Poytaxtda moratoriy talablariga to‘liq rioya etilmayotgani va daraxt kesish holatlari davom etayotgani sabab Ekologiya vazirligi Toshkent shahar ekologiya boshqarmasi rahbar va xodimlariga xizmat tekshiruvi tayinladi. Shuningdek, 1-fevralgacha boshqarma vakolatlari cheklandi.
O‘zbekistonda 1-apreldan Ai-80 benziniga nisbatan aksiz solig‘i stavkasi 12 foizga, Ai-91 va undan yuqori benzin uchun o‘zgarishsiz qoladi. Qaror zararli gazlarning aholi salomatligiga salbiy ta’sirini kamaytirish bilan izohlandi, biroq aksiz solig‘i ekologik toza yonilg‘i turlariga nisbatan ham oshiriladi.
Surxondaryoda XIX asr oxiriga oid oltin tangani 100 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ikki kishi ushlandi. Tanga “Petru Bogdanovu 1899” yozuvli, og‘irligi 61,69 gramm va madaniy boylikka taalluqli bo‘lgan.
Toshkent viloyatida yo‘lovchilarni tashish xizmatlari bo‘yicha yangi tariflar belgilandi. Endilikda avtobuslardan foydalanganlik uchun 1500 so‘m, yo‘nalishli taksi (mikroavtobus)lar uchun 2000 so‘m to‘lanadi.
Toshkent hokimiyati Fitch xalqaro reyting agentligining shahar reytingini aniqlash jarayonidagi ishtirokini tiklash to‘g‘risida qaror qabul qildi. Avvalroq Fitch shahar reytingini qaytarib olgandi.
2023-yil yakuniga ko‘ra O‘zbekistonda 8,77 foizli inflyatsiya qayd etildi, bu 2016-yildan beri eng past ko‘rsatkich sanaladi. Yil davomida guruch 38,7%, go‘sht 9,3%, sut 13,3%, tuxum 11,7%, shakar 11% ga qimmatladi. Benzin narxi 19,1%, propan narxi esa 29,4% ga oshdi.
Uyqudagi hovlilar va mushaklarning yerda sochilib yotgan pachoq qadoqlari, qariyb yo‘lovchisiz jamoat transporti, tong oftobida tovlanayotgan kimsasiz ko‘cha va maydonlar. “Gazeta.uz” muxbiri Iskandar Mirzahmedov Toshkent 2024-yilning ilk tongini fotosuratlarga muhrladi.
O‘zbekistonda hafta davomida havo iliq bo‘ladi. Harorat kunduzi +8…+15, kechasi 0…+5 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda. Tuman tushib, shamol kuchayishi, juma kuni ayrim hududlarda yomg‘ir yog‘ishi mumkin.
Sharof Rashidov tumanida Lacetti transformatorga urilishi oqibatida mashina va transformator texnik shikastlandi, mahalla bir muddat elektr ta’minotisiz qoldi.
Yaponiyaning Ishikava prefekturasida yuz bergan 7,6 magnitudali zilzila oqibatida kamida 64 kishi halok bo‘ldi. Qo‘shni hududlarda ham vayronagarchiliklar qayd etilgan. Davom etayotgan zilzilalar qutqaruv ishlariga to‘sqinlik qilmoqda. Foto.
Namanganda o‘zganing Mersedes-Benz rusumli avtomashinasini davlat raqamlarisiz va guvohnomasiz boshqarayotgan yigit Instagram’da yo‘l harakati qoidalarini qanday buzayotgani haqida video joyladi. U oltita modda bo‘yicha jarimaga tortildi.
Chorshanba kuni ertalab soat 8:00 holatiga ko‘ra, Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari miqdori 67,5 mkg/m3 ni tashkil etdi. Bu JSST tavsiyasidan 18,7 baravar yuqori. Soat 4:00 da “O‘zgidromet” hududida bu ko‘rsatkich 87,5 mkg/m3 ni tashkil qildi.
1-yanvar kuni O‘zbekistonda 1859 nafar chaqaloq tug‘ildi, ulardan 847 nafari qiz, 1012 nafari o‘g‘il bola. Xususan, 21 ta holatda egizak, 1 ta holatda uch egizak dunyoga keldi.
Javlon Vahobov Markaziy Osiyo xalqaro institutiga direktor etib tayinlandi. U 2017−2023-yillarda O‘zbekistonning AQSh, Kanada va Braziliyadagi elchisi bo‘lib ishlagan.
Dubayda noma’lum jinoiy to‘da tomonidan garovda ushlab turilgan o‘zbekistonlik erkak qutqarildi. Undan 200 ming dollar pul talab qilingan, pul berilmagan taqdirda joniga qasd qilish bilan qo‘rqitilgan. U Bosh konsullik diplomatlari ko‘magida ozodlikka chiqarildi.
31-dekabrda Ai-80 benziniga joriy etilgan aksiz solig‘ini “nol” stavka qo‘llash yakuniga yetdi. Endi UNG Petro yonilg‘i quyish shoxobchalarida ushbu markadagi benzin narxi 6800 so‘mdan sotilmoqda (bungacha 6050 edi), xususiy shoxobchalarda esa qimmatroq.
1-yanvardan 10-yanvarga qadar Toshkent viloyatining Chimyon tog‘laridagi dam olish maskanlariga (G‘azalkentdan Yusufxonagacha) transport harakati bir tomonlama tashkil etiladi. Ayni vaqtda tirbandliklar kuzatilmayapti.
Yana 5 ta shaharda yo‘lovchi tashishda brutto-shartnoma amal qiladi, maktab direktorlari kasbiy sertifikatlanadi, chang-gaz tozalash uskunalari o‘rnatilishi ko‘zda tutilmagan yangi obyektlar loyihalari ekologik ekspertizadan o‘tkazilmaydi, baliqchilikka garovsiz kredit ajratiladi — 1-yanvardan nimalar o‘zgaradi?
2024-yil O‘zbekistonda “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” deb e’lon qilindi, deya ma’lum qildi Shavkat Mirziyoyev. “Inson qadrini ulug‘lash, aholimiz manfaatlarini ta’minlash, buning uchun kuchli iqtisodiyot barpo etish bizning asosiy vazifamizdir”, — dedi u o‘zining Yangi yil tabrigida.
Toshkent shahri budjetining 2024-yilgi xarajatlari 8,07 trln so‘m miqdorida tasdiqlandi. Issiqlik energiyasi uchun subsidiyalar qariyb 2 trln so‘mgacha (barcha xarajatlarning to‘rtdan bir qismi) oshadi, tashqi qarz, O‘TTJ oldidagi kreditni qaytarish va chet el kreditlarini qoplash kabi xarajatlar paydo bo‘ladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting