Davlat moliyaviy nazorati inspeksiyasi Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamentiga o‘tkaziladi. Departament va Hisob palatasi birgalikda ishlab, yashirin iqtisodiyotni jilovlash va budjet mablag‘larini to‘g‘ri sarflanishi uchun javobgar bo‘ladi.
Prezident Bojxona qo‘mitasiga imtiyoz bilan import qilingan tovarlarni korxonabay o‘rganib chiqish topshirig‘ini berdi. 2023-yilda import qilingan 20 mlrd dollarlik tovarlarga salkam 60 trln so‘mlik imtiyoz berilib, ularning 3,2 trln so‘mi o‘rganilganda 13 foizi maqsadsiz qo‘llangani aniqlandi.
O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyotni qisqartirish uchun Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti tahlil, tezkor-qidiruv, taftish va o‘zi tergov qiladigan idoraga aylanadi. Uning rahbari bir vaqtning o‘zida bosh prokuror o‘rinbosari bo‘ladi.
Davlat soliq qo‘mitasida budjet tashkilotlari inspeksiyasi tashkil etilib, 40 mingta budjet tashkiloti bilan ishlash vazifasi tumandan unga o‘tkaziladi. Qo‘mita qoshida Soliq qarzini undirish inspeksiyasi, Yirik soliq to‘lovchilar bo‘yicha inspeksiya tarkibida esa yangi tuzilma tashkil qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev 2024-yil iqtisodiy kompleks rahbarlari va barcha davlat korxonalari uchun tannarxni qisqartirish va samaradorlik yili bo‘lishini ta’kidladi. Prezident YIMni kamida 6 foizga ko‘paytirish, shuningdek, yirik tarmoqlarda tannarxni 20 trln so‘mga kamaytirish zarurligini qayd etdi.
Prezident raisligidagi yig‘ilishda iqtisodiy kompleks rahbarlariga oylik, choraklik va yillik samaradorlik ko‘rsatkichlari (KPI) joriy etilishi ma’lum qilindi. Ish haqi ham ularning ijrosiga bog‘lanadi.
Bosh vazirga yil davomida auksionga umuman yer chiqarmagan Baliqchi, Jalaquduq, Bektemir, Mirobod, Olmazor, Chilonzor, Yunusobod, Yakkasaroy tumanlari hokimlarining lavozimiga loyiqligini hal qilish topshirildi.
Prezident “zamonga munosib fikrlash, qaror qabul qilishda tezkorlik yetishmayotgani” sabab hukumatning iqtisodiy kompleksdagi o‘rinbosarlar sonini 15 foizga (hozir ular 40 nafar) qisqartirish to‘g‘risida topshiriq berdi.
Shavkat Mirziyoyev raisligidagi yig‘ilishda 2023-yilda iqtisodiy o‘sish 6 foizni tashkil qilgani ma’lum qilindi.
Mahallalardan birida aholi bilan uchrashishga borgan Nuz.uz jurnalisti Mixail Dovlatov huquq idoralari xodimlari tomonidan ushlandi. U taxminan 5 soat qo‘yib yuborilmagan va jamoat joyida chekkanlik uchun jarimaga tortilgan. AOKA prokuraturaga so‘rov yubordi.
Prezident “aholi, ijtimoiy soha va sanoat ehtiyojlaridan kelib chiqib”, ko‘mir qazib chiqarish hajmini 22 foizga oshirish topshirig‘ini berdi. Shuningdek, tadbirkorlarni “arzon va sifatli” kaolin bilan ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Argentinalik futbolchi Lionel Messi FIFAning 2023-yildagi eng yaxshi erkak futbolchisi sovrinini qo‘lga kiritdi. Messi ushbu sovringa qatorasiga ikkinchi marta, umumiy uchinchi marta loyiq ko‘rildi. U to‘plangan ovozlar bo‘yicha Erling Holand va Kilian Mbappedan o‘zib ketdi.
Investitsiyalar, sanoat va savdo bo‘yicha hukumat komissiyasiga 2027-yilgacha O‘zbekiston elektrotexnika sanoati korxonalarini qo‘shimcha qo‘llab-quvvatlash choralarini ko‘rish va ularni amalga oshirish uchun budjetdan mablag‘ olish huquqi beriladi.
Prezident farmoni Kriminologiya tadqiqot instituti tashkil etildi. Institut kriminologik faoliyatni ilmiy va ekspertlik jihatdan ta’minlashga ixtisoslashgan, Ichki ishlar vazirligi tashkiliy tuzilmasiga kiruvchi, yuridik shaxs maqomiga ega, respublika ilmiy-tadqiqot muassasasi hisoblanadi.
Savdo-sanoat palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Islom Jasimov 66 yoshida vafot etdi. U 2017-yildan buyon ushbu lavozimda ishlab kelayotgandi.
Toshkentda, nihoyat, ko‘chalar o‘rtasida avtobus yo‘laklari tashkil etiladi. Unda 5 ta seksiyali 32 va 35 metrli avtobuslar harakatlanishi rejalashtirilgan, dedi Transport vazirligi vakili. Infratuzilma yukini kamaytirish uchun poytaxtga kiraverishda 12 ta yangi ekspress yo‘nalishni yo‘lga qo‘yish ko‘zda tutilgan.
“Salimboy"dan “do‘stlarni yo‘q qilishni” so‘ragan qirg‘izistonlik deputat, chorshanbagacha saqlanib qoladigan yog‘ingarchilik, Tayvandagi saylovlarga munosabat bildirgan Tashqi ishlar vazirligi, 1-martdan ishga tushadigan tadbirkorlar reytingi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Toshkentda 15-yanvar kuni qor bo‘roniga yaqinroq tabiat hodisasi kuzatildi: tongda uchqunlay boshlagan qor peshinga yaqin jadallashdi, ammo uzoq davom etmadi. “Gazeta.uz” fotomuxbirlari poytaxtning 2024-yildagi birinchi qorini suratlarga muhrladi.
O‘zbekistonda bahorgacha tadbirkorlarning barqarorlik reytingi yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilmoqda. U elektron shaklda bo‘ladi va yuqori reytingga ega tadbirkorlarga qator imtiyoz hamda preferensiyalardan foydalanish imkonini beradi.
XVJ ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy intellekt texnologiyalari almashtirish yoki o‘rnini to‘ldirish orqali dunyodagi jami ish joylarining 40 foiziga ta’sir qiladi. Rivojlangan iqtisodlar sun’iy intellektdan foyda olishda yaxshiroq imkoniyatlarga ega, bu esa global tengsizlikni yomonlashtirishi mumkin.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting