O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘zaro savdodagi to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha qo‘shma ishchi guruh tuzadi. UzKazTrade qo‘shma tashqi savdo kompaniyasi orqali onlayn savdo maydonchasini yaratish rejalashtirilmoqda.
Dekabrda O‘zbekiston xalqaro zaxiralari ko‘paydi, biroq 2023-yil bo‘yicha mamlakatning “moliyaviy yostiqchasi” 1,2 mlrd dollarga kamayib, 34,56 mlrd dollarni tashkil etdi. Yillik hisobda zaxiralar kamayishi 2018-yildan beri ilk marta kuzatildi. Oltinning fizik hajmi yil davomida deyarli 25 tonnaga kamaydi.
Nukus shahrida 2 kishi noma’lum etiologiyali moddadan zaharlandi. Ulardan biri shifoxonada vafot etdi. Holatni hokim o‘rinbosari boshchiligidagi komissiya tekshirmoqda.
9−10-yanvar kunlari O‘zbekistonga Turkmanistondan iliq havo kirib keladi va bu kunlarda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat janubda +20 darajagacha ko‘tariladi. Payshanba kuni Kaspiy dengizi hududlaridan nam havo kirib kelishi hisobiga harorat pasayib, yomg‘ir yog‘adi.
Xitoy kompaniyalari Andijon viloyatida yiliga 2 mingta, Farg‘ona viloyatida yiliga mingta elektrobus ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishi rejalashtirilmoqda. Ulardan butun O‘zbekiston bo‘ylab jamoat transportini yaxshilash maqsadida foydalaniladi.
Toshkentda vannaxonadagi issiq suv baki yorilishi oqibatida 20 yoshli qiz kuyish jarohati oldi. U shifoxonada vafot etdi.
Samarqand tumani hokimining ikki yordamchisi mahalliy aholidan biriga yer ajratgani uchun 1000 dollar olayotgan vaqtida qo‘lga tushdi. SamDU tyutori esa 3 ming dollar olayotgan vaqtda ushlandi. U mahalliy aholiga mehnat faoliyatlariga 20 yillik ish staji qo‘shib berishni va’da qilgani aytilmoqda.
O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi Etika qo‘mitasi kelishilgan o‘yinlarda ishtirok etganlikda aybdor deb topib uch nafar hakam va “Qo‘qon-1912” klubi sport direktori Shuhrat Mo‘minovni futbol bilan bog‘liq faoliyatning barcha turidan umrbod chetlatdi.
Tabiiy ofatlar paytida nogironligi bo‘lgan shaxslar eng katta xavf ostida qolishadi, chunki favqulodda holat xabarlari va evakuatsiya yo‘llari ular uchun moslashtirilmagan bo‘lishi mumkin. Jahon banki O‘zbekistonda nogironligi bo‘lganlar ehtiyojlarini hisobga olish bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishdi.
O‘zbekistonlik futbolchilar 12-yanvar kuni start oladigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik doirasidagi mashg‘ulotlarda Falastinni kichik hisobda mag‘lub etdi.
2024-yildan Soliq kodeksiga kiritilgan o‘zgartirishlar bilan jismoniy shaxslarning mol-mulk solig‘i stavkalari oshirildi va ularni hisoblash tartibi o‘zgardi. Endi jismoniy shaxslar uchun noturar joy obyektlarining soliq bazasini hisoblash tartibi yuridik shaxslar uchun belgilangan tartib bilan bir xil bo‘ladi.
Zomin tumanida avtobus burilayotib, ro‘paradan kelayotgan “Jiguli” bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil mashinadagi 50 yoshli yo‘lovchi kasalxonada vafot etdi.
Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel iyulda bo‘lib o‘tadigan Yevroparlament saylovlarida ishtirok etmoqchi. Shu sababli u o‘z lavozimini muddatidan oldin tark etishga qaror qildi. Gap shundaki, bir paytda Yevropa kengashi rahbari va Yevroparlament a’zosi lavozimlarini egallash mumkin emas.
O‘zbekistonda 2024-yilning aprel oyidan ko‘chmas mulk va avtotransport vositalari bilan bog‘liq bitimlar chiqindini olib ketish xizmatlari uchun qarzdorlik bo‘lmagan taqdirdagina notarial tasdiqlanadi.
Mirishkor tumanida Nexia yo‘lning qarama-qarshi tomonida ketayotgan piyodani urib yubordi. Oqibatda u shifoxonada vafot etdi.
Yunusobod tumanida King Long rusumli 93-sonli avtobus Matiz bilan to‘qnashdi. Oqibatda yengil avtomobil texnik shikastlandi, avtobusga zarar yetmadi.
Toshkent-Termiz-Sariosiyo-Toshkent yo‘nalishida Let L-410 havo kemasi bilan ilk sinov parvozi amalga oshirildi. Doimiy parvozlar yo‘lovchi terminali qurilib, zaruriy infratuzilma yaratilgandan so‘ng ATR-72, Let L-410 va undan kichik samolyotlarda yo‘lga qo‘yiladi.
AQSh prezidenti Jo Bayden saylovoldi tashviqotidagi OAV tomonidan keskin deya ta’riflangan nutqida ehtimoliy raqibi Donald Trampni Amerika demokratiyasiga tahdid deb atadi. Tramp bunga javoban Baydenning nutqini “ta’sirli, qo‘rquv uyg‘otuvchi targ‘ibot tadbiri” deya baholadi.
Yomg‘irli yakshanba, Toshkentda sinovdan o‘tkaziladigan vodorobuslar, oltin sotish bo‘yicha peshqadamlik qilayotgan O‘zbekiston, chiqindi xizmatidan qarzi bo‘lsa, “svet"siz qoladigan isteʼmolchilar, viloyatga vaqtincha hokim bo‘lgan yoshlar yetakchisi va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.
O‘zbekistonning xalqaro qidiruvga berilgan 8 nafar fuqarosi Turkiyada qo‘lga olindi. Ular uyushgan jinoyatchilik, giyohvand moddalar kontrabandasi, firibgarlik va boshqa jinoyatlarni sodir etganlikda gumonlanmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting