Toshkent shahrida yuqumli kasalliklar ko‘paygani haqidagi xabarlar ortidan SSV rahbari shifoxonalar yuklamasini tezda kamaytirish, “Zangiota-1” shifoxonasida bolalar uchun zaxira o‘rinlar sonini ko‘paytirish, qo‘shimcha transport ajratish, shuningdek, kasalxonaga yotqizishni ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi.
Asl Baraka brendi kolbasa mahsulotlarini ishlab chiqarish jarayonida zamonaviy asbob-uskunalarda amalga oshirilishi hamda har bir assortimentga o‘zgacha yondashuvi haqida videorolikni taqdim etdi.
Oktabr oyida aholi va biznesning inflyatsion kutilmalari biroz oshib, mos ravishda 13,7 va 14,4 foizni tashkil etdi. Markaziy bankning bu oydagi infografikasi hududlar, daromadlar va tadbirkorlik faoliyati kesimidagi ma’lumotlarsiz e’lon qilindi.
Vazirlar Mahkamasi qarori bilan endi avtomobilni boshqarish huquqini beruvchi ishonchnomani elektron shaklda my.gov.uz orqali rasmiylashtirish mumkin bo‘ladi.
Asialuxe Travel milliy turoperatori Pxuketga turlar sotuvi boshlanganini e’lon qildi. Kompaniya 9 mln so‘mdan hamyonbop sayohatlarni taklif etmoqda, orolga birinchi reys esa 1-dekabrga rejalashtirilgan.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov Rossiyaning benzin eksportiga qo‘ygan taqiqi O‘zbekistonda yoqilg‘i bilan bog‘liq vaziyatga ta’sir qilganini aytdi. Hukumatlararo kelishuv imzolangandan so‘ng O‘zbekistonga noyabr oyida Rossiya benzini keldi. Jami 371 ming tonna benzin import qilinishi rejalashtirilgan.
Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistonda oktabr oyida ko‘chmas mulk savdosi 10 foizga kamayganini ma’lum qildi. Mamlakatda ko‘chmas mulk bilan bog‘liq bitimlarning 51 foizdan ortig‘i Toshkent shahri, Toshkent, Farg‘ona va Samarqand viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
23-noyabrdan Toshkentdan Xo‘jakentga va teskari yo‘nalishda elektropoyezdlar harakati qisman tiklandi — ertalab va kechqurun bittadan reys amalga oshiriladi.
Dohada U-23 Osiyo kubogi guruh bosqichi uchun qur’a tashlandi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston Vetnam, Kuvayt va Malayziya bilan birga “D” guruhidan joy oldi. Musobaqa 2024-yilning 15-aprelidan 3-mayigacha Qatarda o‘tkaziladi.
Surxondaryo viloyatida 23-noyabr tongidan buyon 3 marta zilzila qayd etildi. Har uchala silkinish epitsentri Qumqo‘rg‘on tumaniga to‘g‘ri keldi. Zilzila bu tumanga yaqin hududlarda 2−3 balli darajada sezildi.
O‘zbekistonda jismoniy shaxslar dori vositalarining klinik sinovlarida ixtiyoriy ravishda ishtirok etishlari mumkin bo‘ldi. Tadqiqot rahbari qatnashuvchiga sinovning ehtimoliy xavfi haqida batafsil tushuntirish berishi shart.
Yevropa Ittifoqi Ukraina uchun harbiy yordam, dezinformatsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish, yadro xavfsizligini ta’minlash, ittifoqqa qo‘shilish uchun zarur islohotlarni amalga oshirishda yordam va boshqalarni nazarda tutuvchi xavfsizlik kafolatlari konsepsiyasini tayyorladi.
Birjada Buxoro NQIZda ishlab chiqariladigan Ai-80 benzinining maksimal xarid hajmini kuniga 4 tonnagacha pasaytirdi, deb yozadi Spot. Bu yoqilg‘i quyish shoxobchalari va brokerlar so‘ragan ayni chegaradir. Shu bilan birga, istisno tariqasida, boshqa ishlab chiqaruvchilarga 10 tonnadan sotishga ruxsat beriladi.
Poytaxtdagi gul do‘konlarining birida 9 yoshda ekani aytilayotgan qizni mast onasi kaltakladi. Holatni bolalar ombudsmani o‘rganmoqda. “Qizcha voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy himoya ko‘rsatish markaziga joylashtirildi. Ayolni onalik huquqidan mahrum qilish masalasi ko‘rilmoqda”, deyiladi ombudsman xabarida.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkentdagi “Chilonzor Oqtepa” yodgorligi atrofida qurilish bo‘layotgani haqida xabarlar tarqaldi. Shayxontohur tumani hokimligi u yerda avtoservis qurish uchun ruxsatnoma berilganini ta’kidladi. Madaniy meros agentligi esa yodgorlik atrofi 3D panjara bilan o‘ralayotganini ma’lum qildi.
Toshkent yerusti metro liniyasi ostidagi bo‘sh hududlarda savdo va maishiy xizmat ko‘rsatish binolari quriladi. Hokimlik bu bo‘yicha loyiha ishlab chiqilganini ma’lum qildi.
O‘zbekistonda qishloq xo‘jaligidan olingan 17,5 ming gektar yer tadbirkorlarga berilmagan va auksionga ham qo‘yilmagan. Prezident viloyat hokimlarini bu yerlar yil oxirigacha auksionga chiqarilmasa, qishloq xo‘jaligi toifasiga qaytarilishi haqida ogohlantirdi.
Toshkentdagi o‘rtacha ta’mirlangan bir xonali uylar ijarasi o‘rta hisobda 348, ikki xonali uylar uchun 437, uch xonali uylar uchun 526 dollarni tashkil etmoqda, deya qayd etdi MHTI mutaxassislari. oktabrda barcha turdagi xonadonlarning ijara narxi o‘tgan yilning mos davriga nisbatan arzonlagan.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi U-17 Jahon chempionati chorak finalida Fransiya terma jamoasiga qarshi maydonga tushishi kerak. Ammo Fransiya o‘z tarkibiga avvalroq Niger jamoasida to‘p surgan hujumchini jalb etgani uchun diskvalifikatsiya qilinishi mumkin.
Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov prezidentga bergan axborotida energetika tizimi 1-dekabrdan 24 soatlik ish tartibiga o‘tishini ma’lum qildi. Qayd etilishicha, aholi va korxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash maqsadida qo‘shimcha 5 milliard kub metr kafolatli gaz manbalari hal qilingan.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting