqchil oy bo‘lsada, bu yil uning so‘nggi kunlarida ayrim hududlarda bir sutkalik yog‘ingarchilik miqdori oylik me’yordan bir necha marta ko‘p bo‘ldi. Umuman olganda, 2023-yilgi avgust oyi avvalgilariga qaraganda sovuqroq bo‘ldi.

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashining tarkibi yangilandi
6 sentabr 2023, 15:59

Prezident huzuridagi Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash kengashining tarkibi yangilandi

Prezident Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha jamoat kengashining yangilangan tarkibini tasdiqladi. Kengash a’zoligini Prezident administratsiyasining sobiq rahbari Sardor Umurzakov, investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Kudratov, Murad Buildings asoschisi va boshqalar tark etgan.

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi
6 sentabr 2023, 15:05

Jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilinganlarni ishga olganlarga subsidiya beriladi

1-oktabrdan jazoni ijro etish muassasalaridan ozod qilingan shaxslarni ishga olganlarga BHMning 3 baravari (990 ming so‘m) miqdorida bir martalik subsidiya beriladi. Ular kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitilib, maxsus tizim orqali ishga joylashtiriladi.

O‘zbekistondagi ko‘p kvartirali uylardagi liftlarni xatlovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda
6 sentabr 2023, 14:00

O‘zbekistondagi ko‘p kvartirali uylardagi liftlarni xatlovdan o‘tkazish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda 1-dekabrgacha barcha ko‘p kvartirali uylardagi mavjud liftlar xatlovdan o‘tkazish va aniqlangan kamchiliklar bartaraf etish taklif etilmoqda. Shuningdek, liftlar internetga imtiyozli narxlarda ulanishi mumkin.

Toshkentda qurilish ishlarini olib borish uchun 19 tup daraxtni quritishga urinishdi
6 sentabr 2023, 12:46

Toshkentda qurilish ishlarini olib borish uchun 19 tup daraxtni quritishga urinishdi

Toshkentda qurilish ishlarini olib borish maqsadida 19 tup daraxtning ildiz qismi drel yordamida teshilib, quritish uchun ichiga suyuqlik quyildi. Tabiatga 534,8 mln so‘m zarar yetgan. Holat bo‘yicha jinoyat ishi ochildi.

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
6 sentabr 2023, 12:23

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi

Uzbekistan Airways Toshkentdan Zominga to‘g‘ridan-to‘g‘ri qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi. Reyslar hafta davomida Toshkent−Zomin−Samarqand yo‘nalishida amalga oshiriladi.

Banklarda dollar kursi 12 200 so‘mga yaqinlashdi
6 sentabr 2023, 12:20

Banklarda dollar kursi 12 200 so‘mga yaqinlashdi

Tijorat banklari 6-sentabr kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 070−12 110 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 140−12 190 so‘m.

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi
6 sentabr 2023, 11:53

Toshkentda podyezdda qizga hujum qilgan erkak ushlandi

Toshkent shahar IIBB podyezdda qizga hujum qilgan 29 yoshli erkakning shaxsi aniqlangani va hibsga olinganini ma’lum qildi.

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi
6 sentabr 2023, 11:39

Buxoroda poyezd bilan to‘qnashgan yuk mashinasi haydovchisi halok bo‘ldi

Olot tumanida poyezd yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Oqibatda Howo haydovchisi voqea joyida halok bo‘ldi.

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi
6 sentabr 2023, 10:56

Farg‘onada tengdoshini pichoqlab o‘ldirishda gumonlangan 25 yoshli shaxs 2,5 oydan so‘ng ushlandi

Dang‘ara tumanida 21-iyun kuni 25 yoshli shaxs o‘z tengdoshini pichoqlab o‘ldirgani xabar qilingandi. Voqeadan ikki yarim oy o‘tib Farg‘ona IIB gumonlanuvchi ushlanganini ma’lum qildi.

Surxondaryoda 44,8 gektar yerdan 187,4 tonna paxta hosili olgan fermerga Cobalt topshirildi
6 sentabr 2023, 10:56

Surxondaryoda 44,8 gektar yerdan 187,4 tonna paxta hosili olgan fermerga Cobalt topshirildi

Oltinsoy tumanida “Botosh lochini” fermer xo‘jaligi 44,8 gektar paxta maydonidan 187,4 tonna hosil oldi. Shartnomaviy rejani 100 foiz bajargan fermerga Cobalt topshirildi.

Termizda kanalizatsiyadagi avariya sababli suv 3 kun davomida grafik asosida beriladi
6 sentabr 2023, 09:53

Termizda kanalizatsiyadagi avariya sababli suv 3 kun davomida grafik asosida beriladi

Termiz shahridagi kanalizatsiya tarmog‘ida sodir bo‘lgan yirik avariya tufayli ichimlik suvi ta’minoti uch kunga soat 8:00 dan 20:00 gacha to‘xtatildi. Qolgan vaqtlarda suv berilishi kerak.

Toqayev: Qozog‘iston zirhli mashinalar, dron va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishi kerak
6 sentabr 2023, 09:27

Toqayev: Qozog‘iston zirhli mashinalar, dron va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishi kerak

Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jomart Toqayev mamlakatda zirhli texnika, dronlar va o‘qotar qurollar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi kerakligi, davlat armiyasi gibrid urushlarga tayyor turishi kerakligini bildirdi.

“Aqlli” “bog‘ shahar”. Prezidentga Yangi Toshkentning bosh rejasi loyihasi taqdim etildi
5 sentabr 2023, 23:07

“Aqlli” “bog‘ shahar”. Prezidentga Yangi Toshkentning bosh rejasi loyihasi taqdim etildi

Prezident Yangi Toshkentning bosh rejasi loyihasi bilan tanishdi. Unda asosiy e’tibor “yashillik, qulaylik va tejamkorlik”ka qaratilgan. Shahar komponentlari loyihasi 20 ta xorijiy kompaniya tomonidan ishlab chiqilmoqda. “Odamlar birinchi o‘rinda bo‘lishi zarur”, — dedi Mirziyoyev.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting