Arxiv

Toshkentda 15 yoshli bola 5-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi
7 avgust 2024, 00:06

Toshkentda 15 yoshli bola 5-qavatdan yiqilib halok bo‘ldi

Toshkent shahri Sergeli tumanida 15 yoshli bola ko‘p qavatli uyning 5-qavatidan yiqilib halok bo‘ldi. Bosh prokuraturaga ko‘ra, uning nogironligi bo‘lgan va ruhiy kasalliklar dispanserida ro‘yxatda turgan.

O‘zbekiston poyezdlari parkini yangilashga 231 mln dollar sarflamoqchi
6 avgust 2024, 23:40

O‘zbekiston poyezdlari parkini yangilashga 231 mln dollar sarflamoqchi

Prezidentga temiryo‘l sohasidagi rejalar taqdimot qilindi. Jumladan, yo‘lovchi vagonlar ishlab chiqarishga 50 mln dollar, lokomativlar olib kelish va elektrovozlarni modernizatsiya qilishga 181 mln dollar ajratish rejalashtirilmoqda. Sohada xizmatlar sifati va eksportini oshirish ko‘zda tutilgan.

6-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti
6 avgust 2024, 22:38

6-avgust kuni e’lon qilingan eng muhim yangiliklar dayjesti

Deputatlikdan ketgan Doniyor G‘aniyev, 5 yildan so‘ng tiklanayotgan “Sharq taronalari”, “Salimboy"ni qidiruvga bergan Qirg‘iziston, monopolist Google va boshqalar — “Gazeta.uz"ning kunlik dayjestida.

“JST tor doiradagi manfaatdor guruhlarning savdo siyosatiga ta’sirini zaiflashtirish uchun tashkil etilgan” — Behzod Hoshimov
6 avgust 2024, 22:18

“JST tor doiradagi manfaatdor guruhlarning savdo siyosatiga ta’sirini zaiflashtirish uchun tashkil etilgan” — Behzod Hoshimov

Iqtisodchi Behzod Hoshimov “Gazeta.uz"ga bergan intervyusida Jahon savdo tashkiloti O‘zbekistonga o‘zini o‘zidan himoya qilish uchun kerakligini ta’kidladi. Unga ko‘ra, tashkilotga a’zolik davlat eng katta ishlab chiqaruvchi bo‘lgan sharoitda hukumatning mahalliy korxonalar bosimiga qarshi himoya qobig‘i kabi ishlaydi.

AQSh sudi Google’ni monopolist deb topdi
6 avgust 2024, 21:17

AQSh sudi Google’ni monopolist deb topdi

AQSh sudi Google monopoliyaga qarshi qonunlarni buzgan, deb qaror qildi. Kompaniya smartfonlarda standart qidiruv tizimi bo‘lish uchun shartnomalar tuzgan. “Google — monopolist”, — dedi sudya va IT gigantining harakatlari “monopoliyasini saqlab qolish"ga qaratilganini ta’kidladi.

O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mga yetdi
6 avgust 2024, 20:46

O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mga yetdi

Joriy yilning yetti oyida O‘zbekiston davlat budjeti defitsiti 36,4 trln so‘mni (taxminan $2,88 mlrd) tashkil etdi. Iyulda defitsitning o‘sish sur’ati pasayib, 2,5 trln so‘mni ko‘rsatdi. Sobiq deputat Doniyor G‘aniyev iyun o‘rtalarida nega birinchi yarimyillikda xarajatlar daromaddan oshib ketganini tushuntirgandi.

Avtokredit berish ikki baravar qisqardi, mikroqarzga talab keskin oshdi
6 avgust 2024, 19:44

Avtokredit berish ikki baravar qisqardi, mikroqarzga talab keskin oshdi

O‘zbekistonda birinchi yarimyillikda avtokreditlar berish hajmi ikki barobardan ko‘proqqa — 18,5 trln so‘mdan 8,9 trln so‘mga, shuningdek, uning kreditlash umumiy hajmidagi ulushi 40,2% dan 19,7% ga qisqardi. Buning fonida mikroqarz va mikrokredit berish 1,5 barobar oshdi. Ipoteka kreditlash sekinlasha boshladi.

Urganch aeroporti UQY rekonstruksiyasidan so‘ng birinchi reysni qabul qildi (foto)
6 avgust 2024, 18:58

Urganch aeroporti UQY rekonstruksiyasidan so‘ng birinchi reysni qabul qildi (foto)

Urganch aeroporti uchish-qo‘nish yo‘lagining kapital ta’miridan so‘ng birinchi samolyotni qabul qildi. Toshkentdan uchib kelgan Uzbekistan Airways layneri havo arkasi bilan kutib olindi, yo‘lovchilarga Xorazm nonlari uzatildi. Foto.

Oradan 5 yil o‘tib, yana “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi
6 avgust 2024, 18:09

Oradan 5 yil o‘tib, yana “Sharq taronalari” xalqaro musiqa festivali o‘tkaziladi

Samarqandda 26−30-avgust kunlari “Sharq taronalari” XIII xalqaro musiqa festivali bo‘lib o‘tadi. Bu gal tadbirlar Registon maydonida emas, “Boqiy shahar” majmuasida tashkil etiladi. Unda 70 ga yaqin mamlakatdan vakillar qatnashishi kutilmoqda. Festival oxirgi marta 2019-yilda o‘tkazilgandi.

O‘zbekistonda qalbaki markirovkali mahsulotlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etish reja qilinmoqda
6 avgust 2024, 17:42

O‘zbekistonda qalbaki markirovkali mahsulotlar savdosi uchun jinoiy javobgarlik joriy etish reja qilinmoqda

O‘zbekistonda kontrafakt yoki qalbaki markirovkalangan mahsulotlarni sotganlik uchun jinoiy javobgarlik, shuningdek, markirovka qoidalarini buzganlik uchun jarima jazosini joriy etish reja qilinmoqda. Belgilangan tovarlarning ulgurji savdosi naqd pulsiz shaklda amalga oshiriladi.

Kamala Harris demokratlardan prezidentlikka nomzod bo‘ldi
6 avgust 2024, 17:01

Kamala Harris demokratlardan prezidentlikka nomzod bo‘ldi

AQSh vitse-prezidenti Kamala Harris Demokratik partiya delegatlarining 99 foiz ovozini oldi va prezidentlik sayloviga uning nomzodi ko‘rsatildi. U 6-avgust kuni vitse-prezident nomini aytishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi
6 avgust 2024, 16:29

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi

Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi “Salimboy” nomi bilan tanilgan o‘zbekistonlik Salim Abduvaliyevni qidiruvga berdi. U uyushgan jinoiy guruh faoliyatini moliyalashtirishda gumonlanmoqda.

Surxondaryoda poyezd urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi
6 avgust 2024, 16:11

Surxondaryoda poyezd urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi

Qumqo‘rg‘on tumanida yo‘lovchi poyezdi urib yuborgan Lacetti haydovchisi halok bo‘ldi. U svetoforning taqiqlovchi ishorasiga bo‘ysunmay harakatini davom ettirgan.

“Saidaziz medgorodok” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)
6 avgust 2024, 14:16

“Saidaziz medgorodok” sudi yakuni: kimga qanday hukm o‘qildi? (to‘liq ro‘yxat)

“Saidaziz medgorodok” va yana 28 kishiga nisbatan sud hukmi o‘qildi. Saidaziz Saidaliyev 20 yilga qamaldi. Sudlanuvchilarning ba’zilari 5 yildan 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilingan bo‘lsa, ayrimlariga axloq tuzatish ishlari va ozodlikni cheklash jazosi berildi. Bir sudlanuvchi jazodan ozod etildi. Batafsil.

Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so‘mlik tenderi natijalari bekor qilindi
6 avgust 2024, 13:08

Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so‘mlik tenderi natijalari bekor qilindi

Raqobat qo‘mitasi tanlov takliflarini baholash mezonlarining nisbiy qiymati ishlab chiqilmagani uchun Termiz davlat pedagogika institutining 2 mlrd so‘mlik tenderi bekor qilinganini ma’lum qildi. Institutga nisbatan ish qo‘zg‘atildi.

Toshkenda IT mutaxassislari uchun ilhomlantiruvchi tadbir bo‘lib o‘tdi
6 avgust 2024, 13:00

Toshkenda IT mutaxassislari uchun ilhomlantiruvchi tadbir bo‘lib o‘tdi

IT Park University`da IT sohasida o‘qishni istagan abituriyentlar uchun ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryoda tadbirkordan 4 ming dollar olgan soliq xodimiga hukm o‘qildi
6 avgust 2024, 12:58

Sirdaryoda tadbirkordan 4 ming dollar olgan soliq xodimiga hukm o‘qildi

Sirdaryo viloyati Soliq boshqarmasining bosh inspektori 2 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum etildi. U kompaniyalarning soliq qarzlarini bankrot deb topish yo‘li bilan bartaraf qilib berish evaziga 4 ming dollar olayotganida ushlangandi.

Uchta viloyatda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi
6 avgust 2024, 12:47

Uchta viloyatda noqonuniy yer sotmoqchi bo‘lganlar ushlandi

DXX Farg‘ona, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida noqonuniy yer sotish holatlarini aniqladi. Uchko‘prik tumanida 56 yoshli shaxs o‘ziniki bo‘lmagan 12 sotix yerni 130 ming dollarga sotmoqchi bo‘lganida ushlandi. Qashqadaryoda esa hokimlik xodimi 25 gektar yerni 5 ming dollarga pullayotganda qo‘lga tushdi.

Parij-2024: Bugun sport kurashchilari gilamga chiqadi, bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalda jang qiladi
6 avgust 2024, 11:28

Parij-2024: Bugun sport kurashchilari gilamga chiqadi, bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev yarim finalda jang qiladi

Parij Olimpiadasining 11-kunida Aram Vardanyan va Rustam Assakalov Yunon-rum kurashi bo‘yicha, Aktenge Keunimjayeva esa erkin kurash bo‘yicha gilamga chiqadi. 7-avgustga o‘tar kechasi bokschi Asadxo‘ja Mo‘ydinxo‘jayev amerikalik raqibiga qarshi yarim finalda jang qiladi.

Uzbekistan Airways’ning foydasi birinchi yarim yillikda 5,4 baravarga oshdi
6 avgust 2024, 11:21

Uzbekistan Airways’ning foydasi birinchi yarim yillikda 5,4 baravarga oshdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasining 2024-yilning birinchi yarmidagi sof foydasi 269 mlrd so‘mni tashkil etdi. Bu 2023-yilning shu davriga nisbatan 5,4 barobarga ko‘pdir.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting