O‘zbekistonning oltin-valyuta zaxiralari ketma-ket olti oylik kamayishdan so‘ng oktabr oyida deyarli 2 mlrd dollarga ko‘paydi. Zaxiralar miqdori sentabrda 2020-yil aprelidan beri eng past ko‘rsatkichga tushib ketgandi. Xalqaro zaxiralar miqdori oshganiga qaramay, oltinning fizik hajmi kamaygan.
Yevropa Komissiyasi Yevropa Ittifoqi kengashiga Gruziyaga YeI a’zoligiga nomzod maqomini berishni, shuningdek, Ukraina va Moldova bilan ittifoqqa kirish bo‘yicha muzokaralarni boshlashni tavsiya qildi.
Yangi Chery Arrizo 6 Pro ilg‘or texnologiyalar va noyob dizaynni o‘zida birlashtirib, avtomobil komplektatsiyasiga yoritiladigan eshik tokchalari hamda musiqa ritmida xarakat qiladigan rangli yoritgichlar kiradi.
Toshkent shahrida harakatlanuvchi yana 10 ta avtobus yo‘nalishida xizmat ko‘rsatish brutto-shartnoma asosida amalga oshirish boshlandi. Bu bilan ulardan talab qilinadigan kunlik reja bekor qilindi.
Prezidentning maxsus vakili Abdulaziz Kamilov do‘stona munosabatlarni mustahkamlashga qo‘shgan ko‘p yillik hissasi uchun Yaponiyaning “Chiqayotgan quyosh katta kordon” ordeni bilan mukofotlandi. Ordenga O‘zbekiston Badiiy akademiyasi raisi Akmal Nur ham loyiq ko‘rildi.
Mirabad Avenue turar joy majmuasidagi Fashion-xiyobonda 4-noyabr kuni Brioni butigining ochilishi bo‘lib o‘tdi. Toshkentdagi butik tayyor kiyim va aksessuarlarni, shuningdek, Bespoke xizmatini taklif etmoqda.
8-noyabrdan boshlab Toshkent−Xo‘jakent−Toshkent yo‘nalishdagi elektropoyezdlar harakati noma’lum muddatga to‘xtatildi.
O‘tgan oktabr oyi rekord darajadagi eng issiq oy bo‘ldi. Olimlarning ta’kidlashicha, 2023-yil ham tarixdagi eng issiq yil bo‘lishi kutilmoqda.
O‘zbekiston davlat qarzi 1-iyul holatiga ko‘ra 31,5 mlrd AQSh dollarni, yalpi ichki mahsulotga nisbatan 36,8 foizni tashkil etdi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi O‘zbekistonning davlat qarzini “mo‘’tadil” deya baholagan.
Jizzax Auto zavodi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tez yordam avtomobillarininng navbatdagi partiyasini — 108 ta Volkswagen Caddy mashinasini topshirdi. Rejalashtirilgan 1000 dona avtomobildan 700 tasi respublika tez tibbiy yordam xizmati ehtiyojlari uchun xizmat qilmoqda, deyiladi “O‘zavtosanoat” xabarida.
Agrar OTMlar tasarrufidagi akademik litseyni tamomlaganlarni 2024/2025 o‘quv yilidan kirish imtihonlarisiz, suhbat orqali to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilish taklif etilmoqda. Bunda talabgorning o‘zlashtirish ko‘rsatkichi 86 foizdan yuqori bo‘lishi kerak.
Toshkent viloyatidagi “Darxon” ilmiy-tajriba stansiyasi (dendropark)da noqonuniy qurilgan binolarni sud qarori asosida buzish boshlandi. Avvalroq hududda daraxtlar nobud qilingani, yer ajratish va undan foydalanish qoidalari buzilgani aniqlanib, jinoyat ishi qo‘zg‘atilgandi.
Prezident farmoniga ko‘ra, vazirliklar, Bosh prokuratura va Oliy sud 2024-yil 1-yanvargacha o‘zlariga biriktirilgan soha va tarmoqlar kesimida qonunosti hujjatlarni yangi tahrirdagi Konstitutsiyaga muvofiqlashtirish bo‘yicha Adliya vazirligiga taklif kiritadi.
Amirsaid A’zamxo‘jayev O‘zbekistonning Polshadagi yangi elchisi bo‘ldi. U shu paytga qadar Istanbuldagi bosh konsullikka rahbarlik qilib kelayotgandi.
Qo‘qon shahrida kitobxon ikki yosh o‘z nikoh to‘yini “Amiri” kutubxonasida o‘tkazdi. “Bo‘lajak turmush o‘rtog‘imni shu kutubxonada uchratganman”, — deydi kuyov. Tadbirda shahar hokimi ham ishtirok etdi.
Buxoro aeroportida fuqaro 96 dona qadimiy tangani Rossiyaga olib chiqib ketishining oldi olindi. Holat yuzasidan badiiy ekspertiza va tergovga qadar tekshiruv olib borilmoqda.
UzAuto Motors bir xaridorga 10 talab shartnoma berilgani haqidagi ma’lumotni rad etib, shartnoma tuzish bilan bog‘liq boshqa “tasdiqlanmagan va provokatsion” xabarlarga izoh berdi. Kompaniyaning fikricha, bu gap-so‘zlar mijozlar orasida shov-shuv ko‘tarish maqsadida tarqatilmoqda.
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev va Qatarning sobiq bosh vaziri Hamad bin Jassim Ol Soniy Buxoro va Toshkentda qator investitsion loyihalarni amalga oshirish, jumladan, yuqori tezlikda harakatlanishga mo‘ljallangan avtomobil va temir yo‘llar infratuzilmasini barpo etish masalasini ko‘rib chiqdi.
O‘zbekiston Markaziy Osiyoda birinchi bo‘lib AQSh bilan madaniy qimmatliklar bo‘yicha shartnoma imzoladi. Bu o‘g‘irlangan artefaktlarning AQShga olib kirilishini cheklaydi va ularni o‘z mamlakatiga qaytarish jarayonini osonlashtiradi.
Bundan 46 yil avval Toshkent metrosi 9 ta bekat bilan ishga tushgan edi. Hozir stansiyalar soni 48 ta. Ulardan 13 tasining nomi 1991−2018-yillar oralig‘ida o‘zgartirilgan. Ba’zi bekatlar bu jarayonni hatto bir necha bor boshdan o‘tkazgan. “Gazeta.uz” shu mavzuda test tayyorladi.
Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting