Arxiv

Aniqlashtirish: chekka hududlardagi maktablar bepul avtobuslar bilan ta’minlanadi
4 yanvar 2024, 16:54

Aniqlashtirish: chekka hududlardagi maktablar bepul avtobuslar bilan ta’minlanadi

“Gazeta.uz” chekka hududlardagi maktab va bog‘chalarga transport qatnovini yo‘lga qo‘yish g‘oyasidan voz kechilgani haqidagi xabarda noaniqlikka yo‘l qo‘ydi. “O‘zbekiston-2030” strategiyasida 715 ta maktabda o‘quvchilar uchun bepul avtobuslar tashkil etilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi
4 yanvar 2024, 15:25

O‘zbekistonning tog‘li hududlarida qor ko‘chishi xavfi e’lon qilindi

O‘zgidromet Toshkent va Namangan viloyatlarining ayrim hududlarida 5−9-yanvar kunlari qor ko‘chishi xavfidan ogohlantirdi.

Fido-Biznes kompaniyasi SWIFT tizimining biznes hamkori bo‘ldi
4 yanvar 2024, 15:00

Fido-Biznes kompaniyasi SWIFT tizimining biznes hamkori bo‘ldi

Bank sohasidagi yirik o‘zbek axborot tizimlarining ishlab chiqaruvchilardan biri Fido-Biznes Markaziy Osiyoda SWIFT biznes hamkori maqomini olgan birinchi IT-kompaniyalardan biri bo‘ldi.

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi
4 yanvar 2024, 14:45

Sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish tartibi joriy etiladi

Prezident farmoni bilan 1-maydan sud hujjatlari asosida ijro hujjatlarini elektron shaklda berish (yuborish, taqdim etish) tartibi joriy etiladi. Shuningdek, fuqarolardan qarzdorliklari uchun undiruv qaratilishi mumkin bo‘lmagan eng kam kafolatlangan daromad belgilanadi.

O‘zbekistonda Ai-80 benzinining narxini cheklash rejalashtirilmoqda
4 yanvar 2024, 14:01

O‘zbekistonda Ai-80 benzinining narxini cheklash rejalashtirilmoqda

O‘zbekistondagi barcha “zapravka”larda Ai-80 benziniga 8 ming so‘mlik yuqori narx chegarasini belgilash rejalashtirilmoqda. Bundan tashqari, raqobatni rivojlantirish uchun “Tatneft”, “Lukoyl”, “Gazpromneft” va Saneg kompaniyalarini 80 dan ortiq “zapravka” qurilishiga jalb etish rejalashtirilgan.

Eski ToshMIdagi bino buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi. U — madaniy meros obyekti (+foto)
4 yanvar 2024, 12:26

Eski ToshMIdagi bino buzilishi haqidagi xabarlar rad etildi. U — madaniy meros obyekti (+foto)

Tarmoqlarda eski ToshMI hududidagi Toshkent kadetlar korpusining sobiq bosmaxonasi binosi buzilishi mumkinligi haqida xabarlar tarqaldi. Madaniy meros agentligi buni rad etib, bino madaniy meros obyekti ekani va davlat tomonidan muhofaza qilinishini bildirdi. Foto.

Isroil Oliy sudi sud islohoti haqidagi qonunni bekor qildi
4 yanvar 2024, 10:48

Isroil Oliy sudi sud islohoti haqidagi qonunni bekor qildi

Isroil Oliy sudi uni parlament va bosh vazirning qarorlari “oqilonalik tamoyiliga” zid bo‘lsa, ularni bekor qilish huquqidan mahrum qiluvchi qonunni bekor qildi. O‘zgartirish Benyamin Netanyaxu hukumati tomonidan amalga oshirilgan va mamlakatda ommaviy noroziliklarga sabab bo‘lgan.

“Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish endi imkonsiz”. Toqayev — 2026-yilda qayta saylanishi ehtimoli haqida
4 yanvar 2024, 09:56

“Konstitutsiyaga o‘zgartirishlar kiritish endi imkonsiz”. Toqayev — 2026-yilda qayta saylanishi ehtimoli haqida

Qozog‘iston prezidenti Konstitutsiyani o‘zgartirish va 2026-yilgi saylovda nomzodini qo‘yish niyatida emasligini aytdi. Shuningdek, u Nazarboyev ketganidan keyin qo‘shhokimiyat modelini joriy etishga urinishlar bo‘lganini va uning sheriklari “siyosiy o‘yinlari” sabab “mamlakatni deyarli parchalab tashlaganini” tan oldi.

Tongda Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori me’yordan oshmadi
4 yanvar 2024, 09:18

Tongda Toshkent havosidagi PM2,5 miqdori me’yordan oshmadi

Payshanba tongidan buyon Toshkent shahrida havo ifloslanishi darajasi normadan oshmadi. Soat 8:00 da PM2,5 zarrachalari miqdori 5 mkg/m3 ni tashkil etdi, bu — JSST tavsiyasiga teng.

Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi
4 yanvar 2024, 08:38

Farg‘onadagi YTH oqibatida 2 kishi vafot etdi

Farg‘ona tumanida asosiy yo‘lga shoshilib chiqqani aytilayotgan Nexia-3 mashinasi Tracker`ga urildi. Oqibatda 2 yo‘lovchi voqea joyida vafot etdi. Yana 3 kishi shifoxonaga yotqizildi.

Ai-80 benziniga aksiz solig‘i bekor qilingani sababli budjet 100 mln dollar yo‘qotdi. Aholi esa bu imtiyozdan foyda ko‘rmadi
4 yanvar 2024, 08:18 1

Ai-80 benziniga aksiz solig‘i bekor qilingani sababli budjet 100 mln dollar yo‘qotdi. Aholi esa bu imtiyozdan foyda ko‘rmadi

O‘tgan yilda Ai-80 benziniga aksiz solig‘i vaqtincha bekor qilingani sababli davlat budjetiga 100 mln dollar kamomad yetdi, shunga qaramay, O‘zbekiston aholisi bu imtiyozdan deyarli naf ko‘rmadi. Energetika vazirligi bundan asosan tadbirkorlar foyda ko‘rganini tasdiqladi.

IT-Park rezidentlarining faoliyat turlari kengaytirildi
4 yanvar 2024, 08:06

IT-Park rezidentlarining faoliyat turlari kengaytirildi

Multimedia va dizayn xizmatlarini ko‘rsatuvchi, shuningdek, kibersport, venchur moliyalashtirish va multiplikatsiya sohasidagi kompaniyalar ham endi O‘zbekistondagi IT-Park rezidenti bo‘lishi mumkin.

3-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
3 yanvar 2024, 22:37

3-yanvar kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Havosi yana ifloslangan Toshkent, so‘nggi 6 yildagi eng past inflyatsiya, bahorda narxi oshadigan Ai-80 benzini, vakolat muddatlari uzayayotgan mahalla raislari va boshqalar — “Gazeta.uz”ning kunlik dayjestida.

IT-Med tugatilmoqda, Raqamli sog‘liqni saqlash platformasi bilan UZINFOCOM shug‘ullanadi
3 yanvar 2024, 21:49

IT-Med tugatilmoqda, Raqamli sog‘liqni saqlash platformasi bilan UZINFOCOM shug‘ullanadi

Sog‘liqni saqlash sohasini raqamlashtirish bilan shug‘ullangan IT-Med davlat muassasasi tugatilmoqda, uning Raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish bo‘yicha majburiyatlari UZINFOCOM yagona integratoriga o‘tkazilmoqda. Sohaga oid asosiy axborot tizimlarini ishga tushirish 2024−2025-yillarga mo‘ljallanmoqda.

Bir qator amaldorlar xususiy kompaniyalar ta’sischilari va boshqaruvchilari ro‘yxatidan chiqdi
3 yanvar 2024, 21:26

Bir qator amaldorlar xususiy kompaniyalar ta’sischilari va boshqaruvchilari ro‘yxatidan chiqdi

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi mansabdor shaxslar o‘rtasidagi manfaatlar to‘qnashuvi holatlari bartaraf etilganini xabar qildi. Ular orasida ikki nafar hokim, vazir o‘rinbosari, Farmatsevtika agentligi, Antidoping markazi, Markaziy depozitariy, PR-markaz va Axborotlashuv markazi rahbarlari bor.

Qishloqlarda Yangi yil qanday kutib olindi?
3 yanvar 2024, 18:58

Qishloqlarda Yangi yil qanday kutib olindi?

Qishloqdagi Yangi yil shahardagi, ayniqsa poytaxtdagi bayramga o‘xshamaydi. Unda archa atrofida sayl, konsert degan narsalar yo‘q. “Gazeta.uz” muxbirlari Madina A’zam va Xolida Musulmon 2024-yilni Andijon va Jizzaxdagi qadrdon qishloqlarida kutib oldi va qishloqdagi bayram tarovatini kadrlarga muhrladi.

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi
3 yanvar 2024, 17:47

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsulxonasiga yangi rahbar tayinlandi

O‘zbekistonning Istanbuldagi bosh konsuli etib Sherzod Abdunazarov tayinlandi. Avvalroq bu lavozimda ishlagan Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi elchisi etib tayinlangandi.

Mahalla raisining vakolat muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda
3 yanvar 2024, 17:40

Mahalla raisining vakolat muddatini uzaytirish rejalashtirilmoqda

O‘zbekistonda mahalla raislarining vakolat muddatini 3 yildan 5 yilgacha uzaytirish reja qilinmoqda. “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi qonunda “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorlikda ishlash mexanizmlari hamda ularning kollegial mas’uliyati aniq belgilab beriladi.

Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suvi narxi oshdi
3 yanvar 2024, 17:11

Qoraqalpog‘istonda ichimlik va oqova suvi narxi oshdi

Qoraqalpog‘istonda 1 metr kub ichimlik suvi narxi aholi uchun 2900 so‘m, budjet tashkilotlari va ulgurji iste’molchilar uchun 5700 so‘m etib belgilandi. Shuningdek, oqova suvi narxi ham oshdi.

Andijonda mast haydovchi YPX xodimi va yana bir kishini urib yubordi
3 yanvar 2024, 16:31

Andijonda mast haydovchi YPX xodimi va yana bir kishini urib yubordi

Andijonda mast haydovchi katta tezlikda mashina boshqarib ketayotib, yo‘l chetida to‘xtab turgan avtomobilga urildi. YPX xodimi va yana bir haydovchi jarohatlandi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting