“O‘zsanoatqurilishmateriallari” uyushmasi sement ishlab chiqaruvchi korxonalar uchun ohaktosh bo‘yicha soliq stavkasi qariyb 4 baravar kamaytirilganiga izoh berib, bu chora mahalliy zavodlarning raqobatbardoshligini oshirishga qaratilganini yana bir bor ta’kidladi.
Eski ToshMIdagi sobiq kadetlar korpusi binosi profnastil panjara bilan o‘raldi, hududda demontaj ishlari boshlandi. Bino Rossiya tibbiyot universiteti filiali uchun tayyorlanmoqda. Shahar madaniy meros boshqarmasi rekonstruksiya loyihasini hali tasdiqlagani yo‘q, ammo “ishni nazorat qilmoqda”.
Shamolda tomi uchib ketgan hokimlik binosi, o‘zbek-qozoq chegarasi haqida yozgan Nazarboyev, Toshkentning “tashrif qog‘ozi"ga aylanadigan bozorlar, Latviyada mashhurlikka erishgan o‘zbekistonlik kuryer, keshbek tizimiga kiritilayotgan cheklov va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Olimlarning fikricha, joriy 2024-yil 2023-yildagi rekord darajadan ham issiqroq bo‘lishi mumkin. Bu El-Nino, ya’ni Tinch okeanining ekvatorial qismida suv sathidagi haroratning anomal ko‘tarilishi bilan bog‘liq. Ushbu hodisa o‘tgan yilgi haroratga ham ta’sir qilgandi.
Farmatsevtika agentligi sobiq rahbari Sardor Kariyev “Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha tergovda unga tazyiq o‘tkazilganini bildirdi.
O‘zbekiston va Turkiya huquq-tartibot idoralari “Madam Klod” nomi bilan tanilgan Nilufar Mirxanovani qo‘lga oldi. U odam savdosida ayblanib qidiruvga berilgan edi. Ayblanuvchi O‘zbekistonga deportatsiya qilindi.
11−16-yanvar kunlari Toshkent va Namangan viloyatlarining tog‘li hududlarida qor ko‘chish xavfi e’lon qilindi. Avvalroq O‘zgidromet 11-yanvardan O‘zbekiston hududiga nam va salqin havo kirib kelishi, tog‘li hududlarda qor yog‘ishidan ogohlantirgandi.
Sement ishlab chiqaruvchilar uchun yer qa’ridan foydalanganlik solig‘i miqdori reja qilingani kabi 2 baravar emas, 4 baravarga pasaytirildi. Qaror iqtisodiy rag‘batlantirish deya izohlandi, ammo bu rag‘batning atrof-muhit va inson sog‘lig‘iga ta’siri atroflicha muhokama qilinmadi. “Gazeta.uz” masalani o‘rgandi.
Endi xaridorlar bir oyda sotib olgan tovarlar (xizmatlar) qiymatining faqat BHMning 60 baravaridan oshmagan qismi uchun 1 foizli keshbek olishi mumkin bo‘ladi. Bu ayni vaqtda oyiga 204 ming so‘mdan ko‘p keshbek ololmaslikni anglatadi. Oldin bu bo‘yicha maksimal summa belgilanmagandi.
O‘zbekiston va Qirg‘iziston huquq-tartibot idoralari Qirg‘iziston parlamenti deputati Emil Jamg‘irchiyevga nisbatan qo‘zg‘atilgan jinoiy ish doirasida tadbirkor Salim Abduvaliyevni birgalikda so‘roq qilgan. Deputat Qirg‘izistonda “tartibni tiklash” uchun “Salimboy”dan yordam so‘ragan, dedi respublika MXDQ rahbari.
“Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan jismoniy shaxslarning xaridlari uchun QQS qaytarib beriladigan tovarlar ro‘yxatiga un, shakar, dori vositalari va tibbiy xizmatlar ham kiritildi.
Poytaxtning Yangihayot tumanida mast erkak onasining enagasini kaltakladi. Holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Innovatsion rivojlanish agentligi direktori sifatida ishlab kelgan Olimjon To‘ychiyev Turin politexnika universitetiga rektor etib tayinlandi.
Jizzax viloyatining Forish tumani hokimligi binosi tomi kuchli shamol sabab uchib ketdi. Tomning tunuka va taxtalari hokimiyat avtoturargohida turgan 6 ta avtomobil ustiga tushib, zararladi.
Shahrisabz va Parkent tumanlarida tog‘ turizmi uchun dam olish maskanlari qurilishi reja qilinmoqda. Shuningdek, Qashqadaryodagi Maydanak platosida yengil konstruksiyali hostellar qurish, mavjud binolarni savdo va xizmat ko‘rsatish uchun qayta foydalanishga topshirish, hududni obodonlashtirish rejalashtirilmoqda.
Ekvadorda telekanalga jonli efir vaqtida qurolli shaxslar bostirib kirib, xodimlarni garovga oldi va “mafiya bilan o‘ynashmaslikni” aytdi. Mamlakatda hujumlar sabab 10 kishi halok bo‘ldi. Prezident “ichki qurolli konflikt” rejimini e’lon qildi. Avvalroq yirik jinoiy guruh rahbarlari qamoqdan qochgandi.
O‘zbekiston prezidenti Toshkent davlat sirki binosini ta’mirlash, shuningdek, qiymati 15 milliard so‘mlik 300 o‘rinli o‘quv binosi qurilishi rejalari bilan tanishdi.
Qozog‘istondagi qoraqalpoq diasporasi vakili Niyetbay Urazbayev Olmaotada vafot etdi. U Nukus voqealari bo‘yicha O‘zbekistonda sirtdan qamalgandi.
Prezident tarixiy shaharlardagi bozorlarni sayyohlar uchun jozibador maskanlarga aylantirish hamda Toshkent va boshqa shaharlardagi yangi bozorlar loyihalari bilan tanishdi. 515 ta bozorni “tartibga keltirish” uchun alohida dastur ishlab chiqilmoqda.
Shayxontohur tumanida “VAZ-2107” elektr simlarida yuz bergan qisqa tutashuv oqibatida yonib ketdi. Hodisa sabab hech kim jarohatlanmadi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting