Prezident bosh vazirga O‘zbekistonda 2025-yildan Ai-80 benzinidan voz kechish masalasini uzil-kesil hal qilishni topshirdi. Bundan tashqari, og‘ir yuk mashinalari, 10 yildan oshgan avtomobillar hamda Yevro-4 standartidan past yonilg‘ini ishlatishning atrof-muhitga zararini kamaytirish mexanizmlari ishlab chiqiladi.
O‘zbekiston prezidenti bosh vazir o‘rinbosari Achilbay Ramatov va boshqa mas’ul rahbarlarga Toshkent shahridagi tirbandliklar muammosini hal etish bo‘yicha takliflar tayyorlashni topshirdi. “Barcha rahbarlar „Shahar — piyodalar uchun“ shiorini o‘zining asosiy tamoyiliga aylantirishi kerak”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.
“O‘zbekistonda jamoat transporti haligacha odamlarga sifatli xizmat ko‘rsatadigan tizimga aylangani yo‘q. Qamrov bor-yo‘g‘i 25 foiz ekani — tizimga berilgan baho”, — deb ta’kidladi prezident. 2024-yilda hududlar uchun 1200 ta avtobus va elektrobus xarid qilinadi.
Ekologiya vazirligi aerokosmik tasvirlar orqali 5 va undan katta yoshli 254 mln dan ortiq daraxtning raqamli xaritasini tuzdi. 200 mingdan ortiq daraxt xatlovdan o‘tkazilib, ma’lumotlar elektron platformaga kiritildi. Toshkent shahrida esa daraxtlar sinov tariqasida pasportlashtiriladi.
O‘zbekiston prezidenti qurilishni “korrupsiyasiz soha”ga aylantirish choralarini ma’lum qildi. Shu maqsadda 1-iyuldan boshlab barcha qurilish shartnomalari raqamlashtiriladi, pudratchilarning ishlari faqat elektron hisob-faktura asosida moliyalashtiriladi va boshqa chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Prezident 2023-yilda 16 ta tumanda birorta ko‘p qavatli uy-joy qurilmagani, hokimlar buni reja ham qilmaganini aytdi. Bosh vazirga mazkur tumanlar hokimlarining lavozimiga loyiqligini ko‘rib chiqish topshirildi.
Prezident qurilish loyihasi, tender, obyektni qabul qilishda korrupsiya uchrab turgani, ayrim quruvchi tadbirkorlar yashirin ishlashga majbur bo‘layotganini aytdi. Endi qurilish ishlarida “resurs usuli”dan voz kechilib, “hajm usuli”ga o‘tiladi. Unda pudratchidan yakuniy natija so‘raladi.
O‘zbekistonda 2023-yilda 4 mingga yaqin noqonuniy qurilish holati aniqlandi. Shuningdek, so‘nggi ikki yilda ko‘p qavatli uylarga tutash maydonlarda 7 mingdan ortiq o‘zboshimcha qurilish bo‘lgan, yana 5 mingta holatda umumiy foydalanishdagi joylar to‘sib olingan.
Qurilish vazirligida Loyiha ofisi tuziladi. U qurilishda loyihalashtirishni tartibga solish maqsadida tashkil etilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev havo ifloslanishining oldini olish bo‘yicha ilmiy taklif va hisob-kitoblar qilinmayotgani bo‘yicha tegishli vazirlik, idoralar faoliyatidagi qoloqliklarni tanqid qildi.
O‘zbekistonning asosiy qismida dushanba va seshanba kunlari yog‘ingarchilik kuzatiladi. Chorshanbadan Toshkent viloyati va vodiydan tashqari respublikaning katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kechalari 0…-5, shimolda −10…−15, kunduzi −3…+5 daraja bo‘ladi.
Iqtisodiyot va moliya vazirining o‘rinbosari bo‘lib ishlagan Adiz Boboyev Hisob palatasi raisi lavozimiga tayinlandi. Mehriddin Abdullayev esa raisning birinchi o‘rinbosari bo‘ldi.
Dushanba kuni soat 10:20 dan Kitob tumanidan o‘tgan M-39 avtomobil yo‘lining “Taxtaqoracha” dovoni avtomobillar harakati uchun vaqtincha yopildi. Bunga kuchli qor yog‘ayotgani sabab bo‘lgan.
Prezident o‘z tizimida kamchiliklarga yo‘l qo‘ygani uchun transport vaziri Ilhom Mahkamov, uning birinchi o‘rinbosari Mamanbiy Omarov, IIV YHXB boshlig‘i Olim Saidov va “Toshshahartransxizmat” AJ raisi Anvar Jo‘rayevga hayfsan e’lon qilib, oxirgi ogohlantirish berdi.
Ko‘p miqdordagi pullarni o‘zlashtirishda ayblanib, 8 yildan buyon qidiruvda bo‘lgan ayol Turkiyadan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Uning harakatlaridan jabr ko‘rgan fuqarolardan Istanbuldagi bosh konsulxonaga yoki IIVga murojaat qilishlari so‘raldi.
“Gazeta.uz” xotin-qizlar haqidagi stereotiplarni parchalab, ilmiy, ma’rifiy-siyosiy faoliyati bilan tarixda qolgan ayollar haqidagi hikoyalarni davom ettiradi. Bu galgi qahramon — dunyoning eng birinchi harbiy uchuvchi ayoli, faoliyati davomida 22 xil uchoqda 8000 soatdan ko‘proq parvoz qilgan Sabiha Go‘kchen.
Amir Temur haykali — Toshkentning ajralmas ramzlaridan biri. Tayyorlanishida prezident Islom Karimov ham qatnashgan ushbu haykal tarixi haqida “Gazeta.uz” muxbiri Mirolim Isajonov uning mualliflaridan biri, akademik haykaltarosh Ilhom Jabborov va taniqli jurnalist Mamatqul Hazratqulov bilan suhbatlashdi.
Toshkentda ikki vayner ayol eridan kaltak yeb, ota uyiga borganda otasi ham bunga qizining o‘zini aybdor qilib, ortga qaytarib yuborgani aks etgan video ishlagandi. Sud buni tazyiq, zo‘ravonlik va jins bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qiluvchi mahsulot deb topib, ularga nisbatan 15 sutka qamoq jazosini tayinladi.
Shayxontohur tumanida KIA va Malibu mashinalari ishtirokida YTH bo‘ldi. Haydovchilarning biri jarohat olib, shifoxonaga yotqizildi.
Marg‘ilon shahrida bir xonadonda istiqomat qilib kelgan er-xotin, ularning qizi va uch nafar nabirasi is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting