Toshkentdagi “Arzon Dorixona”ga berilgan litsenziya bekor qilindi. Tekshiruvda unga tegishli dorixonada 25 turdagi dori vositasi, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika davlat ro‘yxatidan o‘tmagani va sertifikati mavjud emasligi aniqlangan.
Xitoydan O‘zbekistonga chiqindilarni tashish uchun mo‘ljallangan birinchi elektromobil keltirildi. Tor ko‘chalarda ham harakatlanadigan va 3 tonnagacha yukni ko‘taruvchi elektrotexnika vositasi Jizzax viloyatida sinovdan o‘tkaziladi.
Yaponiyadagi zilzila qurbonlari va jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari borligi aniqlangani yo‘q. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 200 dan ortiq kishi halok bo‘lgan, yana 102 kishi bedarak yo‘qolgan. 28 ming mahalliy aholi evakuatsiya markazlarida qolmoqda.
Azon Global portali o‘z asoschisi, Mubashshir Ahmad taxallusi bilan tanilgan Alisher Tursunovning Turkiyada gumonlanuvchi sifatida qo‘lga olinganini ma’lum qildi. Unga ayni qanday ayblov qo‘yilganiga aniqlik kiritilmagan.
Yangi tashkil etilayotgan O‘zbekiston mahallalari uyushmasi 982 ta shtat birligidan iborat bo‘ladi. U Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining 662 ta va “Mahalla” xayriya jamoat fondining 320 ta shtat birligini qisqartirish hisobiga shakllantiriladi.
O‘zbekistonda mart oyidan boshlab tadbirkorlik subyektlari uchun 16 turdagi litsenziya va ruxsatnomalar bekor qilinadi. Bu tadbirkorlarga yiliga qariyb 350 mlrd so‘m mablag‘ni tejash imkonini beradi.
Ijtimoiy tarmoqlarda otasi urgan bolaning yuzi va boshida ko‘karish hamda chandiqlar borligi aks etgan video tarqaldi. IIV voqea Urganch shahrida bo‘lganini va holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvlar boshlanganini ma’lum qildi.
Qozog‘iston hukumati 2022-yil yanvarida bo‘lib o‘tgan namoyishlar chog‘ida mahbuslarni qiynoqlarga solgan 40 dan ortiq huquq-tartibot organi xodimlarini jinoiy javobgarlikka tortdi. Yana 20 ga yaqin ish yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
“Qonunlar qog‘ozda emas, balki amalda qat’iy bajarilganda”, odamlar hayotida xotirjamlik va ro‘zg‘orida farovonlik bo‘ladi, dedi prezident. “Bu maqsadga to‘la erishish mumkin”, dedi u prokuratura xodimlariga yo‘llagan tabrigida.
Iqlimshunos Erkin Abdulahatov Toshkent havosining ifloslanishi, iqlim o‘zgarishining qishloq xo‘jaligiga ta’siri va chang bo‘ronlariga qarshi kurash haqida gapirdi. “Havoning ifloslanishi O‘zbekistonda millionlab odamlar uchun xavf tug‘dirmoqda va bu tahdid geometrik progressiyada o‘sib boradi”, — dedi u.
O‘zbekiston byordvotcherlari o‘rtasida “Katta yil-2023” tanlovi yakunlari sarhisob qilindi. O‘tgan yili ular 283 ta qush turini aniqlash va suratga olishga muvaffaq bo‘ldi. Foto.
Umra xizmatlari uchun yangilangan narxlar, futboldan umrbod chetlatilgan hakamlar, aholiga chiqindi uchun to‘lanadigan mablag‘, ikkita viloyatda quriladigan elektrobus zavodlari va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
Senator Bojxona qo‘mitasi kontrabandani aniqlash bo‘yicha ko‘plab tadbirlar o‘tkazilgani haqida xabar bergan bo‘lishiga qaramay, bayram kunlari aholi tomonidan pirotexnika vositalarining keng qo‘llangani yuzasidan qo‘mitaga so‘rov yubordi.
O‘zbekistonda yil boshida ishsizlar soni 1,3 mln kishini tashkil etgan bo‘lsa, bu yil yana 2,4 mln kishi mehnat bozoriga kiradi. 2024-yilda 5 mln aholi ish bilan ta’minlanishi kutilmoqda. Prezident, shuningdek, tadbirkorlik subyektlari uchun yagona hisobotlar tizimini joriy etish bo‘yicha ham topshiriq berdi.
AQSh, Yevropa va Turkiyada Boeing 737 MAX 9 samolyotidan foydalanish vaqtincha to‘xtatildi. Bunga Alaska Airlines`ga tegishli shu rusumdagi samolyot favqulodda chiqish eshigining parvoz vaqtida ajralib tushgani sabab bo‘ldi. Bortda 177 kishi bor edi, ulardan bir qanchasi jarohatlangan.
Samarqand viloyati Jomboy tumanida yashovchi fuqaroning uyidan salkam 32 kg marixuana, shuningdek, opiy va psixotrop dorilar olib qo‘yildi.
Buxoro viloyatida 15-yanvardan sovuq suv va oqova suv xizmatlari narxi oshadi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasining “Haj va Umra” markazida Umra xizmatlari narxi 10-yanvardan bir kishi uchun 16,6 mln so‘m etib belgilandi.
Nihoyat Toshkent va bir necha viloyatlarda maishiy chiqindilarni alohida yig‘ish boshlanadi. Aholiga bepul chiqindi paketlari beriladi. Fuqarolarga qayta ishlangan chiqindilar uchun pul to‘lash rejalashtirilmoqda.
Toshkent shahridagi Paynet shoxobchalarida bir necha bor bank kartasiga pul tushirib, naqd pulni bermasdan qochib ketgan shaxs qo‘lga olindi. Unga nisbatan talonchilik yuzasidan jinoiy ish ochildi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting