Toshkent shahrida Monza, Cobalt, Spark va skuter ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Hodisada hech kim jarohat olmadi. Avtomobillar texnik shikastlandi.
AQSh Adliya vazirligi Google’ni majburan bir necha qismlarga bo‘lish hamda Android operatsion tizimi va Chrome brauzeridan mahrum qilish variantini ko‘rib chiqmoqda. Avvalroq sud kompaniyani qidiruv tizimlari bozorida monopolist deb topgandi.
Tailand konstitutsiyaviy sudi bosh vazir Settha Thavisinni axloq qoidalarini buzgani sababli lavozimidan chetlatish uchun ovoz berdi. U o‘z idorasiga o‘tmishda korrupsiya ishi bo‘yicha sudlangan advokatni tayinlagan.
Toshkentdagi “L-Parkentskiy-1” elektr tarmog‘i va “Lafarga” podstansiyasida nosozlik yuzaga keldi. Buning oqibatida ikkita tumandagi 3 mingdan ortiq iste’molchi elektr ta’minotidan uzildi. Hudud aholisi 4−5 soatdan buyon chiroq yonmayotganidan shikoyat qilmoqda. Energetika vazirligi noqulaylik uchun uzr so‘radi.
Organ xodimlari videosini tarqatish haqidagi qonunni ko‘rib chiqayotgan Senat, Abdulaziz Komilovning O‘zbekiston tashqi siyosati haqidagi maqolasi, kambag‘allikka qarshi kurashish bo‘yicha yangicha tizim, Buxorodagi amaldorlarni tanqid qilgan prezident va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Namanganda aholi tinchligini buzib, bezorilik qilayotgan fuqaro holatning oldini olishga kelgan ikki nafar IIB xodimini pichoq va yog‘och bilan jarohatladi. U qo‘lga olindi, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Asakadagi 37-maktabda o‘qituvchilar og‘ir qurilish ishlariga jalb qilingani, ish jarayonida o‘qituvchilardan biri jarohatlangani xabar qilingandi. Ma’lum bo‘lishicha, o‘qituvchilar dars soatlari qisqarib ketishidan qo‘rqib, majburiy mehnatga rozi bo‘lgan. Maktab direktori 35 mln so‘m jarimaga tortildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya tizimi qayta ko‘rib chiqiladi. Har yili 50 ta mahalla tanlab olinib, kambag‘allik va ishsizlikdan xoli hududga aylantiriladi. Shuningdek, bu hokim yordamchilarining asosiy vazifasiga aylanadi. Ehtiyojmandlarni ishga olgan tadbirkorlarga soliq imtiyozlari beriladi.
Buxoro viloyatida 160 ta davlat muassasasida 5 ming nafar rahbar xodim ishlaydi, ularning ish haqi uchun har yili budjetdan 455 mlrd so‘m (har bir xodimga o‘rtacha 7,58 mln so‘m) ajratiladi, dedi prezidenti. Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimiga ular uchun KPI belgilashni topshirdi.
SSV yangi o‘quv yili oldidan maktab sumkalarini tanlashda nimalarga e’tiborli bo‘lish va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi. “Noto‘g‘ri tanlangan va foydalanilgan ryukzaklar umurtqa pog‘onasi va mushaklar uchun ortiqcha yuklamani keltirib chiqaradi, bu skolioz rivojlanishi xavfini oshiradi”.
O‘FA birinchi vitse-prezidenti Ravshan Ermatovning otasi, hakamlik va nazoratchilik faoliyati bilan o‘zbek futboli rivojiga hissa qo‘shgan Sayfiddin Ermatov 71 yoshida vafot etdi. U 1982-yilda tug‘ilgan futbolchilardan iborat O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi bosh murabbiyi ham bo‘lgan.
Senatning navbatdagi yalpi majlisi 15-avgust kuni bo‘lib o‘tadi. Unda huquq-tartibot idoralari xodimlari faoliyatiga oid tasvirlarni “obro‘sizlantirish maqsadida” tarqatganlik uchun jazoni nazarda tutuvchi o‘zgartirish ham ko‘rib chiqiladi. Yuqori palata mazkur hujjatni haligacha ko‘rib chiqmagandi.
Prezident faktoring xizmatlari bozorini rivojlantirishga oid farmon imzoladi. 2025-yildan kredit tashkilotlari faktoring shartnomalari bo‘yicha sotib olingan pul talabnomalarini qayta sota (refaktoring) oladi, mijoz kontragenti norezident bo‘lsa, operatsiyalarni xorijiy valyutada qilishga ruxsat etiladi.
O‘zbekiston dunyoda 100 foiz omonat kafolati hali ham amal qiladigan kam sonli davlatlardan biridir. Markaziy bank kafolat chegarasini 200 mln so‘m etib belgilashni, kompensatsiya berish muddatini qisqartirishni va boshqalarni taklif qilmoqda. To‘liq kafolat avval ochilgan depozitlar uchun saqlanib qoladi.
Xorijiy va xususiy oliygohlardan davlat OTMlariga o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha test sinovlari 19−20-avgust kunlari bo‘lib o‘tadi. Sinovlar 2 ta mutaxassislik va 3 ta majburiy fan bo‘yicha o‘tkaziladi.
Miya faoliyati va uyquni yaxshilaydi, yallig‘lanishlar va surunkali kasalliklar rivojlanish xavfini kamaytiradi, immunitetni oshirib, stressni kamaytiradi, infeksiyalarning oldini oladi — yalangoyoq yurishning 6 ta eng muhim foydasi haqida.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kishida 2024-yil sentabr oyida bo‘lib o‘tadigan hukmron partiya raisi saylovlarida ikkinchi muddatga nomzodini ko‘rsatmaydi va shu tariqa hukumat rahbari lavozimini tark etadi. Bunday qarorni u qator siyosiy mojarolar fonida qabul qildi.
Raqobat qo‘mitasi Orient Group Management va O‘zbekiston-O‘mon investitsiya kompaniyasiga (UzOman) qarshi ish qo‘zg‘atdi, ularning har biri Highway Logistics Center aksiyalarining 45 foizdan ortig‘iga egalik qilishi aniqlandi. Kompaniyalar monopoliyaga qarshi qonunchilikni buzgani uchun jarimaga tortildi.
Parij-2024 yozgi Olimpiada o‘yinlarida qatnashgan bokschi Sitora Turdibekovaga 1 xonali uy sovg‘a qilindi. Hokimlikning “Gazeta.uz”ga aniqlik kiritishicha, xonadon tadbirkor tomonidan berilgan. Sportchi jinsi bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan tayvanlik bokschi Lin Yu Ting bilan jang qilib, yutqazgandi.
“Andijon” futbol klubi a’zosi Marlen Chobanov “Bunyodkor” stadionida Milliy gvardiya xodimi talabiga bo‘ysunmay, u bilan janjallashdi. Futbolchiga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting