Arxiv

Xorazmda 2 dona qadimiy bilaguzukning xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi
10 noyabr 2023, 11:15

Xorazmda 2 dona qadimiy bilaguzukning xorijga olib chiqib ketilishi oldi olindi

Xorazmdagi “Shovot” chegara bojxona postida XX asr boshlariga tegishli bo‘lgan 2 dona bilaguzukni olib chiqib ketmoqchi bo‘lgan shaxslar to‘xtatildi.

Reuters: Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq 19-noyabrgacha bekor qilinadi
10 noyabr 2023, 10:39

Reuters: Rossiyada benzin eksportiga qo‘yilgan taqiq 19-noyabrgacha bekor qilinadi

Rossiya hukumati kelasi hafta dizel va benzin eksportiga qo‘yilgan taqiqni bekor qilishni rejalashtirmoqda, deb xabar bermoqda Reuters manbalarga tayanib.

Isroil G‘azoda gumanitar tanaffuslar qilishga rozi bo‘ldi
10 noyabr 2023, 10:33

Isroil G‘azoda gumanitar tanaffuslar qilishga rozi bo‘ldi

Isroil urush boshlanganidan beri birinchi marta G‘azo sektorida kunlik gumanitar pauzalar qila boshladi. Har kuni 4 soat davomida harbiy harakatlar olib borilmaydi. Pauzalar vaqtida tinch aholi ikkita gumanitar koridor orqali sektorning janubiga ko‘chib o‘tishi mumkin bo‘ladi.

Hukumat xususiy sektordagi “dekret” puli miqdorini 3 baravarga qisqartirmoqchi. Sabab
10 noyabr 2023, 09:52

Hukumat xususiy sektordagi “dekret” puli miqdorini 3 baravarga qisqartirmoqchi. Sabab

2024-yilgi davlat budjetida xususiy sektorda ishlovchi ayollarning homiladorlik va tug‘uruq nafaqalari miqdorini 3 barobarga qisqartirish ko‘zda tutilgan. Deputat Doniyor G‘aniyev buning kamayishini mablag‘larning o‘zlashtirilishi pastligi bilan izohladi va holat sabablarini o‘rganishni taklif qildi.

Italiya prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekistonga keldi
10 noyabr 2023, 09:41

Italiya prezidenti Serjo Mattarella O‘zbekistonga keldi

Italiya prezidenti Serjo Mattarella farzandi Laura Mattarella bilan O‘zbekistonga keldi. Ularni bosh vazir Abdulla Aripov va boshqa rasmiylar kutib oldi. Serjo Mattarella Samarqand va Xiva shaharlariga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi
10 noyabr 2023, 09:00

O‘zbekiston davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tadi

O‘zbekistonning 16 ta shahrida 19-noyabr kuni davlat bayrog‘i qabuli kuniga bag‘ishlangan Yangi Nafas ommaviy yugurish musobaqasi tashkil qilinadi. Barcha shaharlarda yagona masofa — 3 km, Toshkentda 3 va 10 km ni tashkil qiladi.

“Rossiya — Qozog‘istonning strategik hamkori”. Toqayev va Putin nimalar haqida kelishib oldi?
9 noyabr 2023, 22:30

“Rossiya — Qozog‘istonning strategik hamkori”. Toqayev va Putin nimalar haqida kelishib oldi?

Ostonada Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Rossiya prezidenti Vladimir Putin o‘rtasida muzokaralar bo‘lib o‘tdi. Kelgusi uch yilga mo‘ljallangan hamkorlik rejasi imzolanib, neft-gaz sanoati, energetika, transport va madaniy-gumanitar sohalardagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi
9 noyabr 2023, 21:49

Klasterlarga import qilingan paxta urug‘ini ekishga ruxsat etiladi, to‘qimachilik sanoatiga yangi imtiyozlar beriladi

Ball boniteti past, suv og‘ir bo‘lgan va hosildorligi 30 sentnerdan oshmaydigan har bir viloyatdagi 1 tadan tumanda 70−80 sentnerdan yuqori hosil beradigan paxta urug‘ini chetdan olib kelishga ruxsat etiladi, dedi prezident. Ayrim to‘qimachilik korxonalariga imtiyozlar beriladi.

O‘zbekiston fermerlari viloyat ichidagi xohlagan klasterini tanlash va ortiqcha hosilini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi — prezident
9 noyabr 2023, 20:56

O‘zbekiston fermerlari viloyat ichidagi xohlagan klasterini tanlash va ortiqcha hosilini sotish imkoniyatiga ega bo‘ladi — prezident

O‘zbekistonda fermerlarga o‘z faoliyatida qisman erkinlik beriladi. Prezident fermerlar bir viloyat ichidagi xohlagan klasteri bilan shartnoma tuzish va ortiqcha hosilni birja orqali sotish huquqiga ega bo‘lishini ma’lum qildi.

Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etilmoqda. Shuhrat Vafayev SIA rahbari lavozimini tark etadi
9 noyabr 2023, 20:26

Strategik islohotlar agentligi qayta tashkil etilmoqda. Shuhrat Vafayev SIA rahbari lavozimini tark etadi

Strategik islohotlar agentligi bosh direktori Shuhrat Vafayev lavozimidan ozod etildi. Agentlik qayta tashkil etilmoqda: uning rahbari bir vaqtda PA Huquqiy ekspertiza va kompleks tahlil qilish departamenti boshlig‘i o‘rinbosari ham bo‘ladi, shtatlar va o‘rinbosarlar soni qisqaradi.

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olinishi mumkin
9 noyabr 2023, 19:55

Raqobat qo‘mitasi rahbari ishdan olinishi mumkin

Prezident yirik savdo tarmoqlari bilan ishlashda mahalliy ishlab chiqaruvchilarning muammolarini ko‘rsatib, Shaxrux Sharaxmetovning Raqobat qo‘mitasi rahbari lavozimiga loyiqligi masalasini o‘rganishni topshirdi. Davlat rahbari sariyog‘ eksportiga qo‘yilgan cheklovni ham olib tashlash bo‘yicha topshiriq berdi.

Italiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida iyun oyidagi kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilinadi
9 noyabr 2023, 19:52

Italiya prezidentining O‘zbekistonga tashrifi chog‘ida ikki davlat o‘rtasida iyun oyidagi kelishuvlarning bajarilishi muhokama qilinadi

Italiya prezidenti Serjo Mattarellaserj 9−11-noyabr kunlari rasmiy tashrif bilan O‘zbekistonda bo‘ladi. Muzokaralar chog‘ida, jumladan, ikki davlat prezidentlarining iyundagi kelishuvlarini amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi. Uchrashuv yakunlari bo‘yicha hukumatlararo va idoralararo hujjatlar imzolanadi.

PFL O‘zbekiston Kubogi finaliga bag‘ishlangan videoanons chiqardi. Bu rolikni deyarli hamma maqtayapti
9 noyabr 2023, 19:12

PFL O‘zbekiston Kubogi finaliga bag‘ishlangan videoanons chiqardi. Bu rolikni deyarli hamma maqtayapti

“Nasaf” va OKMK futbol klublari 12-noyabr kuni O‘zbekiston Kubogi finalida to‘qnash keladi. Musobaqa tashkilotchisi O‘zPFL final oldidan maxsus videoanons tayyorladi. Ikki jamoa murabbiylari va futbolchilari ishtirokida olingan rolik jamoatchilik tomonidan asosan iliq kutib olindi.

Toshkentda yoshlar iqlim forumida eko-ta’lim strategiyasi imzolandi
9 noyabr 2023, 19:06

Toshkentda yoshlar iqlim forumida eko-ta’lim strategiyasi imzolandi

Toshkentda iqlim kun tartibiga bolalar va yoshlarni jalb etishga bag‘ishlangan forum bo‘lib o‘tdi. Unda ekologik ta’limni tashkil etish bo‘yicha tavsiyalarni o‘z ichiga olgan mintaqaviy strategiya imzolandi. Forumda O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Turkiya va Eronning birinchi xonimlari va yoshlar ishtirok etdi.

“Ortga qaytish bo‘lmaydi”. Markaziy bank — valyuta konvertatsiyasi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilayotgani haqida
9 noyabr 2023, 18:01

“Ortga qaytish bo‘lmaydi”. Markaziy bank — valyuta konvertatsiyasi qoidalariga o‘zgartirishlar kiritilayotgani haqida

Markaziy bank konvertatsiya qoidalariga kiritilayotgan o‘zgartirishlar “valyuta operatsiyalarini cheklashni emas, amaldagi normalarni aniqlashtirish va operatsiyalarni amalga oshirish jarayonini soddalashtirishni” anglatishini ta’kidladi. MB raisi o‘rinbosari Bobir Abubakirov “orqaga qaytish bo‘lmasligini” aytdi.

O‘zbekistonlik olima ayol UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi
9 noyabr 2023, 16:42

O‘zbekistonlik olima ayol UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi

O‘zbekiston Milliy universiteti laboratoriyasi mudiri, mikrobiologiya bo‘yicha olima Dilfuza Egamberdiyeva UNESCO-Karlos Finley mukofoti bilan taqdirlandi. U mukofotni o‘simlik va mikrobiomlarning o‘zaro ta’siri, tuproq biologiyasi va mikroblar xilma-xilligi sohasidagi tadqiqotlari uchun qo‘lga kiritdi.

Davlat OTMlarida professor-o‘qituvchining o‘rtacha oyligi 9,5 mln so‘mni tashkil etmoqda
9 noyabr 2023, 16:22

Davlat OTMlarida professor-o‘qituvchining o‘rtacha oyligi 9,5 mln so‘mni tashkil etmoqda

O‘zbekistondagi davlat oliygohlarida ilmiy unvonga ega professor-o‘qituvchining o‘rtacha oylik ish haqi miqdori 9,5 mln so‘mni tashkil etmoqda. Davlat OTMlaridagi professor-o‘qituvchilar soni 48,5 ming nafar bo‘lib, 2024-yilda 50 mingdan oshishi kutilyapti.

O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin
9 noyabr 2023, 15:56

O‘zbekistonga chet el fuqarolarini taklif qilish uchun endi onlayn ariza berish mumkin

Xorij fuqarolari va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarni O‘zbekistonga taklif qilish xizmatlari endi my.gov.uz portali orqali ham ko‘rsatiladi. DXXning hududiy boshqarmasi yuborilgan so‘rovnomani 7 ish kuni ichida tekshirib, xulosa beradi. Taklifnoma 3 oyga amal qiladi.

Toshkentdagi Matbuot uyi o‘rnida media shaharcha tashkil etiladi. Tender g‘olibi — Yangi Zamon Bino
9 noyabr 2023, 15:14

Toshkentdagi Matbuot uyi o‘rnida media shaharcha tashkil etiladi. Tender g‘olibi — Yangi Zamon Bino

Qurilish vazirligi Matbuot uyi majmuasini (“Gazeta korpusi”) rekonstruksiya qilish hamda uning o‘rni va tutash hududda media shaharcha qurish bo‘yicha o‘tkazilgan tender natijalarini e’lon qildi. Tenderda 98,8 mlrd so‘m taklif qilgan Yangi Zamon Bino g‘olib bo‘ldi.

Toshkentdagi 7 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi
9 noyabr 2023, 14:44

Toshkentdagi 7 ta avtobusning harakat yo‘nalishi o‘zgardi

Toshkent shahridagi 12, 26, 30, 54, 73, 133 va 150-sonli avtobuslarning harakat yo‘nalishlariga o‘zgartirish kiritildi va yo‘nalish nomi o‘zgardi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlardan foydalanish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting