Energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov deputatlarga energetika inqirozining oldini olish uchun Toshkentda qishga tayyorgarlik qanday ketayotganini so‘zlab berdi. Shu maqsadda qozonxonalar ta’mirlanib, yangi podstansiya va elektr liniyalari qurildi, mazut zaxiralari yaratildi va boshqa ishlar bajarildi, dedi u.
O‘zbekiston va Xitoy tashqi ishlar vazirlari Baxtiyor Saidov hamda Van I Pekinda ikki davlat tashqi ishlar vazirlarining birinchi strategik muloqotini o‘tkazdi. Unda siyosiy va iqtisodiy sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.
Milliy gvardiya xodimlariga rezina tayoqlar bilan bir qatorda maxsus tayoqlardan ham foydalanishga ruxsat berish taklif qilinmoqda. Teleskopik tayoqlar, loyihada tushuntirilishicha, sovuq qurolli hujumni bartaraf etish va faol qarshilik ko‘rsatgan tartibbuzarlarni bo‘ysundirishda qo‘l keladi.
Shavkat Mirziyoyev Bokuda o‘tkaziladigan BMTning Markaziy Osiyo iqtisodiyotlari uchun maxsus dasturi (SPEKA) birinchi sammitida ishtirok etish uchun 23−24-noyabr kunlari Ozarbayjonda bo‘ladi.
O‘zbekiston bosh vaziri Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari rahbarlarini lavozimga tayinlash va lavozimidan ozod etish huquqini oldi. O‘zbekiston prezidenti kadastr sohasi uchun kadrlar tayyorlash sifati “zamondan orqada” ekanini ta’kidladi.
Chery Uzbekistan brendi avtomobillarning barcha modellari narxini pasaytirish va transport xarajatlarini optimalashtirishni e’lon qildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston o‘smirlar terma jamoasi Angliyani mag‘lub etib, 17 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasidagi Jahon chempionatining chorak finaliga yo‘l oldi. O‘zbekiston oxirgi marta 2011-yilda turnirning bu bosqichiga chiqqan (video, foto, statistika).
Oqdaryo tumanida boshqaruvi yo‘qotilgan avtobus beton to‘siqqa urilishi oqibatida 1 yo‘lovchi vafot etdi. 17 kishi jarohatlandi.
Toshkent aeroportida avtobus Airbus 320 yo‘lovchi layneri bilan to‘qnashdi va samolyotning tumshuq qismiga shikast yetdi. Hodisaga avtobus haydovchisining aerodrom hududida harakatlanish qoidalarini buzgani sabab bo‘lgan. Havo kemasiga ertasi kuni parvozlarga ruxsat berilgan.
O‘zbekistonda ko‘chmas mulkning shartli kadastr qiymati 350 mlrd dollarni tashkil qilishi mumkin, dedi prezident. U aerosuratlar va yer kadastrini ro‘yxatdan o‘tkazish bo‘yicha ishlarni jadallashtirish topshirig‘ini berdi. Agar kadastrsiz yerlardan oqilona foydalanilmasa, ular hokimliklar zaxirasiga qaytariladi.
Moskvadagi ko‘p qavatli uy qurilishi maydonida 35−40 nafar ishchi ishtirokida janjal yuz berdi, ular orasida o‘zbekistonliklar ham bor. Mushtlashuvga oshxonaga kirishda navbat talashish sabab bo‘ldi. Migrantlar jinoiy va ma’muriy javobgarlikka tortildi.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanetsning fikricha, uning futbolchilari xarakter ko‘rsatib, Eron bilan durang o‘ynadi. Shuningdek, birinchi bo‘limdagi kamchiliklar, Eronning provokatsiyalari, xorij klublarida to‘p surayotgan futbolchilar haqida fikr bildirdi.
Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov so‘nggi yillarda iqtisodiyot yuqori budjet taqchilligi sharoitidagi hayotga moslashgani va bu “og‘irlikni pul-kredit siyosatiga yuklayotganini” ta’kidladi. U fiskal konsolidatsiya zarurati va monetar siyosatning “ko‘tarilgan ovozi” haqida gapirdi.
Isroil hukumati HAMAS bilan o‘t ochishni vaqtincha to‘xtatish va bu davrda asirlarni almashishga kelishib oldi. Sulh vaqtida insonparvarlik yordami, dori-darmon va yonilg‘i yuklangan yuk mashinalari G‘azoga kirishi mumkin bo‘ladi. Tafsilot.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi 2026-yilgi jahon chempionatiga saralash o‘yinida Eron bilan durang o‘ynadi. Terma jamoa 0:2 hisobida mag‘lub bo‘la turib, ikkinchi bo‘limda Oston O‘runov va Igor Sergeyevning gollari evaziga hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi (video, foto).
Prezident vagonlar parkini yangilash, Toshkent metropolitenida poyezdlar orasidagi ikki daqiqali intervalni ta’minlash bo‘yicha topshiriq berdi. Bundan tashqari, metropolitenni 2040-yilgacha rivojlantirish strategiyasi ishlab chiqilmoqda, bunda asosiy e’tibor yerosti metrosiga qaratiladi.
Oasis Credit mikromoliya tashkiloti ikkinchi filialning ochilishini e’lon qildi. Endilikda kompaniya tadbirkorlarni sifatli moliyashtirish bilan ta’minlay oladi.
Global iqlim tengsizligi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, dunyodagi eng boy 1 foiz aholi daromadlari past bo‘lgan 66 foiz aholiga qaraganda ko‘proq miqdorda tabiatga uglerod gazi chiqindilari chiqaradi.
Poytaxtning Chilonzor tumanida Chilonzor Sity turar joy majmuasi va “Bunyodkor” stadionining 5,5 gektarli avtoturargohi o‘rnida Smart siti majmuasini qurish taklif qilinmoqda. Bu tuman aholisini kambag‘allikdan chiqarishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Mirobod tumanida Hyundai Sonata mashinasi urib yuborgan 41 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi. Tergov harakatlari olib borilmoqda.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting