Bosh vazir o‘rinbosari Behzod Musayev bu yil O‘zbekistonda «Yangi O‘zbekiston» universiteti ochilishin e’lon qildi.
Qibray tumani hokimiyati qulupnay dalasi buzilgan dehqonlarga 154 mln so‘m miqdorida tovon puli to‘lab berdi. Har bir gektardagi hosil uchun ular 20 mln so‘mdan olishdi.
Poytaxt hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev OAV vakillaridan «Toshkent 5 tashabbus harakati» yoshlar festivalida tadbir bo‘yicha kuzatiladigan xato va kamchiliklarni «saytlarda aylantirmasdan, hokimlikning o‘ziga aytishni» so‘radi. «To‘yimizni buzmanglar. Bayram bayramdek bo‘lsin. Biz keyin yana bayram o‘tkazishimizga ishtiyoqimiz bo‘lsin. Tanqid deb keyin qo‘limizni yerga tushirishni xohlamaymiz», — deya ta’kidladi u.
Dollarning rasmiy kursi 19,47 so‘mga pasaydi va jami 10 578,28 so‘m etib belgilangan. Shuningdek, rubl va yevro kursi esa biroz ko‘tarilgan.
Qariyb o‘n yildan beri biz xorijiy tillarni ona tili darajasida o‘rganishga harakat qilmoqdamiz, ammo natijalar hali-hanuz maqtangulik emas. 2012 yildan beri xorijiy tillarni o‘qitish sifati yaxshilandimi, sertifikat «qamchisi» va ustama «asali» siyosati kutilgan natijalarni berdimi — kolumnist Komil Jalilov bu savollarni tahlil qilishga urindi.
2021 yilning dastlabki to‘rt oyida mamlakatda 2242 ta YTH qayd etildi. Buning oqibatida 1684 kishi jarohatlangan, 557 kishi esa vafot etgan. Tahlillarga ko‘ra, aprel oyining o‘zida piyodalar ishtirokidagi avariya — 318 tani, bolalar bilan bog‘liq hodisa esa — 148 tani tashkil etgan.
Toshkentda kuchli shamol natijasida Malibu rusumli avtomashinaning ustiga daraxt quladi. Ma’lum qilinishicha, mashinani boshqargan qiz jarohat olgan. Ijtimoiy tarmoqlarda ob-havoning boshqa ta’sirlari, jumladan, yer usti metrosi stansiyasining tomiga qisman zarar etkazilgani haqidagi kadrlar joylashtirildi.
Navoiy viloyatida tadbirkorlarga BMTTDning texnik ko‘magi asosida yangi loyihalarni yo‘lga qo‘yish yoki mavjdudlarini kengaytirishlari uchun 37 dona ishlab chiqarish dastgohlari va maxsus texnikalar topshirildi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Poytaxt Bank» va «O‘zagroeksportbank» ustav kapitalidagi davlat aksiya paketlari sotilayotganini e’lon qildi. Xalqaro Deloitte va Grant Thornton konsalting kompaniyalari xususiylashtirish bo‘yicha konsultant sifatida tanlandi.
O‘zbekiston-Tojikiston chegarasida giyohvand moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish uchun ikkita chegaraviy hamkorlik idorasi ochildi.
Kattaqo‘rg‘onda o‘zaro janjal oqibatida singil o‘z opasini pichoqlab, o‘limga olib kelgan tan jarohati yetkazgan. Fuqaroga «qasddan odam o‘ldirish» va «yengilroq jazo tayinlash» moddalari bilan 10 yil muddatga ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.
Aholining katta qismi emlangan barcha mamlakatlarda ham COVID-19 virusining tarqalishi kamayayotgani yo‘q. Buning sabablaridan biri — turli xil vaksinalardan foydalanishdir, deb yozadi Bloomberg. Nashrning ta’kidlashicha, RNK vaksinalari (Moderna, Pfizer) virus yuqtirishni kamaytirishga an’anaviy vaksinalar (AstraZeneca, Sinopharm va boshqalar) ga qaraganda yaxshiroq yordam beradi. Biroq, barcha vaksinalar og‘ir alomatlarning rivojlanishi yoki o‘lim xavfini kamaytiradi.
Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu xavfsizlik masalalari bo‘yicha hukumat yig‘ilishini chaqirdi, uning ishtirokchilari jangovar harakatlarni to‘xtatishga qaror qilishdi. To‘qnashuvlar 10 kundan ortiq davom etgan. Culh juma kuni kechqurun kuchga kirgan.
Ukrainada oligarxiyani yo‘q qilish bo‘yicha qonunning qabul qilinishi, Isroil-Falastin mojarosi paytida G‘azoda 65 bolaning halok bo‘lgani, Yaponiyaning mudofaa xarajatlarini cheklashdan voz kechayotgani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Ayollarni reabilitatsiya qilish respublika markazlari tashkil etilishi, qulupnay dalasining buzilishi, OTMlarda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limlari ochilishi, «Paxtakor»dan tashqari yana 12 ta futbol klubining ulushlari hokimliklar va davlat kompaniyalariga o‘tkazilgani — «Gazeta.uz»ning 20 maydagi eng muhim xabarlari dayjestida.
Qibrayda «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Istiqlol» majmuasi va boshqa ob’ektlar quriladigan maydondagi 8 ga qulupnay dalasi buldozerda buzib tashlandi. Yer egasi va ijarachilariga tovon pulini to‘lashga va’da berildi.
Raqamli yechimlarni joriy etish hisobiga Adliya vazirligi o‘tgan yili 100 tonna qog‘ozni iqtisod qildi. Litsenziyalar va ruxsatnomalarning maxsus blankalarda rasmiylashtirilishidan voz kechilishi va elektron hujjatlar berishga to‘liq o‘tilishi natijasida 1,5 mln dollardan ziyod mablag‘ iqtisod qilindi.
Sirdaryoda «Indorama» klasterining ishchilari velosipedlarda avtomobil yo‘lini to‘sib qo‘ydi. Fuqarolar oylikdan norozi ekanliklari sababli ish tashlayotganliklarini ma’lum qilishgan. Holat yuzasidan Sirdaryo viloyati hokimligi «mazkur holat kompaniyaning ichki ishlari ekanliklari va hokimlikka hech qanday aloqasi yo‘q ekanligini» ni ta’kidladi.
O‘zbekistonda Tarlon yengil zirhlangan yo‘ltanlamasini sinovdan o‘tkazish boshlandi. Mashina sig‘imi 11 kishini tashkil etib, himoya sinfi xalqaro standartlarga javob beradi.
To‘rt oy ichida offshor hududlarga pul o‘tkazish orqali O‘zbekiston korxonalari 103 mln dollarlik mahsulotni import qildilar. Mablag‘ning asosiy qismi Toshkentga to‘g‘ri keladi — 33 mln dollar. Kompaniyalar Gonkong, Kipr, Marshall va Bagama orollariga to‘lovlarni amalga oshirib, dori-darmonlarni, maxsus jihozlarni, uskunalarni, neft mahsulotlari va boshqa tovarlarni olib kirishgan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting