“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi fraksiyasining yig‘ilishida O‘zbekistonda 14 863 ta ko‘prik borligi, shundan 32 foizi, ya’ni 4834 tasi qoniqarsiz, 5−6 foizi esa yaroqsiz holatda ekani ta’kidlandi.
Hukumatning maxsus qarori bilan voyaga yetmaganlarga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslar reyestrini yuritish tartibi tasdiqlandi. Unga kiritilgan shaxslarni ishga qabul qilish bilan bog‘liq jarayonlar ushbu axborot tizimidan olingan ma’lumotlar asosida nazorat qilib boriladi.
Huquq-tartibot idoralari Toshkent shahri shoshilinch tibbiy yordam markazi feldsherini bemorga nisbatan jinsiy ehtiyojni zo‘rlik ishlatib qondirishda gumonlab, qo‘lga oldi.
Toshkent viloyatida ikki ming yillik “Qanqa shahristoni” yodgorligiga 3 kishi tomonidan umumiy 13,9 mlrd so‘m zarar yetkazilgani aniqlandi. Gumonlanuvchilarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
O‘zbekiston va Rossiya o‘rtasida yo‘l harakati xavfsizligi va temiryo‘l transportidan foydalanish, raqamlashtirish va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda huquqbuzarliklar to‘g‘risida axborot almashish bo‘yicha memorandum imzolandi.
Rejissyor Ruslan Soliyevning jadidchilik tarixi haqida hikoya qiluvchi “Armon” filmi YouTube’ga chiqarildi. Yuzlab ijodkorlar ishtirokida ikki yil tayyorlangan filmning suratga olish ishlari O‘zbekistondan tashqari Rossiya va Turkiyada bo‘lib o‘tgan. Unda qo‘shni mamlakat san’atkorlari ham suratga tushgan.
19-noyabr kuni O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan 16 ta shaharda Yangi Nafas sport musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Unda 150 ming dan ortiq o‘zbekistonliklar ishtirok etishdi.
Maktablar oldi va kamida to‘rt tasmali yo‘llardagi piyodalar o‘tish joylarida tezlikni oshirish, piyodalarni o‘tkazmaslik va fuqarolarning yo‘lni belgilanmagan joydan kesib o‘tishi kabi qoidabuzarliklarni aniqlovchi maxsus foto-video qayd etish vositalari o‘rnatiladi.
Tarmoqlarda ayol 3 nafar kichik yoshdagi bolalarga ularni va o‘zini yoqib yuborish bilan tahdid qilgani aks etgan video tarqaldi. Bolalar ombudsmani holat alohida nazoratiga olinganini bildirdi.
O‘zbekistonga nam va sovuq havo massalari kirib kelishi hisobiga 22−23-noyabr kunlari tog‘oldi va tog‘li hududlarda sel-suv toshqini hodisalari yuz berishi mumkin.
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston U-17 o‘smirlar terma jamoasi 1/8 finalda Angliya terma jamoasiga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 22-noyabr kuni bo‘lib o‘tadi.
O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi immunizatsiya dasturini raqamlashtirish va chiqindilarni boshqarishni takomillashtirish maqsadida UNICEF va Gavi kompaniyalaridan 3,4 mln dollarlik uskunalarni qabul qilib oldi.
Baraka Market do‘konlar tarmog‘i xaridlardan qanday qilib 16 foizgacha keshbek olish mumkinligini ma’lum qildi.
AQShga Meksika orqali noqonuniy kirmoqchi bo‘lgan O‘zbekiston fuqarolari endilikda mamlakatga qo‘yib yuborilmaydi va immigratsiya ishi hal bo‘lgunicha hibsda saqlanadi. Noqonuniy migratsiyaga yordam bergan oila a’zolari ham viza olishdan mahrum etilishi mumkin.
Shavkat Mirziyoyev Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumanidagi mahallaga tashrifi chog‘ida energiyani tejash, har bir insonda tejamkorlik madaniyatiga daxldorlik tuyg‘usini shakllantirish zarurligini ta’kidladi. “Dunyodagi iqlim o‘zgarishlari bizdan uzoqda, deb bo‘lmaydi. O‘tgan yilgi sovuq buni ko‘rsatdi”, — dedi u.
Zafarbek Ahmedov O‘zbekistonning O‘sh shahridagi bosh konsuli etib tayinlandi. Shu paytga qadar u konsullik-huquqiy departamenti bo‘lim boshlig‘i lavozimida ishlab kelgan.
Yangi O‘zbekiston ko‘chasi va 4R12 yo‘li kesishmasining yangi loyihasi unda chorraha va svetoforlarning umuman yo‘qligi bilan ajralib turadi, deydi pudratchi tashkilot direktori Rahimjon Muhamedov. Unga ko‘ra, ishlar davomida transport harakati to‘xtatilmaydi.
O‘zbekistonda hafta boshida havo iliq bo‘lib, harorat +24…+27 darajagacha ko‘tariladi. Chorshanba kuni nam havo massasi tarqaladi va respublikaning katta qismida yomg‘ir yog‘adi. 23−24-noyabr kunlari harorat kechasi +3…+6 iliqqacha, shimolda −1…−3 daraja sovuqqacha pasayadi.
Yunusobod tumanida 32 yoshli erkak ko‘p qavatli uyning 15-qavatidan sakrab, joniga qasd qildi. Voqeadan ikki kun oldin u xotiniga “osmonda uchgisi kelayotgani”ni aytgan. Bosh prokuratura erkak 2020-yildan buyon ruhiy asab kasalliklari shifoxonasida ro‘yxatda turishini bildirdi.
O‘zbekistonning Italiyadagi elchisi etib tayinlangan Abat Fayzullayev mamlakat prezidenti Serjo Mattarellaga ishonch yorliqlarini topshirdi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting