Arxiv

“Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik tadbirkor yana bir yaroqsiz doriga ruxsat olish uchun $33 ming berganini tan oldi
17 avgust 2023, 12:56

“Dok-1 Maks” ishi: Hindistonlik tadbirkor yana bir yaroqsiz doriga ruxsat olish uchun $33 ming berganini tan oldi

Chorshanba kuni “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudda ayblanuvchi xindistonlik tadbirkor yaroqsiz va hujjatlari shubhali “Kuraraks” dorisini O‘zbekistonda ro‘yxatdan o‘tkazish ishlari uchun mas’ul davlat tashkilotida ishlovchi amaldorga 33 ming dollar berganini tan oldi.

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi
17 avgust 2023, 12:34

Ayrim banklarda dollar kursi 12 150 so‘mga yetdi

Tijorat banklari 17-avgust kuni aholidan 1 AQSh dollarini 12 030−12 060 so‘mdan sotib olmoqda, sotuv kursi esa 12 100−12 150 so‘m.

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi
17 avgust 2023, 12:22

2022-yilda O‘zbekistonning davlat qarzi YAIMga nisbatan 36,4 foizgacha pasaydi

O‘zbekistonning davlat qarzi qoldig‘i 2023-yil 1-yanvar holatiga 29,2 mlrd dollarni yoki yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,4 foizni tashkil etdi. Qarz 2022-yilda 2,9 mlrd dollarga oshgan bo‘lsa-da, YAIM 11,1 mlrd dollarga o‘sgani tufayli davlat qarzining YAIMga nisbati pasaygan.

Qashqadaryoda egizak tuqqan 19 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi
17 avgust 2023, 11:28

Qashqadaryoda egizak tuqqan 19 yoshli ayol tug‘uruqxonada vafot etdi

Qashqadaryo viloyatida 19 yoshli ayol egizak farzand tuqqanidan so‘ng 8 kun o‘tib, ahvoli yomonlashib, reanimatsion davo tadbirlariga qaramasdan vafot etdi.

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi
17 avgust 2023, 10:50

19 yoshli erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov JCHda bronza medalini oldi

O‘zbekistonlik erkin kurashchi Nodirbek Jumanazarov yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida 3-o‘rinni egalladi. Medal uchun kechgan so‘nggi bahsda u hindistonlik raqibini 10:0 hisobida mag‘lub etdi.

Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi
17 avgust 2023, 10:05

Yunusobod tumanining ayrim joylarida issiq suv ta’minoti o‘chirildi

17-avgust kuni Toshkent shahri Yunusobod tumanining ayrim hududlarida issiq suv ta’minoti o‘chiriladi. Veolia Energy Tashkent ma’lum qilishicha, ta’minot taxminan soat 23:00 da qayta tiklanadi.

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi
17 avgust 2023, 09:29

“Manchester Siti” UEFA Superkubogi g‘olibi bo‘ldi

2023-yilgi mavsumning UEFA Superkubogi uchun o‘tkazilgan o‘yinda “Manchester Siti” penaltilar seriyasida “Sevilya”ni mag‘lub etib, kubokni qo‘lga kiritdi. Shu tariqa “shaharliklar” o‘z tarixida ilk bor UEFA Superkubogida g‘olib bo‘ldi. Foto.

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi
17 avgust 2023, 09:06

“Toshkent-Sharqiy” aeroporti hududi 130 gektarga qisqartiriladi

Loyiha bo‘yicha umumiy maydoni 693 gektarni tashkil etgan “Toshkent-Sharqiy” aeroporti 130 gektarga qisqartiriladi. Buning evaziga uni saqlab turish xarajatlari kamayishi reja qilinmoqda. 25 ta samolyotni sig‘diruvchi aeroportda hozirda 4 km uzunlikdagi uchish-qo‘nish yo‘lagi qurib bitkazilgan.

Xorazm IIBga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari rahbar etib tayinlandi
17 avgust 2023, 08:34

Xorazm IIBga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari rahbar etib tayinlandi

Xorazm viloyati IIB boshlig‘i lavozimiga Toshkent shahri IIBB boshlig‘i o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Ravshan Sultonxodjayev tayinlandi.

AQSh Eronga Rossiyaga dronlar yetkazib bermaslik evaziga sanksiyalarni yumshatishni taklif qildi
16 avgust 2023, 22:07

AQSh Eronga Rossiyaga dronlar yetkazib bermaslik evaziga sanksiyalarni yumshatishni taklif qildi

AQSh Eronni Rossiyaga Ukraina shaharlarini o‘qqa tutishda foydalanayotgan hujum dronlarini yetkazib berishni to‘xtatishga undamoqda, deb yozdi FT. Buning evaziga Vashington Tehronga qarshi yangi sanksiyalar kiritmaslikka va allaqachon kiritilgan cheklovlarga “qat’iy amal qilmaslikka” va’da bermoqda.

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi
16 avgust 2023, 21:17

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi

Paxta yetishtiruvchilarga QQSni bo‘lib-bo‘lib to‘lash huquqi beriladi, buning uchun hisobga olishning avtomatlashtirilgan tizimi ishga tushiriladi.

Xitoy yoshlar ishsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi
16 avgust 2023, 21:04

Xitoy yoshlar ishsizligi bo‘yicha ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi

Xitoy iyun oyida yoshlar o‘rtasidagi ishsizlik darajasi rekord darajaga yetganidan so‘ng bu haqdagi ma’lumotlarni e’lon qilishni to‘xtatdi. Hukumat o‘z qarorini statistik ko‘rsatkichlarni hisoblash usulini takomillashtirish zarurati bilan izohladi.

“O‘zbekneftgaz” — konlar va quduqlarni raqamlashtirish haqida
16 avgust 2023, 18:52

“O‘zbekneftgaz” — konlar va quduqlarni raqamlashtirish haqida

“O‘zbekneftgaz” konlarda quduq qazish jarayonidagi geologik xatarlarni kamaytirish, shuningdek, konlar, geologik va texnik ma’lumotlarni raqamlashtirish hisobiga 64,4 mln dollar iqtisodiy foyda ko‘rgani haqida ma’lumot berdi.

Toshkentda 50 mingga yaqin talabaning turar joyga ehtiyoji bor — Oliy ta’lim vazirligi
16 avgust 2023, 17:45

Toshkentda 50 mingga yaqin talabaning turar joyga ehtiyoji bor — Oliy ta’lim vazirligi

Oliy ta’lim vazirligi poytaxtda 48,9 ming talabaning turar joyga ehtiyoji mavjudligi, ular ijara shartlari asosida xususiy xonadonlarda yashayotganini ma’lum qildi. Shuningdek, yotoqxonadan joy berilmagan, poytaxtda uyi, yaqin qarindoshi bo‘lmagan va ijara uyi ham aniq bo‘lmagan 25 ming talaba bor.

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM
16 avgust 2023, 17:36

So‘nggi bir yilda Toshkentda uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi — ITIM

Toshkentda 2022-yil iyul oyiga nisbatan uy-joylarning o‘rtacha narxi 30,9 foizga oshdi. Shuningdek, poytaxtda kvartiralarni ijaraga berish narxining pasayishi sezilarli darajada sekinlashdi. Avgust-sentabrda talabalarning poytaxtga qaytishi bilan talab oshishi va ushbu segmentga qiziqish ortishi aytilgan.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudni jonli efirda uzatish taqiqlandi
16 avgust 2023, 17:21

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha sudni jonli efirda uzatish taqiqlandi

16-avgust kuni “Dok-1 Maks” ishi doirasida bo‘lib o‘tayotgan sudda avvaliga “Qalampir.uz” hamda “Kun.uz” nashrlarini aybsizlik prezumpsiyasiga amal qilmaganlikda ayblagan sudlanuvchilarning advokatlari tushdan keyin “Gazeta.uz”ning jonli efirini to‘xtatishni so‘radi. Sud ularning so‘rovini qanoatlantirdi.

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
16 avgust 2023, 17:17

Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Yoshlar ishlari agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Jamshid Xodjayev Navoiy viloyati hokimiga o‘rinbosar etib tayinlandi. U 2015 va 2020-yillarda ushbu viloyatdan senator etib saylangan.

Xorijdan keltirilgan salkam 5,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi — DXX
16 avgust 2023, 17:08

Xorijdan keltirilgan salkam 5,7 kg sintetik narkotik moddalar musodara qilindi — DXX

Toshkent shahri va viloyatida 3 ta holat bo‘yicha mamlakatga noqonuniy ravishda olib kirilgan qariyb 5,7 kg sintetik giyohvandlik vositalari savdosi aniqlanib, musodara qilindi.

21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi
16 avgust 2023, 16:05

21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanining ayrim hududlarida issiq suv bo‘lmaydi

IM-2 qozonxonasida olib boriladigan ta’mirlash ishlari munosabati bilan 21−26-avgust kunlari Mirzo Ulug‘bek tumanidagi qator ko‘chalarda issiq suv ta’minoti to‘xtatiladi. Ro‘yxat.

Iyun oyidagi keskin pasayishdan so‘ng iyulda avtomobil bozorida 17 foizlik o‘sish kuzatildi
16 avgust 2023, 15:28

Iyun oyidagi keskin pasayishdan so‘ng iyulda avtomobil bozorida 17 foizlik o‘sish kuzatildi

Iyun oyidagi keskin pasayishdan keyin iyulda avtomobil bozorida sotuvlar 17 foizga oshdi. Eng katta o‘sish (28,9 foiz) elektromobillar bozorida qayd etildi. Mahalliy ishlab chiqarilgan yangi mashinalar sotuvi o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 59,3 foizga ko‘paydi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting