Yevropa Ittifoqida qazib olinadigan yoqilg‘idan chiqadigan karbonat angidrid (CO2) emissiyasi o‘tgan yili so‘nggi 60 yildagi eng past darajaga tushdi. Bu natijaga asosan “yashil” energiyadan foydalanish hisobiga erishildi.
Prezident qaroriga ko‘ra dorilar bilan bog‘liq xavf-xatarlarni aniqlash va ularga javob berishga qaratilgan farmakologik nazorat tizimi yaratiladi. Dorilarning teleradiokanallardagi reklamasi SSV tomonidan tasdiqlanadi. Dori omborlarida zarur saqlash amaliyoti (GSP) majburiy bo‘ladi.
Yangi tashkil etilgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasining hududiy boshqarmalariga boshliqlar tayinlandi. Ular orasida vazir, sobiq hokimlar, hokim o‘rinbosarlari, boshqarma boshliqlari va boshqalar bor. Ro‘yxat.
YTTB O‘zbekiston uchun yangi besh yillik strategiyani tasdiqladi. Undagi asosiy ustuvorliklarga dekarbonizatsiya, suvni tejash va qayta tiklanadigan energiya manbalarini qo‘llab-quvvatlash, xususiy sektorni rivojlantirish, iqtisodiy boshqaruv va ishbilarmonlik muhitini yaxshilash kiradi.
Toshkent shahrida 2023-yil davomida jamoat avtobuslari kuniga o‘rtacha 662,3 mingdan ortiq yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatdi. Umumiy hisobda yil davomida avtobuslardan 241,7 mln marta foydalanildi.
Shanba kuni O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq va nam havo massalari kirib kelib, ayrim joylardagina yog‘ingarchilik bo‘ladi. Harorat kechasi −2…−5 darajagacha pasayadi, kunduzi +10 darajagacha yetadi. Yakshanbada yomg‘ir respublikaning barcha hududlariga tarqaladi. Tog‘li hududlarda qor ko‘chishi xavfi bor.
Shvetsiyaning NATOga a’zo bo‘lishi haqidagi hujjat Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdog‘an tomonidan imzolandi. Shvetsiyaning alyansga qo‘shilish arizasini ratifikatsiya qilmagan faqatgina Vengriya qoldi.
Buvayda tumanida maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchasi uchun ajratilgan 25 sotix yerni hujjatlarsiz 160 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs qo‘lga olindi.
Sardor Rustamboyev O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi etib tayinlandi. U 2018-yildan buyon mamlakatning Fransiyadagi elchisi sifatida ishlab kelayotgandi.
Poytaxtda sanitar holati talab darajasida bo‘lmagan 80-sonli avtobuslardan biri yo‘nalishga chiqarilgani aniqlandi. Xizmat vazifasiga sovuqqonlik bilan qaragan navbatchi mexaniklarga o‘rtacha oylik maoshining 20 foizi miqdorida jarima qo‘llanildi.
Andijon viloyati Shahrixon tumanidagi kiyim-kechak bozorida kuchli yong‘in sodir bo‘ldi. Voqea joyiga 20 ta qutqaruv brigadasi yetib kelgan, yong‘in ikki soatdan ko‘proq vaqt davomida o‘chirilgan. Jabrlanganlar yo‘q.
Yaponiya sudi 2019-yilda Kyoto Animation anime studiyasiga o‘t qo‘yishda ayblangan shaxsni o‘limga hukm qildi. Yong‘in oqibatida 36 kishi halok bo‘lgan, 30 dan ortiq kishi jarohatlangandi. Voqea mamlakatdagi eng dahshatli qirg‘inlardan biriga aylangan. Sudlanuvchi studiya uning ishini o‘g‘irlagan deb hisoblagan.
2024-yil 1-apreldan boshlab chiqindilarni to‘plash va olib chiqib ketish xizmatlari uchun nol stavka bo‘yicha soliq solish bekor qilinadi. Sanitar tozalash narxlari qiymatiga 12 foiz QQS solinadi. Bu Toshkent shahrida 8400 so‘mni tashkil qiladi.
Prezidentga sovg‘a qilingan BYD avtomobili, Toshkentda yo‘lga qo‘yilishi mumkin bo‘lgan kanat transporti, 14 foiz darajada qoldirilgan asosiy stavka va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Bir necha yil ichida Afrika tez kengayib borayotgan terrorizmning global markaziga aylanib qoldi, dedi BMT rahbari. U xalqaro hamjamiyatni bu “jahannamga qarshi u nazorat ostidan chiqib ketmay turib, hozir kurashishga” chaqirdi.
Toshkent shahri va Samarqand viloyatida fuqarolarni AQSh, Kanada va Fransiyaga jo‘natishni va’da qilganlar qo‘lga olindi. Ular xizmatlari uchun 32 ming dollargacha pul talab qilgan.
Samarqanddan Urganchga olib borilgan sement qoplaridan 9,7 kilogramm opiy topildi. Ma’lum bo‘lishicha, giyohvandlik moddasi Tojikistondan olib o‘tilgan.
Toshkent shahrida havoning PM2,5 zarralari bilan ifloslanganlik darajasi ertalab JSST tavsiya qilgan me’yordan 21 baravar oshib ketgandi (104,8 mkg/m3). Kunning ikkinchi yarmida boshlangan yomg‘irdan keyin havo sifati “zararli"dan “o‘rtacha” darajaga ko‘tarildi va PM2,5 ko‘rsatkichi 30 dan pastga tushdi.
Prezident SANY kompaniyasining Qoraqalpog‘istonda shamol elektr stansiyasi qurish bo‘yicha rejalarini qo‘llab-quvvatladi. Shuningdek, u CSG rahbariyati bilan energetik xavfsizlikni ta’minlash va energiya tarmoqlarida yo‘qotishlarni kamaytirish standartlarini joriy etish masalalarini muhokama qildi.
Saudiya Arabistonida uzoq yillardan beri ilk bor spirtli ichimliklar do‘koni ochiladi. U yerda musulmon bo‘lmagan davlatlarning diplomatlari ichimlik sotib olishi mumkin bo‘ladi. Shu orqali rasmiylar diplomatik vakolatxonalar pochta orqali keladigan spirtli ichimliklarning noqonuniy savdosiga qarshi kurashmoqchi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting