Toshkent atrofida ko‘mirdan foydalanadigan issiqxonalar sabab “yashil halqa” o‘rniga “kulrang halqa” hosil bo‘ldi, deb xabar qildi Ekologiya vazirligi “Gazeta.uz"ga. Vazirlik havo ifloslanishining boshqa asosiy sabablarini sanab o‘tdi.
SSV tuzilmasida “Sog‘liqni saqlash loyihalari markazi” loyiha ofisini ochish reja qilinmoqda. Tashkilot davlat tibbiy sug‘urta, kafolatlangan bepul xizmat, dori paketi tizimi va boshqalarni joriy etadi. Markaz davlat xaridlari shaffofligini oshirish, farmatsevtika sohasini isloh qilish kabilarga ko‘maklashadi.
Senator Farxod Boqiyev transport vaziri Ilhom Mahkamovga jamoat transporti tizimidagi kamchiliklar, jumladan, ayrim haydovchilarda muomala madaniyatining yetarli emasligi, kunlik “plan”dan to‘liq voz kechilmagani va aholi tomonidan murojaatlar sonining ortgani sabab so‘rov yubordi.
Qo‘shilmaslik harakatining barcha a’zolari 2027−2029-yillarda harakat raisligiga O‘zbekiston nomzodini qo‘llab-quvvatladi.
Toshkent shahar Buyuk Turon ko‘chasi 41-uyda joylashgan “Sharq” nashriyot-matbaa korxonasi binolari Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlari milliy ro‘yxatidan chiqarildi. Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 15-yanvardagi qarori bilan Milliy ro‘yxatga tegishli o‘zgartirish kiritilgan.
O‘zbekistonda havo sifatiga oid milliy standartlar ishlab chiqiladi. JSST tavsiyalariga geografik va iqlimiy xususiyatlar tufayli erishish qiyin, hech bir mamlakatdagi ko‘rsatkichlar JSST standartiga muvofiq emas, deya ta’kidladi Ekologiya vazirligi. Havo bilan bog‘liq kasalliklar bo‘yicha ham o‘rganishlar boshlandi.
British Management University 2024−2025 o‘quv yili uchun hujjatlarni qabul qilishni boshladi. Abituriyentlar moliya va bank, loyihalarni boshqarish, raqamli marketing hamda boshqa yo‘nalishlarni tanlashi mumkin.
Arxitektor Richard Bleze qurgan 16 qavatli “Sharq” nashriyoti binosi 10 yil avvalgi noto‘g‘ri rekonstruksiyaga qaramay, hamon Toshkent ramzi bo‘lib qolmoqda, deydi arxitektura tarixchisi Boris Chuxovich. U “Gazeta.uz"ga yozgan maqolasida “Sharq” binolarini saqlab qolish nima uchun zarurligini tushuntirgan.
Fanlar akademiyasi Tarix instituti jamoasi tomonidan ikki yil davomida yaratilgan Jadidlar.uz platformasi test rejimida ish boshladi. Loyiha uchun 1 mlrd so‘mlik grant mablag‘i ajratilgan. Unga 250 ga yaqin jadid haqida ma’lumotlar kiritilgan.
2023-yilda aholi jon boshiga umumiy daromadlarning real o‘sishi 102,4 foizni tashkil etdi (2022-yilda 107,3 foiz). Mamlakat bo‘yicha jon boshiga umumiy daromadlar 20 mln so‘mni tashkil etdi, eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda (44,4 mln so‘m), eng quyi ko‘rsatkich esa Qoraqalpog‘istonda (14,5 mln so‘m) qayd etildi.
Toshkent shahri va O‘zbekistonning boshqa hududlarida 3−4 balli zilzila sezildi. Uning epitsentri Xitoyning Shinjon-Uyg‘ur avtonom viloyatida, Qirg‘iziston bilan chegarada joylashgan. Zilzila epitsentrda 7 ballni tashkil qilgan.
O‘zbekiston ombudsmani Yekaterinburgda o‘rdaksimon yurishga majburlangan mehnat migrantlarining kamsitilgani yuzasidan Rossiya ombudsmaniga murojaat qildi. Ulardan qanchasi O‘zbekiston fuqarolari bo‘lganiga aniqlik kiritilmagan. Qirg‘iziston TIV esa “Rossiya federal organlari darajasida” ish qo‘zg‘atgan.
Yangilangan kambag‘allik chegarasi, IMEI kodini o‘zgartirish uchun javobgarlik, Shavkat Mirziyoyevning Xitoy gazetasida e’lon qilingan maqolasi, Afg‘onistonda qulab tushgan Rossiya samolyoti va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Yevropa Ittifoqi Isroil G‘azo bo‘yicha Bryussel taklif qilgan tinchlik rejasidan bosh tortishda davom etsa, buning oqibatlarini aniqlashtirib olmoqchi. Reja mustaqil Falastin davlatini tuzishni nazarda tutadi.
O‘zbekiston xalq artisti, aktyor va rejissyor Turg‘un Azizov 90 yoshida vafot etdi. U faoliyati davomida “Maftuningman”, “Odamlar orasida yolg‘iz”, “Olovli yo‘llar” kabi ko‘plab film va spektakllarda rol ijro etgan. Bir qancha unvon va ordenlar sohibiga aylangan.
O‘zbekiston milliy terma jamoasi murabbiyi Srechko Katanets jamoa Avstraliyaga mag‘lub bo‘lsa ham, 90 foiz holatda turnirning 1/8 final bosqichiga chiqishini, ammo maqsad baribir g‘alaba qozonish ekanini aytdi. “Avstraliyaga qarshi yomon statistikaga chek qo‘yish niyatidamiz”, — deydi futbolchi Odiljon Hamrobekov.
Farg‘ona shahridagi “NEFT OIL” MCHJda yong‘in chiqib, uni o‘chirishga 12 ta qutqaruv ekipaji jalb qilindi. Hodisa oqibatida jabrlanganlar va jarohat olganlar yo‘q. Hozirda yong‘inning kelib chiqish sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.
O‘zbekistonda “anonim terrori” yangi bosqichga chiqmoqda. Ular endi tergov va sud o‘rnini ham egallamoqchi — o‘zi ayblov e’lon qiladi, hukm o‘qiydi, jazolaydi. Jamoat faoli Shahnoza Soatova va huquqshunos Furqat Tojiyevning qayd etishicha, bu oshkora qonunsizlik qissasini hamma o‘qiyapti, lekin hech kim indamaydi.
Ekologiya vazirligi poytaxtning Chilonzor, Sergeli va Yangihayot tumanlaridagi jami 160 ta korxonaga chang-gaz tozalash uskunalarini o‘rnatish to‘g‘risida ogohlantirish xatlari berdi.
Xitoyning “Jenmin jibao” gazetasida Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston va Xitoy munosabatlariga bag‘ishlangan maqolasi e’lon qilindi. U yangi yilda ilk tashrifini Xitoyga amalga oshirayotgani chuqur ramziy ma’noga egaligi va munosabatlar “o‘z tarixidagi eng yaxshi davrni” boshdan kechirayotganini qayd etdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting