O‘zbekiston hukumati 2021−2022-yillarda qo‘shni mamlakatdan import qilingan “shubhali” elektrotexnika mahsulotlarining CT-1 sertifikatlarini qayta tekshiradi.
O‘zbekiston hukumati maishiy texnika importiga antidemping boji joriy etishni rejalashtirmoqda. Uning hajmi taxminan 10 foiz bo‘lishi kutilmoqda. Elektrotexnika sohasida faoliyat yurituvchi yirik korxonalar va eksportchilarni “vakolatli iqtisodiy operatorlar” ro‘yxatiga kiritish taklif etilmoqda.
Ichki ishlar xodimlari tasvirini obro‘sizlantirish maqsadida tarqatganlik uchun jazo, Rossiyadagi YTHda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar, taqiqlangan sahifalarning yangi ro‘yxati, Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashgan ombudsman va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Prezident Rossiyaning Penza viloyatida sodir bo‘lgan YTHda halok bo‘lgan yetti nafar O‘zbekiston fuqarosining jasadini, shuningdek, jabrlangan ikki nafar fuqaroni Mudofaa vazirligining maxsus samolyotida vatanga qaytarish bo‘yicha topshiriq berdi.
Sud Telegram`dagi pulli kanallarda ayollarning intim suratlarini tarqatgan bir guruh shaxslarni 3 yildan 7 yilgacha qamoq jazosiga hukm qildi. Sud ishi bo‘yicha 62 kishi, jumladan, 55 nafar ayol jabrlanuvchi va da’vogar bo‘lgan.
Toshkent viloyatida Mudofaa sanoati agentligining ishlab chiqarish klasteri tashkil etildi. Uning bir-biriga bog‘langan ustaxonalari harbiy texnika, radiolokatsiya qurilmalari, o‘qotar va artilleriya qurollarini ta’mirlash va modernizatsiya qilish bilan shug‘ullanadi. obyektga prezident tashrif buyurdi.
Tarmoqlarda voyaga yetmagan yigit dadasi IIVda ishlashini aytib, bir necha mashinani 170 km/soat tezlikdan oshirib harakatlangani aks etgan video tarqaldi. YHXX yigitning onasi bola tarbiyalashda majburiyatlarni bajarmaslik moddasi bo‘yicha 1,7 mln so‘m jarimaga tortilganini ma’lum qildi.
Hukumat qarori bilan O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalari va ularning asbob-uskunalari, xomashyo, butlovchi va ehtiyot qismlarini import qilishda bojxona to‘lovlarini 120 kun muddatga foizlar undirilmagan holda kechiktirib to‘lashga ruxsat berilishi belgilandi.
Senat huquq-tartibot idoralari xodimlarining foto va videolarini “obro‘sizlantirish maqsadida” internetda e’lon qilganlik uchun jazolash haqidagi normaga izoh berib, bunday harakatlarni taqiqlash va jazolash Britaniya, Germaniya va Fransiya kabi mamlakatlar qonunchiligida mavjudligini ta’kidladi.
Rossiyaning Penza viloyatida O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan mikroavtobus yuk mashinasi bilan to‘qnashdi. Haydovchi bilan birga yetti kishi halok bo‘ldi.
Jurnalist, budjetdan tashqari pensiya jamg‘armasi matbuot kotibi sifatida ishlagan Ayjamal Joldasbayeva 27 yoshida vafot etdi. Yaqinlari unda homiladorlik davri og‘ir kechganini aytmoqda. U 2014-yilda Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan.
O‘zbekistonda 2023-yilning 11 oyida 8693 ta YTH sodir etilib, ularda 2080 nafar inson halok bo‘lgan va 8055 kishi jarohatlangan. sentabr, oktabr va noyabr oylarida jami 665 nafar kishi YTH sabab vafot etgan. Senat qo‘mitasi YTHlarga asosan fuqarolar sababchi ekanini ma’lum qildi.
Payshanba kuni soat 14:20 da Afg‘onistonda zilzila sodir bo‘ldi. Uning kuchi O‘zbekistonning 10 ta hududida sezilib, 2−3 ballni tashkil etdi.
Davlat soliq qo‘mitasining ma’lum qilishicha, keshbek limiti xaridlarni amalga oshiruvchi fuqarolarning 98 foiziga ta’sir qilmaydi. Qo‘mita cheklovlar ba’zi odamlar boshqa odamlarning cheklarini va bu orqali keshbeklarini o‘zlashtirayotgani sabab joriy etilganini tasdiqladi.
Ombudsman Navoiydagi 11-koloniyada Nukus voqealari bo‘yicha qamalgan Dauletmurat Tajimuratov bilan uchrashdi. Koloniya rahbariyati unga alohida imtiyoz yoki cheklovlar berilmagani va belgilangan tartibda jazo o‘tayotganini, Tajimuratov esa qiynoq yoki tazyiq o‘tkazish holatlari mavjud emasligini bildirdi.
Donald Trampning AQSh prezidentlik saylovidagi g‘alabasi ehtimoli, Yaqin Sharqdagi urushning avj olishi, bo‘lingan Ukraina, nazoratsiz sun’iy intellekt va muhim minerallar uchun kurash — Time jurnali 2024-yilning 10 ta asosiy global xavf-xatarini e’lon qildi.
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita ekstremizm va terrorizm g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan deb topilgan va O‘zbekistonga olib kirish, tayyorlash, tarqatish va namoyish etish taqiqlangan Telegram, YouTube kanallar, Facebook, Instagram, TikTok sahifalar va saytlar ro‘yxatini yangiladi.
Qoraqalpog‘istonga 2024-yilda 2,1 mlrd dollar investitsiya jalb etilishi mo‘ljallanmoqda. Prezident hududda yangi ish o‘rinlari yaratish rejalarini tanqid qilib, sanoat zonasi, turizm, bo‘sh yerlarni tadbirkorlarga sotish va noruda konlarga sanoatga olib kirish orqali aholini band qilish mumkinligini qayd etdi.
Prezident qarori bilan Tashkent Pharma Park innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri hududida “Biotexnologiyalar klasteri” tashkil etilib, unga qo‘shimcha 60 gektar yer maydoni ajratiladi.
AQSh elchisi Jonatan Xenik va USAID missiyasi rahbari Devid Xofman Toshkent havosi haqida gapirdi. “Har kim buni shaxsiy muammo sifatida qabul qilishi kerak, chunki bu barchaga — „siz, oilangiz va farzandlaringizga“ taalluqli. Shuningdek, hukumatni muammoni o‘rganib, chora ko‘rishga undash zarur”, — dedi elchi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting