AQSH O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum AQSH uchun O‘zbekiston qanday strategik ahamiyatga egaligi to‘g‘risida fikr bildirdi. “O‘zbekiston AQSH uchun muhim mamlakat sanaladi”, — deydi u. AQSH elchisi bu fikrini asoslash uchun uchta sababni keltirib o‘tdi.
Ekologiya qo‘mitasi raisining ruxsati bilan “Qizil kitob"ga kiritilgan Tyanshan qo‘ng‘ir ayig‘i rossiyalik ovchi tomonidan o‘ldirilgani haqida xabarlar tarqaldi. Ekologiya qo‘mitasi ruxsatnoma berish jarayoni qonunchilikka to‘liq rioya qilingan holda amalga oshirilganligini ta’kidlamoqda.
AQSH O‘zbekistondagi elchisi Deniyel Rozenblyum oktyabr oyida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlari haqida fikr bildirdi. Unga ko‘ra, AQSH YeXHTning monitoring ishida qatnashadi va saylovlarni yaqindan kuzatib boradi. Shuningdek, uning aytishicha, saylovlarda raqobatlashmoqchi bo‘lganlarga imkon va barcha sharoitlar bo‘lishi juda muhim. “Agar kimdir siyosiy partiya tuzmoqchi bo‘lsa, uning yo‘liga qo‘yiladigan to‘siqlar bo‘lmasligi kerak”, — deydi u.
Mening Fikrim onlayn-petitsiya portalida shaharlarda transportning ruxsat etilgan tezligini 50 km/soatgacha va ijtimoiy ahamiyatga ega obyektlar yaqinida 30 km/soatgacha kamaytirish bo‘yicha petitsiya e’lon qilindi. Bunday qoidalar barcha rivojlangan mamlakatlarda amal qiladi.
Yirik shaharlarda, viloyat va tuman markazlarida 1 sentyabrga qadar savdo va ko‘ngilochar ko‘chalar yaratiladi. Tadbirkorlar ularda kun-u tun foliyat olib borishlari mumkin bo‘ladi.
Prezident chorshanba kungi videoselektor yig‘ilishida qurilish sohasida muammolar, shu jumladan, tenderlarda reytingda yo‘q qurilish kompaniyalari ishtirok etmasligi kerakligiga to‘xtalib o‘tdi. «Tadbirkor tadbirkorligi, quruvchi qurilishi bilan shug‘ullansin», — dedi Shavkat Mirziyoyev. U shuningdek, tadbirkor qurilish bilan shug‘ullansa Jizzaxdagi uy qulashi kabi oqibatlarga olib kelishi mumkinligini qo‘shimcha qildi.
12 may kuni bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlarining o‘rinbosarlarida ma’suliyat yetishmayotganligini tanqid qildi.
Shavkat Mirziyoyev paxtada «pripiska» yo‘q qilingan bulsa-da, sanoat tarmoqlarida qo‘shib yozishni yo‘q qilish oson bulmayotganligini ta’kidladi. «Hokimlar tanish-bilish qilib, sherik bo‘lib asl holatni berkitishayaptimi? Prognozni bajara olmasa, nega rahbar bo‘lib o‘tirishi kerak?» — dedi davlat rahbari. Birinchi chorakda «O‘zavtosanoat»da ishlab chiqarish hajmi 40 foizga, «O‘zbekneftgaz» — 4,7 foizga, charm mahsulotlari — 10 foizga pasaygani qayd etib o‘tildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev 1 avgustga qadar, mavjud kechikishni to‘liq bartaraf etgan holda, ASKUE tizimini 100 foiz ishga tushirilishi shart ekanligini ta’kidladi. Sanoat tarmoqlari, tadbirkorlik sub’ektlari va aholi ehtiyojlarini to‘la qondirish uchun, ikkinchi chorakda jami 15,5 mlrd kilovatt elektr ishlab chiqarish zarurligi qayd etildi.
«Hech qanday vaj bilan oqlab bo‘lmaydigan ushbu mudhish zo‘ravonlik harakatini qat’iy qoralaymiz», — deyiladi Shavkat Mirziyoyevning Rossiya prezidenti Vladimir Putinga yo‘llagan hamdarlik maktubida.
Buyuk Britaniyaning Shotlandiya mustaqilligining oldini olishga qaratilgan rejalari, Hindistonning Gang daryosidan o‘nlab jasadlar topilgani, Malayziyada bir oylik o‘zini yakkalash rejimining joriy etilishi va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.
Bloger Miraziz Bozorovga nisbatan JKning «g‘arazgo‘ylik yoki boshqa past niyatlarda tuhmat qilish»ga oid moddasi bo‘yicha ayblov e’lon qilindi. Dastlab jinoyat ishi 110-son umumta’lim o‘rta maktabi o‘qituvchilarining jamoaviy arizasi asosida ochilgandi. Endi jabrlanuvchilar qatorida Bozorov unga qarshi obunachilarini «jazolash»ga chaqirganini ta’kidlagan uch nafar bloger ham bor.
Surxondaryo viloyatida tezlikni o‘lchash moslamalarini burib qo‘yish yoki simini uzib qo‘yish holatlari uchramoqda. Qoidabuzarlik sodir etgan haydovchilar 10 sutkaga qamaldi, avtomashinalari esa jarima maydonchasiga qo‘yildi.
Prezident Ikkinchi jahon urushi qatnashchilariga 2,5 mln so‘m pensiya tayinlashga oid farmonni imzoladi. Ushbu tartib 10 maydan boshlab amal qiladi. Hozirga qadar urush faxriylarining pensiyasi 800 ming so‘mni tashkil etgan edi.
Chirchiq shahar hokimiyati yaqinida ishchilar o‘z ish haqlari to‘lanmagani uchun namoyishga chiqdi. Hokimlikning ma’lum qilishicha, ayni paytda barcha ishchilarga ish haqlarining ma’lum qismi to‘lab berilgan. Qolgan qismini esa 18 mayga qadar to‘liq hisob kitob qilishga o‘zaro kelishilgan.
Ramazon hayiti nishonlanishi munosabati bilan, Toshkent shahrida 13 may kuni jamoat transportlari yo‘nalishlar bo‘yicha soat 4:00 dan ish boshlaydi.
Nogironligi bor shaxslarga davlat xizmatlaridan foydalanishda to‘lovlar uchun chegirmalar beriladi. Prezident dushanba kungi taqdimot vaqtida ayni shu bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar bergan. Qolaversa, xizmatlar sonini yil yakuniga qadar 157 tadan 200 taga yetkazish vazifasi ham qo‘yilgan. Bundan tashqari, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali faoliyati tanqid ostiga olingan.
Dollarning rasmiy kursi 13 so‘mga qimmatladi va jami 10 542 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, yevro va rubl kurslari ham yana ko‘tarildi
Samarqanddagi Alisher Navoiy haykali oldida «noo‘rin hatti-harakatlar» sodir etib, video olgan yigitga nisbatan viloyat IIB tomonidan hujjatlar rasmiylashtirildi. Video olgan va unda ishtirok etgan ikki nafar shaxsga 15 sutka qamoq jazosi belgilandi.
Aprelda ko‘chmas mulkka bo‘lgan talab uzoq muddati tendensiyaga qaytdi. Shartnomalar soni soni oshib, rekordlar o‘rnatilishi mumkin, lekin narxlarning keskin o‘sishi kuzatilmaydi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting