Arxiv

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi
31 dekabr 2023, 19:31

O‘zbekcha YouTube — 2023. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati jamoasi tavsiya qiladi

YouTube’ning o‘zbek segmenti uchun 2023-yil barakali keldi — videokontent yaratuvchilar soni ham, sifati ham sezilarli oshdi. Kontent ko‘paygach, tomoshabinda tanlov mashaqqati ham paydo bo‘ladi. “Gazeta.uz” o‘zbek tahririyati shu mashaqqatni yumshatish uchun YouTube-kontent bo‘yicha o‘z tavsiyalari bilan bo‘lishadi.

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi
31 dekabr 2023, 16:59

O‘zbekistonda qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari musodara qilindi

Bir yarim oy davomida O‘zbekiston bo‘ylab qariyb 9 mlrd so‘mlik pirotexnika vositalari olib qo‘yildi, deb xabar qildi IIV.

O‘zbekistonda 2023-yil — suratlarda
31 dekabr 2023, 15:33

O‘zbekistonda 2023-yil — suratlarda

Anomal sovuq va energoinqiroz, muddatidan avvalgi O‘zbekiston prezidenti saylovi, jahon yetakchilarining tashriflari, dorilar bilan bog‘liq bolalar fojialari, Sergelidagi portlash. “Gazeta.uz” O‘zbekistonda yakuniga yetayotgan yilning asosiy voqealari haqida so‘zlovchi fotosuratlarni jamladi.

Test: Bu gapni kim aytgan?
31 dekabr 2023, 12:16 1

Test: Bu gapni kim aytgan?

“Ko‘p go‘sht yeyapmiz”, “kuniga 5600 so‘m topgan odam qashshoq emas”, “2,5 mln so‘m besh kishilik oilani boqishga bemalol yetadi” — bunday shedevrlar tarixda qoldi. Hozir amaldorlar o‘ta ehtiyotkor. Shunga qaramay, 2023-yil ham bir qator iqtiboslar bilan tarixda qoladi. “Gazeta.uz” ular asosida test tayyorladi.

Ukraina Rossiyaning Belgorod shahriga zarba berdi. Asosiy ma’lumotlar
31 dekabr 2023, 10:59

Ukraina Rossiyaning Belgorod shahriga zarba berdi. Asosiy ma’lumotlar

Rossiyaning Belgorod shahri markazi Ukraina tomonidan o‘qqa tutildi, 20 dan ortiq odam halok bo‘ldi, 100 dan ortiq kishi jarohatlandi. Ukraina OAV buni bir kun avval Rossiyaning Ukraina shaharlariga bergan yirik raketa zarbasiga javob deya izohladi. BMT har ikki tomonga qilingan hujumlarni qoraladi.

O‘zbekistonda o‘tgan shaxmat bo‘yicha JCH: Magnus Karlsen blits chempioni titulini saqlab qoldi
31 dekabr 2023, 10:34 1

O‘zbekistonda o‘tgan shaxmat bo‘yicha JCH: Magnus Karlsen blits chempioni titulini saqlab qoldi

Samarqandda o‘tgan blits bo‘yicha JCHda norvegiyalik shaxmatchi Magnus Karlsen o‘z titulini himoya qilib, yettinchi bor chempion bo‘ldi. Ayollar o‘rtasidagi turnirda rossiyalik Valentina Gunina g‘olib chiqdi. O‘zbekistonlik sportchilardan Shamsiddin Vohidov va Umida Omonova eng yaxshi natijani ko‘rsatdi.

O‘zbekiston 2023-yilni qanday o‘tkazdi? Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning asosiy voqealari
31 dekabr 2023, 09:00

O‘zbekiston 2023-yilni qanday o‘tkazdi? Siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy hayotning asosiy voqealari

O‘zbekiston 2023-yilda ijtimoiy va dunyoviy davlat maqomini oldi, bolalar va ayollarni zo‘ravonlikdan himoya qilish bo‘yicha ilg‘or qonunni qabul qildi, svetoforlar o‘rnatish va jamoat transportini rivojlantirishga kirishib, shaharlarni insoniylashtirishni boshladi. Yilning boshqa voqealari — “Gazeta.uz” sharhida.

O‘zbekiston Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati shakllantirildi
30 dekabr 2023, 17:11

O‘zbekiston Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati shakllantirildi

Milliy tabiiy meros obyektlari ro‘yxati tasdiqlandi. Undan daraxtzor, archazor, to‘qayzor va tabiiy maskanlardan iborat 16 ta obyekt, 50 ta buloq, 14 ta ko‘l, 3 ta daryo, 10 ta sharshara, 4 ta soy, 10 ta g‘or, 5 ta dara, 10 ta tog‘, qoya va toshlar, 6 ta cho‘l, qumlik va barxanlar o‘rin oldi.

Qozog‘istonda “Tolibon” taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi
30 dekabr 2023, 15:46

Qozog‘istonda “Tolibon” taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarildi

Qozog‘iston hukumati “Tolibon”ni taqiqlangan tashkilotlar ro‘yxatidan chiqarishga qaror qildi.

Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi
30 dekabr 2023, 14:21

Chortoq tumaniga yangi hokim tayinlandi

Namangan viloyati Chortoq tumaniga Ilhomjon Sattarov hokim etib tayinlandi. Tumanning avvalgi hokimi Anvarjon Otaxodjayev Namangan shahriga hokim etib tayinlangandi.

Markaziy bank dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi
30 dekabr 2023, 12:16

Markaziy bank dam olish kunlari ishlaydigan banklar ro‘yxatini e’lon qildi

O‘zbekistonda Yangi yil bayrami va dam olish kunlari valyuta ayirboshlash va pul o‘tkazmalari xizmatlarini taqdim etuvchi banklar ro‘yxati e’lon qilindi.

O‘zbekiston aeroportlari yil davomida xizmat ko‘rsatgan yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi
30 dekabr 2023, 11:22

O‘zbekiston aeroportlari yil davomida xizmat ko‘rsatgan yo‘lovchilar soni bo‘yicha rekord o‘rnatdi

O‘zbekiston xalqaro aeroportlarida yo‘lovchi tashish hajmi rekord darajaga — 10 millionni tashkil etdi. Yubiley yo‘lovchi Nukusdan Toshkentga kelgan Gulshad Najimatdinova bo‘ldi.

Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda ushlandi
30 dekabr 2023, 10:32

Oqdaryo tumanining sobiq hokimi tadbirkordan 200 ming dollar olayotganda ushlandi

Samarqand viloyati Oqdaryo tumanining sobiq hokimi va yana 2 shaxs 11,1 gektar yerni rasmiylashtirib berish uchun fuqarodan 6 mln AQSh dollari talab qilgan. Ular pulning 200 ming dollarini olayotgan vaqtda ushlandi. Shuningdek, Toshkent, Andijon va Navoiy viloyatlarida yer sotish bilan bog‘liq holatlar aniqlandi.

Nima tayyorlaymiz: Bayram dasturxoni uchun taomlar
30 dekabr 2023, 10:00

Nima tayyorlaymiz: Bayram dasturxoni uchun taomlar

Tovuq va ananasli salat, mol go‘shtidan Vellington, “Bayram” salat-torti, gaz pechida pishirilgan kurka go‘shti, “Archa” sloykalari, zanjabilli pryanik va boshqalar — Zira.uz Yangi yil dasturxonini bezatish uchun tavsiyalar beradi.

Yangi yil bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV
30 dekabr 2023, 09:54

Yangi yil bayrami va dam olish kunlari tibbiyot muassasalari tunu kun ishlaydi — SSV

Sog‘liqni saqlash vazirligi O‘zbekistonda 30-dekabrdan 2-yanvargacha bo‘lgan dam olish kunlarida tibbiyot muassasalari 24 soat ishlashini ma’lum qildi.

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2023-yildagi so‘nggi sud majlislari tafsilotlari
30 dekabr 2023, 00:01

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 2023-yildagi so‘nggi sud majlislari tafsilotlari

“Dok-1 Maks” ishi bo‘yicha 22-noyabrdagi sudda Faragentlikning sudlanayotgan sobiq rahbari Sardor Kariyevning advokatlari yana ayrim shaxslarga nisbatan ayblov e’lon qilinishini iltimos qilgandi. Ish bo‘yicha 2023-yildagi so‘nggi — 1-dekabrda bo‘lgan sudda bu iltimoslar qanoatlantirildi. “Gazeta.uz” reportaji.

29-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
29 dekabr 2023, 22:47

29-dekabr kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Soat 01:00 gacha ishlaydigan Toshkent jamoat transporti, yilda bir marta poyezdda bepul yuradigan keksalar, bayramni qorsiz kutib oladigan o‘zbekistonliklar, poytaxt havosini buzayotgan Ai-80 benzini va boshqalar — “Gazeta.uz”ning 2023-yil uchun so‘nggi kunlik dayjestida.

Toshkent shahrining 2024-yilgi budjeti tasdiqlandi. Daromadlar qanday oshadi?
29 dekabr 2023, 22:34

Toshkent shahrining 2024-yilgi budjeti tasdiqlandi. Daromadlar qanday oshadi?

Toshkent shahri kengashi 2024-yilgi budjetni tasdiqladi. Bu yil ham jamoatchilik muhokamasi va jonli efir bo‘lmadi. YAHM o‘sishi tezlashishi kutilmoqda. Aholidan olinadigan daromad solig‘i, davlat tashkilotlari foydasidan olinadigan daromadlar keskin oshishi hisobiga budjet 8 trln so‘mni tashkil etadi.

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi
29 dekabr 2023, 22:20

Tashqi ishlar vaziriga o‘rinbosarlar tayinlandi

Bir yildan buyon tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari bo‘lib kelgan Bahromjon A’loyev endi vazirning birinchi o‘rinbosari sifatida ishlaydi. Muzaffarbek Madrahimov va Rahmatulla Nurimbetov vazirga o‘rinbosarlik qiladi.

31-dekabr kuni Toshkentda avtobuslar ham soat 01:00 gacha ishlaydi
29 dekabr 2023, 21:52

31-dekabr kuni Toshkentda avtobuslar ham soat 01:00 gacha ishlaydi

Poytaxtda avtobuslar ham 31-dekabr kuni metropoliten kabi (farqi — o‘sha kuni metrodan foydalanish bepul) soat 01:00 gacha ishlaydi. “Toshshahartransxizmat” bayram tadbirlari o‘tkaziladigan 18 ta manzilga olib boruvchi avtobus yo‘nalishlarini e’lon qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting