Arxiv

“Undan voz kechilsa, havo toza bo‘lib qolmasa kerak?” Haydovchilar Ai-80 benzini taqiqlanishi bo‘yicha qanday fikrda?
24 yanvar 2024, 11:41

“Undan voz kechilsa, havo toza bo‘lib qolmasa kerak?” Haydovchilar Ai-80 benzini taqiqlanishi bo‘yicha qanday fikrda?

Toshkent havosi sifatini yaxshilash bo‘yicha berilgan takliflar orasida Ai-80 benzinini taqiqlash ham bor. Bu markadagi benzin boshqalariga qaraganda arzonligi sababli ommabop. Xo‘sh, bu o‘zgarishga haydovchilarning munosabati qanday? “Gazeta.uz” bu bo‘yicha so‘rovnoma o‘tkazdi.

Rossiyada migrantlar o‘tirib yurishga majburlangani holati nazoratga olindi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi
24 yanvar 2024, 10:43

Rossiyada migrantlar o‘tirib yurishga majburlangani holati nazoratga olindi — Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi

Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi Yekaterinburgdagi qurilish obyektlaridan birida o‘tkazilgan reyd chog‘ida mehnat patentiga ega bo‘lmagan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olingani haqida xabar berdi. Ularga huquqiy va boshqa yordam ko‘rsatilishi qayd etildi.

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi yozuvlarida nega o‘zbek tilidan foydalanilmadi? Vazirlik izohi
24 yanvar 2024, 10:25

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi yozuvlarida nega o‘zbek tilidan foydalanilmadi? Vazirlik izohi

Pekinda o‘tgan O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumidagi ekran va banner yozuvlarida o‘zbek emas, balki rus tilidan foydalanilgani jamoatchilikda savol uyg‘otdi. Oliy ta’lim vazirligining “Gazeta.uz”ga ma’lum qilishicha, “qulaylik nuqtai nazaridan forumning rasmiy tili xitoy va rus tillari etib belgilangan”.

Andijon tumani sobiq hokimining jazosi yengillashtirildi
24 yanvar 2024, 09:49

Andijon tumani sobiq hokimining jazosi yengillashtirildi

Andijon tumanining sobiq hokimi Abdujabbor Egamberdiyev bir yil avval 2 yilga axloq tuzatish ishlari jazosiga hukm qilingani ma’lum bo‘ldi. Bir hafta oldin sud uni muddatidan ilgari (1 yildan ortiq) mas’ul lavozimlarda ishlash huquqidan mahrum qilish jazosidan shartli ozod qildi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi
24 yanvar 2024, 09:24

Shavkat Mirziyoyev Xitoy hukumati rahbari bilan uchrashdi

Xitoyga davlat tashrifi bilan borgan Shavkat Mirziyoyev XXR Davlat kengashi bosh vaziri Li Syan bilan uchrashdi. Ular infratuzilmani modernizatsiya qilish, “yashil” energetika, aviaqatnovlar va sayyohlik almashinuvini yanada kengaytirish kabilarni muhokama qildi.

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari
24 yanvar 2024, 01:31

“Odamlar aniq qo‘rqib ketgandi”. Olmaota tungi zilziladan qanday omon qoldi? Guvohning kechinmalari

Kecha tunda Xitoyda kuchli zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi Olmaotada 5 ballni tashkil qildi. Shahar aholisi vahima ichida ko‘chalarga yugurib chiqdi, yo‘llarda tirbandliklar yuzaga keldi. Olmaotaliklar tunda qanday omon qolgani — “Gazeta.uz” materialida. Biz voqea guvohi bilan suhbatlashdik.

Toshkentdagi bog‘chada qizlarga tegajog‘lik qilgan direktorning o‘g‘li 6 yilga qamaldi
24 yanvar 2024, 00:18

Toshkentdagi bog‘chada qizlarga tegajog‘lik qilgan direktorning o‘g‘li 6 yilga qamaldi

Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 230-sonli bog‘cha direktorining o‘g‘li 4 nafar qizchaga tegajog‘lik qilgani aytilayotgandi. Sud unga nisbatan 6 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi. Jazo tarbiya koloniyalarida o‘taladi.

“Sobiq MXX binosidagi holat takrorlanmaydi” — Madaniy meros agentligi direktori “Sharq” nashriyoti binosi sotuvi haqida
23 yanvar 2024, 23:20

“Sobiq MXX binosidagi holat takrorlanmaydi” — Madaniy meros agentligi direktori “Sharq” nashriyoti binosi sotuvi haqida

“Sharq” nashriyoti binosi xususiylashtirilishi tufayli madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarildi. Xususiylashtirish ishi tugagach, madaniy ahamiyatini saqlab qolgan binolar (O‘zA ham) muhofaza qilinadi. “Sharq” binosi taqdiri unga yaqin joydagi buzib tashlangan sobiq MXX binosi kabi bo‘lmasligi aytilmoqda.

23-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
23 yanvar 2024, 22:20

23-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Rekonstruksiya qilinadigan “Sharq” nashriyoti binolari, havo sifati bo‘yicha milliy standartlar, transport vaziriga yuborilgan senator so‘rovi, Osiyo Kubogi nimchorak finaliga chiqqan O‘zbekiston va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

O‘zbekistonlik ayol Hindistonda is gazidan vafot etdi
23 yanvar 2024, 21:54

O‘zbekistonlik ayol Hindistonda is gazidan vafot etdi

Hindistonning Haryana shtatidagi dam olish maskanlaridan birida O‘zbekiston fuqarosining jasadi topildi. Ma’lum bo‘lishicha, u is gazidan zaharlanish oqibatida vafot etgan. Hozirda marhumani vatanga qaytarish choralari ko‘rilmoqda.

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi
23 yanvar 2024, 20:52

Shavkat Mirziyoyev Xitoyga yetib bordi

Prezident Shavkat Mirziyoyev rafiqasi bilan birga davlat tashrifi bilan Xitoyga yetib bordi. Ertaga, 24-yanvar kuni u mamlakat rahbari Si Szinpin bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Markaziy bank — mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida
23 yanvar 2024, 20:41

Markaziy bank — mehnat bozoridagi tendensiyalar haqida

Mehnat bozoridagi vaziyat barqarorligicha qolmoqda: ishsizlik darajasi 8,1 foizgacha pasaygan, joriy yil ko‘rsatkich 7,5−8 foizgacha tushishi prognoz qilinmoqda. Mehnat migratsiyasida geografik diversifikatsiya kuzatilmoqda, Rossiyadan pul o‘tkazmalari ulushi 87 foizdan 78 foizga kamaydi.

O‘zbekiston Osiyo Kubogining nimchorak finaliga chiqdi
23 yanvar 2024, 19:37

O‘zbekiston Osiyo Kubogining nimchorak finaliga chiqdi

O‘zbekiston futbolchilari Avstraliya bilan durang o‘ynab, Osiyo Kubogining 1/8 final bosqichiga chiqdi (video, foto, statistika).

Sadir Japarov: “Oqim manbaida turibmiz va suv bermaymiz, deb bahslashish — bema’nilik”
23 yanvar 2024, 17:51

Sadir Japarov: “Oqim manbaida turibmiz va suv bermaymiz, deb bahslashish — bema’nilik”

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov davlat qarzi, suv taqchilligi, Qambarota-1 GES va Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘li qurilishi masalalari haqida intervyu berdi. “Oqim manbaida turibmiz va suv bermaymiz, deb bahslashish — bema’nilik”, — deya ta’kidladi u.

“Sharq” binolarining aksariyati ayanchli ahvolda va to‘liq rekonstruksiyaga muhtoj — Madaniy meros agentligi
23 yanvar 2024, 17:16

“Sharq” binolarining aksariyati ayanchli ahvolda va to‘liq rekonstruksiyaga muhtoj — Madaniy meros agentligi

Madaniy meros agentligi “Sharq” nashriyoti binolari madaniy meros obyektlari ro‘yxatidan chiqarilishini izohlarkan, “aksariyati ayanchli holatida ekani va to‘liq rekonstruksiyani taqozo etishi”ni bildirdi. Binolar 2023-yilning oktabrida DABA ishchi guruhi bilan birga o‘rganilgan.

2023-yilda gaz qazib olish 5 mlrd kub metrga qisqardi, benzin ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish oshdi
23 yanvar 2024, 15:37

2023-yilda gaz qazib olish 5 mlrd kub metrga qisqardi, benzin ishlab chiqarish va ko‘mir qazib olish oshdi

2023-yil oxirida O‘zbekistonda gaz qazib olish qariyb 5 mlrd kub metrga kamaydi. Neft va gaz kondensati ishlab chiqarish ham qisqardi. Shu bilan birga, ko‘mir qazib olish 15,5 foizga — 6,2 mln tonnagacha ko‘paydi. Elektr energiyasi, benzin va dizel ishlab chiqarish ham oshdi.

Toshkentda havo sifati qanday yaxshilanadi? Ekologiya vazirligi — shoshilinch choralar loyihasi haqida
23 yanvar 2024, 15:22

Toshkentda havo sifati qanday yaxshilanadi? Ekologiya vazirligi — shoshilinch choralar loyihasi haqida

Ekologiya vazirligi “Gazeta.uz”ga Toshkent shahrida havo sifatini yaxshilash bo‘yicha kechiktirib bo‘lmaydigan chora-tadbirlar loyihasi haqida ma’lumot berdi. Issiqxona hamda zavodlarda chang-gaz filtrlarini o‘rnatish, Ai-80, IESlarda ko‘mir hamda mazutdan foydalanishni taqiqlash va boshqalar shular jumlasidandir.

Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi
23 yanvar 2024, 15:06

Rossiya Ukrainaga qarshi keng ko‘lamli raketa zarbalarini yo‘lladi

Rossiya qo‘shinlarining Ukraina shaharlari, jumladan, Kiyev va Xarkovga bergan yirik raketa zarbalari tufayli kamida 5 kishi halok bo‘ldi, 60 ga yaqin kishi jarohatlandi.

AQSh O‘zbekistonga 131 tonna oziq-ovqat yordamini yetkazib berdi
23 yanvar 2024, 14:19

AQSh O‘zbekistonga 131 tonna oziq-ovqat yordamini yetkazib berdi

AQSh o‘zining USAID dasturi orqali O‘zbekistonga qiymati 420 ming dollardan ziyod bo‘lgan 131 tonna oziq-ovqat yordamini yetkazdi. Bu orqali tuberkulyoz va ruhiy salomatlik muassasalaridagi bemorlar, nogironligi bo‘lgan bolalar va keksalar 6,5 mln porsiya oziq-ovqat bilan ta’minlanadi.

O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan
23 yanvar 2024, 14:04

O‘zbekistonda bolalarning 74 foizi maktabgacha ta’lim bilan qamrab olingan

O‘zbekistonda 3 mln nafarga yaqin 3−7 yoshli bola bor. Ularni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olish darajasi 74 foizni tashkil qilmoqda. Mamlakatda bu ko‘rsatkichni 2026-yilgacha 80 foizga, 2030-yilga borib, 100 foizga yetkazish reja qilingan.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting