O‘zbekistonning tabiiy suv havzalarida sport-ishqibozlik turida hamda sanoat usulida baliq ovlash tartibi belgilandi. Unga ko‘ra, yoyma to‘rlar, elektr qarmoq, tuzoqsimon to‘rlar va boshqa baliq ovlashning brakonerlik qurollaridan foydalanish hamda 16-apreldan 31-maygacha baliq ovlash taqiqlandi.
Qarshi shahrida 2026-yilgacha 50 o‘ringa mo‘ljallangan hududlararo hospis quriladi. Bu prezident qarorida ko‘zda tutilgan.
So‘nggi bir oyda Toshkent shahridagi IQAir havo sifati datchiklari soni ikki baravardan ko‘proqqa ko‘paydi. “Gazeta.uz”dan tashqari ular BMTTD, IMPACT.T, korzinka.uz, Safia va boshqalar tomonidan o‘rnatildi. Uzum va “Kapitalbank” yil oxirigacha 50 ta datchikdan iborat tarmoq yaratilishini ma’lum qildi.
Toyloq tumanida aholi xonadonlariga yetkazib berilgan suyultirilgan gaz sotuvidan tushgan 346,9 mln so‘mni bank kassasiga kirim qilmasdan o‘zlashtirganlikda gumonlanib 4 nafar shaxs qo‘lga olindi.
Ashraf Xodjayev O‘zbekistonning Qatardagi birinchi elchisi etib tayinlandi. U bunga qadar TIV departamenti direktori bo‘lib ishlab kelayotgandi.
Yangiyo‘l shahri, Yangiyo‘l va Quyi Chirchiq tumanlarida 10 ga yaqin Cobalt`ning shinalarini yechib ketib, ularni sotgan 3 yigit qo‘lga olindi.
Farg‘ona viloyatining ikki hududida 5 nafar fuqaro xonadonlarida kriptoaktiv va mayning qurilmalarini elektr tarmog‘iga noqonuniy ulab olgani aniqlandi. Ular davlatga jami 7 mlrd so‘mdan ortiq zarar yetkazgan.
Senatorlar Markaziy saylov komissiyasining 21 nafar a’zosidan 14 nafarini o‘z arizalariga ko‘ra vakolatini tugatish va 2 nafar yangi a’zo saylash bo‘yicha qaror qabul qildi. Buning ortidan MSK a’zolari soni 9 nafargacha tushdi.
O‘zbekistonda Infratuzilmani rivojlantirish injiniring kompaniyasi tashkil etildi. U maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim va ixtisoslashtirilgan maktablarni qurish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash bo‘yicha buyurtmachi vazifasini bajaradi.
IIV Qashqadaryoda aldov yo‘li bilan yuzlab fuqarolarning salkam 6,5 mlrd so‘mini o‘zlashtirgan shaxslar qidirilayotganini ma’lum qildi. Ularga nisbatan sirtdan qamoq ehtiyot chorasi tayinlangan.
Har yili 9-fevralda davlat arbobi, shoir va mutafakkir Alisher Navoiyning tavallud kuni nishonlanadi. O‘zbekistonda uning sharafiga haykallar o‘rnatilgan, nomi ko‘chalarga va Toshkent metrosidagi bekatlardan biriga qo‘yilgan. “Gazeta.uz” ushbu bekat qurilishi tarixini uning me’mori tilidan hikoya qiladi.
Toshkent xalqaro aeroportida terminalni kengaytirish ishlari sabab kuzatuvchilarning jo‘nab ketish zaliga kirishi cheklandi. Yo‘lovchilarni tushirish/olish uchun terminal oldida estakada o‘rnini bosuvchi alohida yo‘lak ajratildi. Estakada esa binoning bir qismiga aylanadi.
Senat pensiyaning minimal miqdori eng kam iste’mol xarajatlari darajasidan oz bo‘lmasligini belgilovchi qonunni ma’qulladi. Hujjat bilan pensiyalar miqdorini yil davomida iste’mol narxlari indeksi darajasining o‘sish sur’atlarini inobatga olib oshirib borish tartibi ham belgilanmoqda.
Toshkent fotosuratlar uyida Fotorassomlar shu’basi a’zolarining hisobot va havaskor fotograflarning qo‘shma ko‘rgazmasi ochildi. 4 xonadan iborat ekspozitsiya zalida 100 dan ortiq ijodkorlarning 800 ga yaqin ishlari qo‘yilgan. Ko‘rgazma 13-fevralgacha davom etadi.
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi litsenziyasi bekor qilingan xususiy OTMlarning talabalari o‘qishni boshqa universitetga ko‘chirishi mumkinligini ma’lum qildi. Hozirgacha 5 ta xususiy universitetning litsenziyasi bekor qilingan, 1 tasining litsenziyasini bekor qilish bo‘yicha sud jarayoni davom etmoqda.
Xitoy Rossiyani quvib o‘tib, O‘zbekistonning asosiy savdo sherigiga aylandi, shunga qaramay, ikki davlat ham savdodagi ulushini oshirdi. Rossiya va Xitoydan import ko‘paydi, biroq ushbu bozorlarga O‘zbekiston mahsulotlari kamroq yetkazib berilmoqda. Qozog‘iston va Qirg‘iziston bilan savdo aylanmasi ham pasaygan.
100 mln so‘mga oshirilgan mikroqarz chegarasi, Amirsoyda chang‘i uchgan prezidentlar, tadbirkorlar uchun yana bir soliq imtiyozi, 17 foizga oshgan o‘rtacha ish haqi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Argentina parlamenti a’zolari prezident Xaver Mileyning tub islohotlar paketini qabul qilmadi va hujjatni ko‘rib chiqish uchun qaytardi. Rejalashtirilgan islohotlar tufayli mamlakatda keng ko‘lamli norozilik namoyishlari boshlandi.
Shavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukashenko Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanidagi “Amirsoy” tog‘ dam olish maskanida bo‘ldi. Ular birgalikda chang‘i uchdi. Foto.
Qozog‘iston hukumati tibbiyot muassasalarida niqob rejimini joriy qildi, shuningdek, undan odamlar gavjum joylarda ham foydalanishni tavsiya qildi. Ushbu chora mamlakatda COVID-19, qizamiq va boshqa o‘tkir respirator virusli infeksiyalar tarqalishini to‘xtatish maqsadida ko‘rildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting