Arxiv

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat san’atkorlarining konsertida ishtirok etdi (foto, video)
23 avgust 2024, 21:38

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat san’atkorlarining konsertida ishtirok etdi (foto, video)

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Toshkentda ikki mamlakat san’atkorlari konsertida qatnashdi. Farrux Zokirov va Po‘lat Bulbul o‘g‘liga “xalq artisti” faxriy unvonlari berildi. Foto, video.

OTMlarda yangi o‘quv yili 9-sentabrdan boshlanadi
23 avgust 2024, 20:42

OTMlarda yangi o‘quv yili 9-sentabrdan boshlanadi

O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili 9-sentabr, dushanba kunidan boshlanadi. Akademik litseylarda esa — 4-sentabrdan.

Yetti oyda gaz importi $983,7 mlnga yetdi, eksport $323 mlnni tashkil qildi
23 avgust 2024, 19:59

Yetti oyda gaz importi $983,7 mlnga yetdi, eksport $323 mlnni tashkil qildi

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, yanvar-iyul oylarida O‘zbekistonga gaz importi 983,7 mln dollarni tashkil etgan, bu 2023-yil yetti oyiga nisbatan qariyb 5 barobar ko‘p. Yil boshidan buyon “ko‘k yoqilg‘i” eksporti 323 mln dollardan oshdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan biroz kamroq.

Qator viloyatlarda erkaklar “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqoli uchun jarimaga tortildi
23 avgust 2024, 19:26

Qator viloyatlarda erkaklar “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqoli uchun jarimaga tortildi

O‘zbekistonning ayrim viloyatlarida sudlar erkaklarni “shaxsini identifikatsiya qilish imkonini bermaydigan” soqol qo‘ygani uchun jarimaga tortdi. Bu modda bilan asosan yuzini to‘liq yopadigan kiyim kiygan ayollar javobgarlikka tortiladi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi kelajagi biznesga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev
23 avgust 2024, 17:32

O‘zbekiston va Ozarbayjon hamkorligi kelajagi biznesga bog‘liq — Shavkat Mirziyoyev

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari ikki mamlakat ishbilarmon doiralari vakillari bilan uchrashdi. Shavkat Mirziyoyev biznes ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishning asosiy omiliga aylanishi kerakligini ta’kidladi. Davlat rahbarlari qo‘shma loyihalarni ishga tushirishda ham ishtirok etdi.

“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi
23 avgust 2024, 17:26

“O‘zenergoinspeksiya” hukumat bo‘ysunuviga o‘tkaziladi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi. Uning tarkibida Energiya samaradorligini oshirish departamenti va Energetika nazorati sohasini raqamlashtirish boshqarmasi ham tashkil etiladi.

Farrux Zokirov “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi
23 avgust 2024, 17:00

Farrux Zokirov “Ozarbayjon xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi

“Yalla” ansambli badiiy rahbari Farrux Zokirov Ozarbayjon xalq artisti bo‘ldi. Madaniyat vazirligiga ko‘ra, ozarbayjonlik san’atkor Po‘lat Bulbul o‘g‘li esa “O‘zbekiston xalq artisti” unvoni bilan taqdirlandi. “Buni nafaqat menga, balki xalqimizga ham ko‘rsatilgan hurmat deb bilaman”, — dedi Farrux Zokirov.

Zangiotada ro‘mol o‘rab, niqob taqqan ayol jarimaga tortildi (aniqlik kiritildi)
23 avgust 2024, 16:40

Zangiotada ro‘mol o‘rab, niqob taqqan ayol jarimaga tortildi (aniqlik kiritildi)

Zangiota tumanida ro‘mol o‘ragan va matodan niqob taqib yurgan ayol jamoat joyida yuzini berkitib yurganlik moddasi bilan jarimaga tortildi. U sudda mebel sexida ishlashini va changga allergiyasi borligi uchun niqob taqishini aytdi.

2025-yil O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiya yili bo‘ladi
23 avgust 2024, 16:32

2025-yil O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida iqtisodiy kooperatsiya yili bo‘ladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari 2025-yilni ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy kooperatsiya yili deb e’lon qilish hamda 20 ta asosiy yo‘nalish bo‘yicha dastur qabul qilishga kelishib oldi.

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi
23 avgust 2024, 15:45

O‘zbekiston va Ozarbayjon prezidentlari Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risida shartnoma imzoladi

O‘zbekiston va Ozarbayjon o‘rtasida qator hujjatlar, jumladan, Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma, mehnat faoliyati va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi hukumatlararo bitim, savdo-iqtisodiy va investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish rejasi va boshqalar imzolandi.

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (24−25-avgust)
23 avgust 2024, 14:50

Dam olish kunlari Toshkentda qayerlarga borish mumkin? (24−25-avgust)

Oltita yangi film premyerasi, ochiq havoda kino namoyishlari, Mocfest festivali, ko‘rgazmalar, kattalar va bolalar uchun ijodiy mahorat darslari, Respublika bolalar kutubxonasidagi ma’rifiy dasturlar, teatr tomoshalari va boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.

Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi
23 avgust 2024, 14:42

Yakshanba kuni havo biroz salqinlashadi

Dam olish kunlari O‘zbekiston bo‘yicha quruq va asosan kam bulutli ob-havo saqlanib turadi. Harorat shanbada +34…+37, yakshanba kuni esa +30…+33 daraja atrofida bo‘ladi. Farg‘ona vodiysining ayrim joylarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

“Ozarbayjon bilan ishonchli strategik hamkor edik, bugundan boshlab ittifoqdoshmiz” — Shavkat Mirziyoyev
23 avgust 2024, 14:33

“Ozarbayjon bilan ishonchli strategik hamkor edik, bugundan boshlab ittifoqdoshmiz” — Shavkat Mirziyoyev

Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Ozarbayjon rahbarlarining tor doiradagi uchrashuvi va Davlatlararo oliy kengashning birinchi majlisi o‘tkazildi. Shavkat Mirziyoyev Ittifoqchilik munosabatlari to‘g‘risidagi shartnoma imzolanishi haqida gapirib, bu galgi tashrif tarixiy voqea ekanini ta’kidladi.

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va boshqalar 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda
23 avgust 2024, 14:29

Qashqadaryoda hokim yordamchisi va boshqalar 1 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni talon-toroj qilishda gumonlanmoqda

Shahrisabz shahrida hokim yordamchisi kompaniyalar rahbarlari bilan birga fuqarolar nomiga 1 mlrd 173,6 mln so‘m kredit rasmiylashtirib, ularni talon-toroj qilgani aytilmoqda. Holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi
23 avgust 2024, 13:34

Qoraqalpog‘istondagi o‘tov Ginnesning rekordlar kitobiga kirdi

Prezident yaqinda tadbirkorlar bilan muloqot o‘tkazgan Nukus shahri “Oq qush” majmuasidagi o‘tov dunyodagi eng katta o‘tov sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritildi. Uning diametri 40,5 metrni tashkil qiladi.

Prezident Olimpiada sovrindorlarini mukofotladi
23 avgust 2024, 12:07

Prezident Olimpiada sovrindorlarini mukofotladi

Shavkat Mirziyoyev Parijdagi yozgi Olimpiya o‘yinlarida natijalarga erishgan sportchi va murabbiylardan bir guruhini orden va faxriy unvonlar bilan mukofotladi. Ro‘yxat.

“Sanksiyalarga qarshi kurashishda va oilamni himoya qilishda davom etaman” — Alisher Usmonov
23 avgust 2024, 11:29

“Sanksiyalarga qarshi kurashishda va oilamni himoya qilishda davom etaman” — Alisher Usmonov

Kelib chiqishi o‘zbekistonlik bo‘lgan milliarder Alisher Usmonov rossiyalik tadbirkorlarga qarshi sanksiyalarni “ulkan xato” deb atadi. Uning aytishicha, u sanksiyalarga qarshi kurashishda davom etmoqda va sanksiyalarga uchragan oilasini himoya qilmoqda.

Toshkentda yil boshidan beri ko‘proq qaysi idora xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani aytildi
23 avgust 2024, 11:24

Toshkentda yil boshidan beri ko‘proq qaysi idora xodimlari korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgani aytildi

Poytaxtda asosan huquqni muhofaza qiluvchi organlari, oliy, xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim, sog‘liqni saqlash idoralarida ishlovchi shaxslar korrupsiyaviy jinoyatlar sodir etgan. Jinoyat ishlari tergovi doirasida 93 nafar shaxs jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Diyora Keldiyorova gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi
23 avgust 2024, 10:22

Diyora Keldiyorova gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakil bo‘ldi

Dzyudo bo‘yicha 2024-yilgi Olimpiada chempioni Diyora Keldiyorova Ijtimoiy himoya milliy agentligining gender tengsizligi va bolalarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha maxsus vakili lavozimiga tayinlandi.

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga nisbatan jarima qo‘llandi
23 avgust 2024, 10:18

“Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi”ga nisbatan jarima qo‘llandi

Raqobat qo‘mitasi “Toshkent yo‘lovchi vagonlarini qurish va ta’mirlash zavodi” AJ “Raqobat to‘g‘risida”gi qonunning 29-moddasi talablarini buzgani haqida xabar berdi. Korxonaning 2,8 mlrd so‘mdan ortiq tender savdolari yuzasidan o‘rganish olib borilgan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting