2023-yil yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘mir importi 1,4 mln tonnaga oshib, 3,1 mln tonnaga (+82,3 foiz) yetgan. Qirg‘iziston ko‘miri esa 10 oyda ikki barobar ko‘paygan — deyarli 900 ming tonnagacha. Yanvar-noyabr oylaridagi yetkazib berish hajmi qiymat jihatdan 189,2 mln dollarga baholanmoqda.
Istanbulda 2017 va 2018-yillardan buyon odam savdosida ayblanib qidiruvda bo‘lgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi qo‘lga olindi. Bir necha kun avval “Madam Klod” nomi bilan tanilgan yana bir o‘zbekistonlik ayol qo‘lga olingani xabar qilingan edi.
Shanba kuni O‘zbekiston hududiga nam havo massasi, yakshanba kuni esa antitsiklon kirib kelishi boshlanadi. Dam olish kunlari ba’zi joylarda qor va yomg‘ir yog‘ishi kutilmoqda. Kunduzi harorat +10…+15 daraja bo‘ladi.
O‘tgan 2023-yil davomida O‘zbekiston davlat boshqaruvi tizimida keng ko‘lamli yangiliklar kiritilib, fuqarolarga xizmat ko‘rsatish jarayoni yanada yengillashdi. Asosiy e’tibor iqtisodiy o‘sishni ta’minlashga qaratildi.
6 ta kinopremera, “Men g‘olib” yugurish musobaqasi, o‘zbek tiliga bag‘ishlangan ko‘rgazma, spektakllar, havaskorlar o‘rtasidagi shaxmat turniri, “Sahna” stendap klubdagi yumoristik tadbirlar, do‘konlardagi chegirmalar va dam olish kunlaridagi boshqa qiziqarli tadbirlar — Afisha.uz jamlanmasida.
Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari, Tergov departamenti rahbari Yaxyojon Abdulxakov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Toshkentdan Istanbulga uchgan Uzbekistan Airways samolyotida fuqaro vafot etdi. Parvoz chog‘ida surunkali kasallikka chalingan yo‘lovchi yurak xurujini boshdan kechirgan. Turkiyadagi elchixona marhumning jasadi O‘zbekistonga jo‘natilganini bildirdi.
Prezident farmoni bilan 2024-yil 1-martdan boshlab 22 turdagi litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega hujjatlar bekor qilinadi. 7 ta turdagi ruxsatnomalar to‘liq bekor qilinadi, yana 12 tasi birlashtirish yo‘li bilan bekor qilinadi, 3 tasi esa xabar berish tartibi bilan almashtiriladi. To‘liq ro‘yxat.
O‘zbekistonda “Biznesga litsenziyasiz kirish” maxsus rejimi bo‘yicha huquqiy eksperiment o‘tkaziladi. Bu yil oxirigacha rentgen uskunalaridan foydalanish va veterinariya laboratoriya-diagnostika ishlarini amalga oshirish bilan bog‘liq faoliyatga taalluqli bo‘ladi.
Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havoni muhofaza qilish choralarini taklif qildi. IESlarda mazut va ko‘mirdan foydalanishni, Ai-80 rusumli benzinni taqiqlash, yuk mashinalarining tig‘iz vaqtlarda harakatlanishini cheklash va markaziy ko‘chalarda mashinalardan xoli hududlar tashkil etish shular jumlasidan.
Ekologiya vazirligi Toshkent shahrida havo ifloslanishining asosiy omillari sifatida IESlarda ko‘mir va mazutdan foydalanish, qurilishlar va daraxtlarni kesish ko‘paygani, sifatsiz yonilg‘ida yuruvchi transportlardan chiqayotgan tashlamalar ortgani kabilarni sanadi. Havoni yaxshilash bo‘yicha takliflarini bildirdi.
DXX Shayxontohur tumanida “logistika bilan shug‘ullanuvchi” uyda narkolaboratoriya tashkil etgan ikki shaxsni ushladi. 26 kiloga yaqin mefedron, 400 kilodan ortiq kimyoviy moddalar hamda asbob-uskunalar rasmiylashtirib olindi. Narkotik moddalarning qora bozordagi qiymati 900 ming dollarga tengligi aytilmoqda.
Asosiy vaqti kompyuter qarshisida o‘tadigan ofis xodimlarining katta qismi kamharakat, ularga jismoniy faollik yetishmaydi. Kamharakatlilik esa aksariyat xastaliklar boshi. Buning oldini olish uchun nima qilish kerak? Respublika travmatologiya markazi rahbari bu boradagi oson tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdi.
BMTning Gaagadagi sudi G‘azo aholisi genotsidi uchun JARning Isroilga qarshi bergan da’vosi bo‘yicha sud ishini boshladi. Janubiy Afrika Isroilning HAMAS hujumidan keyin qilgan harakatlarini “haddan oshish” va “genotsid” ekanini ta’kidlamoqda. Isroil rasmiylari bu ayblovlarni “qonli tuhmat” deb atadi.
O‘zbekistonda Qozog‘istonning Yevrosiyo banki shu’ba korxonasi ro‘yxatga olindi. Bank Ibragimovlar oilasi, tadbirkorlar Aleksandr Mashkevich va Fattoh Shodiyevlar boshchiligidagi “Yevrosiyo moliya kompaniyasi” guruhi tarkibiga kiradi.
O‘zbekistonda elektrotexnika mahsulotlari ishlab chiqaruvchilarga beriladigan imtiyozlar 2027-yilgacha uzaytirilishi mumkin. Ularga eksportda valyuta kursini xedj qilish xizmatlaridan foydalanish xarajatlarini qoplab berish va xom ashyoni import qilishda transport xarajatlarini kompensatsiyalash reja qilinmoqda.
2023-yil oxirida “yashil energiya”ning global quvvati 2022-yilga nisbatan 50 foizga oshdi. Bu o‘sish so‘nggi 20 yil ichida rekord ko‘rsatkichga aylandi. Mutaxassislarning fikricha, 2028-yilda qayta tiklanuvchi energiya manbalari jahon elektr energiyasi ishlab chiqarishning 42 foizdan ortig‘ini tashkil qiladi.
Boyovut tumanidagi metan “zapravka”lardan biri 62,4 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangani aniqlandi.
O‘zbekiston hukumati 2021−2022-yillarda qo‘shni mamlakatdan import qilingan “shubhali” elektrotexnika mahsulotlarining CT-1 sertifikatlarini qayta tekshiradi.
O‘zbekiston hukumati maishiy texnika importiga antidemping boji joriy etishni rejalashtirmoqda. Uning hajmi taxminan 10 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yirik korxonalar va eksportchilarni “vakolatli iqtisodiy operatorlar” ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting