O‘zbekiston hududlarida yo‘llarga bolalarning maketlarini o‘rnatish xavfsizlikni ta’minlashning yechimi sifatida ko‘rilishda davom etmoqda. Bu galgi holat Toshkent viloyatining Bo‘ka tumanida sodir bo‘ldi. Mutaxassislar buni nafaqat foydasiz, balki zararli deb atamoqda. Foto.
O‘zbekistonda 2023-yilda o‘rtacha nominal ish haqi 17,2 foizga oshdi — 4,55 mln so‘m. O‘sish sur’ati 2021−2022-yillarga nisbatan pastroq bo‘ldi. Poytaxt va viloyatlar o‘rtasidagi ish haqi farqi o‘sishda davom etmoqda. Eng past ish haqi hamon sog‘liqni saqlash va ta’lim sohasida saqlanib qolmoqda.
2024-yilning yanvari dunyo bo‘ylab mazkur oy uchun rekord darajada issiq kechdi. Olimlar, shuningdek, bu yanvar ketma-ket sakkizinchi eng issiq oy bo‘lganini ta’kidlamoqda — rekord darajalar 2023-yil iyunidan beri qayd etilyapti.
Davlat yong‘in nazorati organlariga tadbirkorlarga tegishli obyektlarda o‘tkazilgan tekshirishlar natijasida aniqlangan huquqbuzarliklar yuzasidan ma’muriy jazolarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash vakolati berilmoqda. Senat qonunni maqulladi.
USAID`ning gender tenglik va xotin-qizlarning imkoniyatlarini kengaytirish bo‘yicha bosh muvofiqlashtiruvchisi Jamila Bijio IT sohasida ishlayotgan o‘zbekistonlik ayollar bilan uchrashdi. Unda USAID tomonidan moliyalashtirilgan Tumaris.Tech va FoundHer loyihalari natijalari muhokama qilindi.
Sakkizta film premyerasi, ko’rgazmalar, spektakllar, konsertlar, ijodiy mahorat darslari, bolalar uchun shou-dasturlar va dam olish kunlaridagi boshqa tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Qonunchilik palatasi deputatlari Markaziy saylov komissiyasining 14 nafar a’zosi vakolatlarini tugatish va 2 nafar yangi a’zoni saylash bo‘yicha qarorlar qabul qilib, Senatga yubordi. Amaldagi qonunchilikda MSK parlament palatalari tomonidan 9 nafar a’zodan iborat tarkibda tuzilishi belgilangan.
Akmal Rasulov Toshkent shahri Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi. Shu paytga qadar u boshqarma raisi o‘rinbosari sifatida ishlab kelayotgandi.
Senat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga yong‘inlar profilaktikasi samaradorligini oshirishga qaratilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish haqidagi qonunni ko‘rib chiqib, ma’qulladi. 2023-yilda mamlakatda 10 ming 204 ta yong‘in yuz berib, unda 251 fuqaro jabrlangan, shundan 79 nafari vafot etgan.
Senat ma’qullagan qonunga ko‘ra, Bolalar ombudsmaniga rahbarlar va boshqa mansabdor shaxslar tomonidan darhol qabul qilinish huquqi berilmoqda. Shuningdek, bolalarga taalluqli masalalarga doir qonunchilik hujjatlari loyihalari Bola huquqlari bo‘yicha vakil bilan kelishilishi majburiy bo‘ladi.
Sayyohlik markazi qurish uchun buzilishi kutilayotgan Buxoro viloyati hokimligi binosi — me’mor Richard Blez loyihasi bo‘yicha qurilgan so‘nggi yirik inshoot. Alerte Héritage`ga ko‘ra, hududdagi har qaysi rekonstruksiya binoni saqlab qolish va “atrofdagi inshootlarga hurmat bilan yondashuv”ni o‘z ichiga olishi kerak.
Yunusobod tumanidagi sobiq “Poytaxt” biznes markazining rekonstruksiya ishlari olib borilayotgan binosida yong‘in sodir bo‘ldi. Uni 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji bartaraf etdi. FVV hodisa oqibatida jarohat olgan va halok bo‘lganlar yo‘qligini bildirdi.
Senat tadbirkorlarga tashkil etgan yangi ish o‘rinlariga qarab ayrim soliq imtiyozlari berilishini ko‘zda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Bunda “20 ming tadbirkor — 500 ming malakali mutaxassis” dasturiga kiritilgan tadbirkorlar soliqlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lashi mumkin.
Senat mikroqarzning maksimal miqdorini 50 mln so‘mdan 100 mln so‘mgacha oshirishni nazarda tutuvchi qonunni ma’qulladi. Shuningdek, hujjat bilan qarzdorda majburiyatlarini to‘lash uchun mablag‘ yetarli bo‘lmaganda asosiy qarzni to‘lashga ustuvorlik berilishi nazarda tutilmoqda.
Chilonzor tumanidagi bekatlarning birida 131-sonli King Long avtobusi va 99-sonli Yutong avtobusi to‘qnashdi. YTHga haydovchilardan birining yonlama oraliq masofani saqlamagani sabab bo‘lgan. Yo‘lovchilar orasida jarohat olganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
O‘zbekistonda 10−11-fevral kunlari quruq va juda iliq ob-havo saqlanib turadi. Harorat kechasi +3…+8, kunduzi +15…+20 daraja iliq bo‘ladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Toshkent, Samarqand va Buxoroda fuqarolarni noqonuniy yo‘llar bilan AQShga jo‘natish bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi.
O‘zbekistonda 1-sinf o‘quvchilariga fevral oyida qo‘shimcha bir hafta ta’til beriladi. Uning sanasini har bir maktabning o‘z pedagogik kengashi belgilaydi.
Qatar Airways 2-iyundan Doha — Toshkent — Doha yo‘nalishida parvozlarni yo‘lga qo‘yadi. Reyslari haftasiga 4 marta — dushanba, chorshanba, juma va yakshanba kunlari amalga oshiriladi. “Biz uchun bu darajadagi yirik aviakompaniyaning Toshkent aeroportiga parvoz qilishi juda muhim” deya ta’kidladi Uzbekistan Airports.
Yanvar oyida hududlarda 94 mlrd 542 mln so‘mlik elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanilgani aniqlandi. Holatlar bo‘yicha mingga yaqin ma’muriy ish rasmiylashtirildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting